162
Odatda vujudga kelgan xayol odamning o‘z
faoliyati davomida
nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, quruvchi qurayotgan binosining qanday bo‘lishini, tar-
biyachi tarbiyalayotgan bolalarining kim bo‘lib yetishishlarini xa-
yolan ko‘z o‘ngiga keltiradi. Xayolning ana shu xususiyati, xususan
bolalarda juda yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, bog‘cha
yoshidagi
kichik bolalar haydovchi bo‘lgilari keladi. Buni amalga oshirish
qiyin albatta, lekin bu mushkul masalani hal qilishda xayol jara-
yoni yordam beradi. Bola xayolan haydovchi bo‘lib olib, stulni
mashina qilib, haydab ketaveradi.
Xayol xususiyatlaridan biri shundan iboratki, xayol odamning
ehtiyojlari, qiziqishlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bog‘liq
holda yuzaga keladi. Odamning ehtiyojlari va qiziqishlari ham-
ma vaqt ham xayolga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etavermaydi. Odam
hamma vaqt ham istagan narsalariga erishavermaydi. Qo‘rqoq
odamning xayolida hamma vaqt qo‘rqinchli narsalar gavdalana-
veradi. Ayni shu paytdagi ehtiyojning ta’siri bilan odamning xa yoli
o‘tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo‘lgan tasavvurlarni
ijodiy
ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.
Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri
uning boy tajriba hamda bilimlarga asoslanishidir. Agar bilim ye-
tarli darajada bo‘lmasa, xayoliy tasavvurlar hosil bo‘lmaydi. Bola-
lar muzeylarda bo‘lmaganlari, teatrlarga tushib tarixiy postanovka-
larni ko‘rmaganlari, kinolarni hali juda kam ko‘rganlari tufayli
bunday tasavvurlarni xayol qilishning
uddasidan chiqa olmay-
dilar.
Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri xo-
tira tasavvurlarini analiz va sintez qilishdir. Xayol uchun ma-
terial bo‘ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga
ko‘pincha to‘liq
holda kirmasdan, balki qisman kiradi. So‘ngra
xayolning sintez, qilish faoliyati ro‘y beradi. Bunda muayyan
tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni qo‘shish va bir turkum
qilish jarayoni ro‘y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida
yangi tasavvur – xayol tasavvuri vujudga keladi. Yozuvchilar ada-
biyotidagi badiiy obrazlarni yaratayotganlarida xayolning analiz
va sintez qilish xususiyatidan foydalanadilar. Ular o‘z asarlaridagi
qahramonlarning tiplarini bir qancha ayrim taassurotlardan vu-
163
judga keltiradilar. Qahramonning xarakteri shu qahramon man-
sub bo‘lgan ijtimoiy guruhdagi turli
odamlarning qiyofalaridan
olingan bir qancha xususiyatlardan bunyodga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: