6.3. Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mav-
juddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan
muhit bi
lan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning indivi-
dual imkoniyat lari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bo lalar
psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar,
boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech
kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar.
Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivoj lanishida uning
katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin
egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida
o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yan-
gi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlana-
di. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik
va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bi-
lan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsa larni bilib ola-
di. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan
yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishida-
gi tashqi sabablardir.
Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar
bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan
rivoj lanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyat-
lar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga
241
nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil
bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib
tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib
tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib
tug‘ilishi genetika fani ning muhim muammolaridandir.
O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning
psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bi lan yuzaga kelsa, ya’ni
uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim
davr larda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash
yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyot-
laridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshi riladigan
jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi.
Psixik taraqqiyotning ana shun day inqiroz davrlari bir xil
sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida
maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida
paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum
yosh davrlariga ajratish imkoniyatini beradi.
Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar ju-
da qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutaf-
akkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga aj-
ratgan:
1. Podsholik davri – 5 yoshgacha.
2. Qullik davri – (6–12 yoshgacha).
3. O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyo-
ti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini katta-
lar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bi-
lan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6–12 yoshga-
cha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan
o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga
o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim
olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bar-
dosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhab-
bat ru hida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish,
ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda
samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi.
242
Shveysariyalik psixolog J.
Pia-
je bola
ning aql-idrokiga xos bo‘lgan
xususiyat lariga qarab:
1) sensomotor intellekti (0–2 yosh-
gacha);
2) operatsiyalardan ilgarigi tafak-
kur dav ri (2–7 yoshgacha)
3) aniq operatsiyalar davri (7–12
yoshgacha);
4) rasmiy operatsiyalar davri deb
ajratadi.
Fransuz olimi, psixolog A. Valon
bolaning jismoniy rivoj lanishiga qa rab
(homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri –
0–6 oygacha, his-tuyg‘u davri – 6 oydan 1 yoshgacha; senso-
motor dav ri – 1–3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri – 3–5
yoshgacha; farqlash davri – 6–11 yoshga cha; jinsiy yetilish va
o‘spirinlik dav ri (12–18 yoshgacha) deb ajratgan.
Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt
mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechi-
radi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sha-
roiti bir-biridan keskin farq qiladi.
L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai
rivoj lanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga taya-
nadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi:
1. Chaqaloqlik davri – 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.
2. Go‘daklik davri – 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr,
1 yoshdagi inqiroz.
3. Ilk bolalik davri – 1–3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.
4. Maktabgacha davr – 3–7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.
5. Maktab yoshi davri – 8–12 yoshgacha, 13 yoshdagi in-
qiroz.
6. Pubertat (jinsiy yetilish) davri – 14–18 yoshgacha, 17
yoshdagi inqiroz.
L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazari-
yasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim
psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar
Do'stlaringiz bilan baham: |