Maktabgacha yoshdagi


Biror narsaga qaror qilsangiz uni bajarishga tez o‘tasizmi?



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

15. Biror narsaga qaror qilsangiz uni bajarishga tez o‘tasizmi?
a) ha; 
b) yo‘q.
16. Kayfiyatingizni tez o‘zgartira olasizmi?
a) ha; 
b) yo‘q.
17. O‘zgalarni ishontirib, ularga o‘z fikringizni o‘tkazishni yax-
shi ko‘rasizmi? 
a) ha; 
b) yo‘q.
18. Sizning harakatlaringiz...
a) tez; 
b) sekin.
19. Siz bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush hodisalardan tashvish-
lanasizmi?
a) tez-tez; 
b) ba’zan.
20. Qiyin holatlarda siz...
a) yordam so‘rashga shoshilasiz; 
b) hech kimga murojaat qilmaysiz.
Endi javoblaringizni hisoblab chiqing.
Metodikaning kaliti: 
1–b, 2–a, 3–b, 5–a, 6–b, 7–a, 8–b, 9–a, 10–b, 11–a, 12–b, 
13–a, 14–b. 15–a, 16–a, 17–a, 18–a, 19–b, 20–a. 
Mos kelgan javoblar sonini 5 ga ko‘paytiring. 0–35 ballar – 
intoversiya, 36–65 ballar – ambiversiya, 66–100 ballar – ekstro-
versiya.
Introvert tip 
– uning uchun odamovilik, muomalada va atrof-
dagilar bilan aloqa o‘rnatishda qiynalish, o‘zi bilan o‘zi bo‘lib 
qolish xos; 
ekstrovert tip 
– bunga his-hayajonga tamomila be-
rilganlik, ba’zan muomala va faoliyatning zarurligi va qimmati-
dan qat’i nazar unga intilish, ko‘p gapirish, qiziqishlarning doimiy 
emasligi, ba’zan maqtanchoqlik, yuzakichilik, konformlilik xos; 
ambivert tip
obyektning o‘ziga nisbatan bir vaqtning o‘zida paydo 
bo‘ladigan qarama-qarshi holat, masalan, sevgi va nafrat.


217
5.3. Qobiliyatlar. Qobiliyat haqida umumiy tushuncha
Pedagog bolalarni kuzatib ulardan ba’zilari qobiliyatli, 
boshqalari kamroq qobiliyatli bo‘ladi deb hisoblar ekan, bu gap-
da jon bor. Shunday bo‘ladiki ba’zi bolalar ehtiyojlari va qiziqish-
laridan kelib chiqib she’r va ertaklarni, sahnalashtirilgan rollarini 
tez va oson yodlab oladilar. 
Qobiliyatlar deb, shunday psixik sifatlarga aytiladiki, ki-
shi ular yordamida bilim, ko‘nikma va malakalarni nisbatan 
oson lik bilan egallab oladi va biror faoliyat bilan muvaffaqiyat-
li shug‘ullanadi. Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo‘ladi. 
Idrok etish paytida, masalan, ranglarning tovlanishdagi nozik 
farqlari, predmetlarning aniq ko‘rinishi, proporsional nisbat-
larni tushunish, kuzatuvchanlik, absolut eshitish (musiqa bilan 
shug‘ullanishida) va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ayrim qobili-
yatlar xotirani yaxshi ishlashi bilan bog‘liqdir. Qobiliyatlar bilim, 
malaka va ko‘nikmalardangina iborat emas, garchi ular asosida 
paydo bo‘lib rivojlanib borsada. Shuning uchun o‘quvchilarning 
qobiliyatlarini aniqlashda bolaning biror narsani sust bilishi, un-
da qobiliyatning yo‘qligidan deb hisoblamasdan, juda ehtiyot 
bo‘lish va xushmuomalalik bilan ish ko‘rishi kerak. Bunday xa-
tolar ba’zan biror sabab bilan maktabda yaxshi o‘qimagan bo‘lajak 
yirik olimlarga nisbatan ham yo‘l qo‘yilgan. Bolalik dav rida u 
yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar tomonidan tan 
olinmaganligi, kеyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari tufayli ja-
honda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan ju-
da ko‘p allomalarning nomi olamda mashhur, chunonchi, Albеrt 
Eynshtеyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachеvskiy 
(yangi gеomеtriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishiga 
qaraganda gеnial olim bo‘lib voyaga yеtishishida hеch qanday 
asos yo‘q edi. 
Har turli qobiliyatlarning konkret psixologik xarakteristika-
sini o‘rganar ekanmiz, bu qobiliyatlarda birgina emas, balki ju-
da ko‘p turdagi faoliyat talablariga javob beradigan umumiyroq 
fazilatlarni va bundan tashqari ushbu faoliyatni birmuncha tor-
roq doiralari talablariga javob beradigan maxsus fazilatlarni ajra-
tishimiz mumkin.


218
Layoqat va uning turlari
Ba’zan o‘ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, un dagi 
bu sifat tug‘ma ekanligiga ishora qilinadi. Psixologiyada tug‘ma 
alomatlari bor bo‘lgan individual sifatlar layoqat deb yuritiladi. 
Layoqat ikki xil bo ‘ladi, ular tabiiy layoqat va ijtimoiy la yoqat. 
Tabiiy layoqat odamdagi tug‘ma xususiyatlardan oliy nerv ti zimi 
faoliyatining xususiyatlari miyaning yarimsharlarining qanday ish-
lashi, qo‘1-oyoqlarning biologik va fiziologik sifatlari, bi lish jara-
yonlarni ta’minlovchi sezgi organlari – ko‘z, quloq, burun, teri 
kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bular nasliy ota-ona-
dan genetik tarzda o‘tadi), ijtimoiy layoqat bola tug‘ilishi bilan 
uni o‘rab turgan muhit, muloqot usullari, so‘zlashish madaniyati, 
qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlardir. Bola bu 
ikkala layoqat muhitini ota-onadan tayyoricha qabul qiladi. Tabiiy 
anatomik-fiziologik layoqat nishonalari qobiliyatlarning fiziologik 
asosini tashkil etadi. Keyinchalik qobiliyatga aylanadigan layo-
qat nishonalarining majmui kishining iste’dodi deyiladi. Layoqat-
sizlik, intellektning pastligi sabablardan biri ham, ana shu yuqo-
rida ko‘rsatilgan ikki layoqat o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. 
Ilk yoshdayoq bolaning o‘zidagi mavjud imkoniyatlarini rivojlan-
tirish, shart-sharoitlar yaratish ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish kerak.


219
Bolalar bilan individual ishlash.
Bola bilim, malaka, ko‘nikmalarni o‘stirish borasida harakat 
qilmasa eng kuchli tug‘ma layoqat ham layoqatligicha qolib, iqti-
dorga aylanmaydi. Eng talantli, mashhur shaxslarning eng bu-
yuk ishlari, erishilgan ulkan muvaffaqiyatlarning tagida ham la-
yoqat va asosan tinimsiz mehnat, intilish, ijodkorlik va bilimga 
chanqoq lik yotadi. Shuni ham unutmaslik kerakki qobiliyatsiz 
odam bo‘lmaydi. Agar shaxs aldanib o‘zidagi iqtidor yoki layo-
qatni bilmay, kasb tanlagan bo‘lsa, u atrofdagilarga layoqatsiz, 
qobiliyatsiz ko‘rinadi. Lekin aslida nimaga uning qobiliyati bor-
ligini o‘zi vaqtida to‘g‘ri anglay olmagani sabab bo‘lib, u bir umr 
shu toifaga kirib qoladi.
Qulay sharoitlar mavjud bo‘lganda ayrim kishilarda qobiliyat-
lar juda erta rivojlanadi. Odatda musiqa va tasviriy san’atga layoqat 
ancha ertaroq paydo bo‘ladi. Masalan, M.I. Glinka 3–4 yoshidayoq 
shunday o‘yinni yoqtirgan. U ovoz chiqaradigan turli buyumlar-
ni (mis tog‘ora, kastrulka) yog‘och bilan chalgan. Bunda kattalarni 
hayron qoldirgan darajada ohangdosh tovushlar paydo bo‘lganki, 
ularni eshitish maroqli edi. Keyinchalik bu bola buyuk kompozitor 
bo‘lib yetishdi. Kishilarda musiqa va tasviriy san’atga layoqatdan 


220
birmuncha keyinroq adabiy qobiliyatlar paydo bo‘ladi, lekin ayrim 
talantli shoirlarda bu qobiliyatlar juda erta paydo bo‘ladi. Masalan, 
A. Navoiy besh yoshiga, A.S. Pushkin, Lermontov va Nekrasov ha-
li 10 yoshga to‘lmasdanoq she’r yoza boshlagan.
Qobiliyat turlari
Qobiliyatlar umumiy va maxsus bo‘ladi. Umumiy qobiliyatlar 
mavjud bo‘lganda kishi faoliyatining turli xillari bilan muvaffaqi-
yatli shug‘ullana oladi. Umumiy qobiliyatga ega o‘quvchilar odat-
da barcha fanlardan yaxshi va qiynalmay o‘qiydilar. Maxsus qobili-
yatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat bilan muvaffaqiyatli 
shug‘ullanish imkonini beradi. Masalan matematik, texnikaviy, 
adabiy, musiqaviy, tasviriy va boshqa qobiliyatlar bo‘ladi.
Har bir ongli inson qobiliyati va zehni ustida ilk yoshlik-
dan boshlab, «yuragi chopgan» ish bilan shug‘ulansa va undan 
qoniqish olib qobiliyatini o‘stirishga imkoniyat topib, yutuqlar-
ga erishsa, biz uni iqtidorli deymiz. 
Iqtidor
insonning o‘z xatti-
harakati, bilimlari, imkoniyatlari, malakalariga nisbatan subyek-
tiv munosabatidir. Iqtidorli odam genial yoki talantli bo‘lmasligi 
mumkun, lekin u har qanday ishda mardlik, chidamlilik o‘z-
o‘zini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lib, 
ishni sidqidildan bajaradi. Ular ana shunday harakatlari bilan 
ba’zan o‘ta iste’dodli, lekin kam harakat kishilardan ko‘ra jami-
yatga ko‘proq foyda keltiradilar. Iqtidorli insonda iste’dod sohibi 
bo‘lish imkoniyati bor. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish