Maktabgacha yoshdagi


Bolangiz o‘jar: nima qilganingiz ma’qul?



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bolangiz o‘jar: nima qilganingiz ma’qul?
Bolasi o‘jarlik yo‘liga o‘tgan onalarga quyidagilar tavsiya qi linadi:

Bolaning o‘jarligi va qaysarligiga qarama-qarshi tomonlar-
ning kurashi emas, balki bolani tarbiyalash imkoniyati deb 
qarang. Bola qaysarligini bartaraf etishda izchil va qat’iyat bilan 
harakat qiling.

Agar farzandingiz odamlar orasida qaysarlik qilsa, «boshqalar 
nima deb o‘ylaydi», deb tashvishlanmang, buning o‘rniga butun 
diqqatingizni yig‘layotgan bolaga qarating va iloji boricha uni 
boshqa joyga olib keting. 

Agar do‘kondan bolangiz aytgan narsani olib bermasan giz 
va u xarxasha qilishni boshlasa, yig‘lab to‘polon qilishga o‘tsa, 


450
tashvishlanmang yoki asabiylashmang, bunday paytda quyidagi 
fikrni yodda tuting: o‘z aytganingizda qat’iy tursangiz, bolaning 
bu kabi qiliqlari asta-sekin yo‘qolib boradi.

Farzandingizni mehmondorchilikda yoki qarindoshlarin-
giznikida biror nojo‘ya harakati yoki talabi uchun jazolasan-
giz va u yig‘lab, atrofdagilarning qiqqatini tortsa, Siz atrof-
dagilarga o‘z pozitsiyangizni tushuntiring: «Biz farzandimizga 
odam istagan hamma narsasini olaverishi mumkin emas, deb 
o‘rgatmoqchimiz. Bu bizning tarbiya usulimizdir. Agar bu bilan 
sizlarga noqulaylik tug‘dirgan bo‘lsak, uzr so‘rayman», – deb 
aytib qo‘yaqoling.

Agar farzandingiz yig‘lab, «dod-voy» solib to‘polon qilayot-
gan bo‘lsa, atrofda uning tanasiga zarar etkazadigan narsalar (pi-
choq, vilka va h.k.) yo‘qligiga ishonch hosil qiling.

Ba’zi bolalar yerga yotib yig‘lashadi. Bu holda bola yig‘lab 
bo‘lguncha kutgan ma’qul. Ba’zida janjal sizning to‘g‘ri qaror qabul 
qilganingiz natijasida ham bo‘lishi mumkin. Bunday paytda o‘z 
qaroringizda qat’iy turing. Bolaga o‘z so‘zingizda qat’iy turishin-
gizni va gapingizdan qaytmasligingizni ayting. Shuningdek, unga 
o‘zini boshqacha tutishi mumkinligini va uning me’yorlarini tu-
shuntiring. 

Ba’zi bolalar yerga yotib yig‘layotganlarida ularni ko‘tarsak, 
yanada qattiqroq chinqirib yig‘lashi mumkin. Hechqisi yo‘q, bo-
la birpas qo‘lingizda yig‘lay qolsin. 

Ba’zida bolalar shunchalik qattiq chinqirib yig‘lashadiki, 
onaning xayoliga «bolam xushini yo‘qotib qo‘ymasmikan» de-
gan vahimali fikr kelishi mumkin. Bunday holda bolani birpasga 
bo‘lsa ham chalg‘itishga urinib ko‘ring. Bola chalg‘ib, chuqur na-
fas olganidan so‘ng yig‘isida davom etaversin.

Bola xarxasha qilganda unga istagan narsasini muloyim-
lik bilan so‘rashi kerakligini, maqsadga yomon xulq yoki to‘polon 
bilan emas, xushxulqlik bilan ham erishish mumkinligini tu-
shuntiring va undan shuni talab qiling. 

Ota-onalar, boladagi tarbiya nuqsonlarni faqat izchil va 
qat’iyatli harakatlarimiz orqaligina bartaraf etishimiz mumkin-
ligini doimo yodda tuting.


451

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish