J. Piaje (1896–1980-yy.)
243
bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha munozarali, bahs-
li o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S. Vigotskiyning yosh
davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega,
uning rivojlanishni amalga oshi ruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi
g‘oyalari hozirgi kunning talabla riga mosdir.
D.B. Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N. Leontev)
nazariyasiga, har qaysi rivojlanish bosqichida biror faoliyatning
ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyat-
ning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning
asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
D.B. Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratish-
ni lozim topadi:
1) go‘daklik davri – tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi
faoliyati – bevosita emotsional muloqot;
2) ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoli-
yat – predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
3) maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 yoshgacha – rolli
o‘yinlar;
4) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 10 yoshgacha –
o‘qish;
5) kichik o‘smirlik davri – 10–15 yoshgacha – intim
(dilkash, samimiy) muloqot;
6) katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri – 16–17 yoshga-
cha, yetakchi faoliyat – o‘qish, kasb tanlash davri.
D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ay-
niqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A.A. Lyub-
linskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda peda go gik
psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyi dagi
davr larni atroflicha ifodalaydi:
1) chaqaloqlik davri – tug‘ilgandan bir oylikkacha;
2) kichik maktabgacha davr – 1 oylikdan 1 yoshgacha;
3) maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr – 1 yoshdan 3
yoshgacha;
4) maktabgacha tarbiya davri – 3 yoshdan 7 yoshgacha;
5) kichik maktab yoshi davri – 7 yoshdan 11, 12 yosh-
gacha;
244
6) o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) – 13 yoshdan 15
yoshgacha;
7) katta maktab yoshi davri – 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolo-
tini davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajra-
lib turadi. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqi-
yoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir
bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davr-
larga ajratishni tavsiya etamiz:
1) chaqaloqlik davri – 0–1 oygacha;
2) go‘daklik davri – 1 oydan 1 yoshgacha;
3) ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha;
4) maktabgacha yosh davri – 3–7 yoshgacha;
5) kichik maktab yoshi davri – 6–11 yoshgacha;
6) o‘smirlik davri – 12–15 yoshgacha;
7) ilk o‘spirinlik – kollej, litsey davri – 15–18 yoshgacha.
Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan
chega ralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida
shu davr larni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar
bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin
hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlari-
gina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham
boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab
ta’lim-tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata
olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir
xil bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin.
Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning faoliyatlarida
ham umumiy lik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy
faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kiri-
shishdan, ilk yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa tur-
li narsalar bilan shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha
ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yindan ibo-
ratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’ lum talablar
qo‘yadi, ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini
belgilaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan
245
sari uning imkoni yatlari ham ortib boradi. Natijada jamiyat to-
monidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq va burchlarning
mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining oxi-
riga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq
va burchlar bolaning imko niyatlari bilan mos kelmay qoladi,
ya’ni bola jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ke-
tadi. Bu ning natijasida jamiyatning bolalar yosh bosqichi oldi-
ga qo‘ygan talablari, huquq va burchlari, axloq me’yorlari bilan
bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga ke-
ladi. Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni
inqiroz davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning im-
koniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik
davri inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz
davrlarini akademik I.P. Pavlovning dinamik stereotip haqi-
dagi ta’limoti orqali juda yaxshi tushuntirib berish mumkin.
Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida yashar ekan,
u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola har ku-
ni o‘z ota-onasi, aka-ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U
o‘zining ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini
juda yaxshi tanib oladi, ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhiti-
dagi hayot tarziga nisbatan mustahkamlanib ketgan muvaqqat
aloqalar sistemasi (dinamik stereotip) maydonga keladi. Bola
o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim muassasasi-
ga borganida muhit o‘zgarishi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Muhitning mana shunday keskin o‘zgarishi natijasi da bola-
da krizis, ya’ni inqiroz holati yuzaga keladi. Bunday krizis hola-
ti eski dinamik stereotip yoki turmush tarzi batamom yemirilib,
uning o‘rniga yangi dinamik stereotip hosil bo‘lgunga qadar da-
vom etadi. Bolaning maktab gacha ta’lim muassasasiga borgisi
kelmaydi hamda borganida yig‘lab qoladi. Bunday holat bir qan-
cha vaqt davom etgandan so‘ng bolada bu muhitga nisbatan yan-
gi dinamik stereotip maydonga keladi. Natijada bola hech nar-
sani ko‘rmagandek, maktab gacha ta’lim muassasasiga ko‘nikib
ketadi. Shu narsani alohi da ta’kidlab o‘tish kerakki, bir yosh
bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishida yuzaga keladigan
krizis davrlari hamma bolalarda ham bir xilda bo‘lavermaydi.
246
Ayrim bolalarda krizis davri yaqqol namo yon bo‘lsa, boshqa
bolalarda deyarli bilinar-bilinmas tarzda o‘tib ketadi. Bu nar-
sa turli yosh bosqichidagi bolalar ning nerv sistemalari bilan
bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi mustahkam va egiluvchan
(plastik) bolalarda yangi dinamik stereotiplar tez va osonlik bi-
lan yuzaga keladi. Bunday, bolalarning xulq-atvorlarida krizis
davri deyarli bilinmaydi. Aksincha, nerv sistemasi zaif bolalar-
da yangi dinamik stereotiplar qiyinlik bilan uzoq muddat da-
vomida yuzaga keladi va bunday bolalarning xulq-atvorlarida
krizis davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-onalar va tarbiyachi-
lar bolalar ning yosh bosqichlarida uchraydigan ana shu hodi-
salarni hisobga olgan holda ish olib borishlari kerak.
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farq-
lar sezilib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalar ning
psixik jarayonlari va psixologik sifat xususiyatlari bolaning
yoshi ulg‘ayishi bilan o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Bu psixik
jarayonlar, psixologik sifat va xususiyatlar turli yosh bosqichi-
da bolalarning faoliyatlari negizida ta’lim-tarbiyaning ta’siri
bilan tarkib topadi. Bolalar dastavval psixik taraqqiyot tempi
jihatidan bir-birlaridan farqlanadilar. Hamma bolalar psixik
jihatdan, ya’ni sezgi va idroklari, diqqat va xotiralari, nutq
va tafakkurlari hamda psixologik sifatlari jihatidan bir xilda
rivoj lanmaydilar. Masalan, bolalarning bir yosh bosqichidan
ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishning o‘rtacha bir muddati bor-
dir. Ayrim bolalarda krizis davr lari vaqtincha paydo bo‘lib, bir
yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichigacha tez o‘tib keta-
di. Boshqa bir bolalarda esa bu jarayon juda cho‘zilib ketadi.
Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini
o‘zlashtirish tempi jihatidan ham bir-biridan farq qiladilar.
Masalan, to‘rt-besh yoshli ayrim bolalar rasm chizishga qiy-
naladilar. Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar. Besh-olti yoshli
ayrim bola larning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular raqam
va harf larni tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu
yoshdagi bolalar esa, oz vaqt ichida o‘rganib oladilar. Ayrim
shaxsiy psixo logik sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi)
yuzaga kelishida ham xuddi shularga o‘xshash indivi dual farq-
ni ko‘rish mumkin.
247
Turli yosh bosqichidagi bolalar ning psixik taraqqiyotlari-
da ko‘rinadigan individual farqlar ning asosiy sababi, birinchi-
dan, ijtimoiy hayot sharoitining har xilligi bo‘lsa, ikkinchidan,
organi zmning tabiiy irsiy imkoniyatlari ning ta’siridir. Bola-
larda shartli reflekslar ham turlicha muddat davomida hosil
bo‘ladi. Ayrim bolalarda oriyentirov ka refleksi yaqqol namo-
yon bo‘lsa, boshqa bo lalarda biron narsaning tekkanini sezish
refleksi, ya’ni taktil sezgilar yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunday
farqlar nerv sistemasi ning nasliy xususiyatlari bi lan bog‘liqdir.
Masalan, miyaning qandaydir jarohati bilan tug‘ilgan bola
psixik taraqqiyotdan orqada qoladi.
Turli yosh bosqichidagi bolalarning individual psi
xologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish, bolalarga nis-
batan individual munosabatda bo‘lishni ta’minlash bilan birga
ularni har tomonlama rivojlantirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |