Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

18-rasm. 
Oddiy ixtirolar.
Xayol qilish orqali vujudga keltirilgan obrazlar ko‘pincha juda 
yaqqol, konkret xarakterga ega bo‘ladi, masalan, biron narsani 
xayolan tasavvur etib ko‘rish uchun u haqida o‘ylab ko‘rishning 
o‘zi kifoya qilmaydi. Xayolan tasavvur etib ko‘rishda biz shu 
narsaning obrazini yaratamiz va tafakkur ko‘zi bilan ko‘ra 
boshlaymiz. Ba’zi paytlarda ana shunday xayolan yaratilgan 
obrazlar shu qadar yorqin, shu qadar konkret bo‘ladiki, ularni 
haqiqiy voqelikdagi narsalar bilan almashtirib yuboriladi. Ma-
salan, bog‘cha yoshidagi kichik bola lar buvilarini juda yaxshi 
ko‘radilar. Lekin buvisi bo‘lmagan bolalar buvini juda zoriqib 
orzu qila boshlaydilar. Natijada ular xayolan buvining obrazini 
yaratadilar. Buvisi bo‘lmagan uch yoshli qizcha tarbiyachisi-
ga kelib, buvisi Farg‘onadan kelganini, juda muloyim kampir 
ekanligini, unga sovg‘a-salomlar olib kelganini va endi buvi-
si bilan mehmonlarga borishini aytgan. Tarbiyachi kechqurun 
qizchaning onasi kelganida uning oyisi kelgani bilan tabriklaydi 
va juda xursand bo‘lganini izhor qiladi. Qizchaning onasi hech 
narsaga tushuna olmay, nima gap ekanini so‘raydi va onasi al-


164
laqachonlar o‘lib ketganini aytadi. Shunda tar biyachi qizchani 
chaqirib, nima sababdan shunday yolg‘on gapirganini so‘raydi 
va urishadi. Qizcha bo‘lsa, yig‘lab buvisi borlarga juda havasi 
kelganini va o‘zi xayolida ana shunday buvi yaratganini aytadi. 
Ana shunday hollarda, albatta, bolalarni yolg‘onchilikda ayb-
lab bo‘lmaydi.
Nihoyat, xayolning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shun-
daki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsalar bilan 
bog‘liq bo‘lsa, xotira obraz lari o‘tgan zamondagi narsalarning 
obrazlarini tiklash bilan bog‘liq bo‘lsa, xayoliy yo‘l bilan yaratil-
gan obrazlar hozirgi va o‘tgan zamongagina emas, balki kelajak 
zamonga, odam intilayotgan maqsadlarga qaratilgan bo‘ladi. Ma-
salan, odam kelajakda nima ishlar qilishini xayolan tasavvur qilib 
ko‘rishi mumkin.
Xayol turlari
Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib borishi mum-
kin: 
1) inson hеch qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masa-
lalar, muammolar iskanjasidan bеrkinish maqsadida; 
2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himo-
yalanish niyatida; 
3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan
4) ushalmagan armondan; 
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 
6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. 
Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo‘l-
magan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar das-
turini namoyon etib, u passiv (sust) xayol dеb nomlanadi. 
Xayolning bundan tashqari ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qay-
ta tiklovchi va ijodiy turlari ham mavjud. Ixtiyoriy xa-
yol qandaydir ijodiy mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘z 
xa yolini ishlashga majbir qilganda ro‘y beradi. Bu hol ba-
diiy asarlarni yaratish jarayonida, ixtirochi, konstruktor-
ning faoliyatida va hatto qilayotgan narsani o‘ylab ko‘rish va 
yaxshi tasavvur qilish zarur bo‘lgan oddiy ishda ham yuz bera-
di.


165
Ixtiyorsiz xayol kishining oldida hech qanday vazifa turmagan 
vaqtda, lekin beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura boshlaganda 
paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz xayol kuchli ehtiyojlar tufayli ham pay-
do bo‘ladi. Masalan: odam juda tashna yoki och payti da uning 
xayolida turli taomlar, suvlar paydo bo‘la boshlaydi. Shuningdek, 
kishining hissiy holatiga ham bog‘liq. Qo‘rqayotgan vaqtda odam 
xayoliga qo‘rqinchli obrazlar kela boshlaydi.
Obrazlarning mustaqilligi va originalligiga qarab xayol 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish