93
Normativ guruhlar
– bu shaxs uchun shunday insonlar guruhiki,
ularning normalarini u ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha
tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga birinchi navbatda oilani, diniy
yoki milliy uyushmalarni, professional guruhlarni kiritish mum-
kin. Masalan: o‘zbek xalqi uchun dasturxon solib o‘tirgan zahoti
yuzga fotiha tortish, mezbonlarni mehmonlarga «Xush kelibsizlar»
deyishlari norma hisoblanadi.
Qiyoslash guruhi –
bu shunday guruhki, shaxs o‘sha guruhga
kirishga, uning ma’qullashiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakat-
larini yo‘lga solishda unga asoslanadi. Masalan: talabalar guruhida
shunday yoshlar bo‘lishi mumkinki, shaxs ular bilan umuman mu-
loqotda bo‘lmaydi, ularning fikrlari yoki qarashlarini yoqlamaydi,
lekin bu guruh aynan o‘shalarga o‘xshamaslik va o‘z ustida ko‘proq
ishlashga o‘zini ko‘proq safarbar qilishi uchun kerak.
Negativ guruhlar
– shaxs ularning
xatti-harakatlaridan atay-
lab voz kechadi, chunki ular shaxsiy qarashlardan mutlaq farq qi-
ladi. Masalan: bir-biri bilan chiqisha olmagan ikki qo‘sh devor-
larini alohida rangda bo‘yaydi, biri tanlagan rangni ikkinchisi
xohlamaydi. Biri oq desa ikkinchisi aksincha qora deb turaveradi.
Guruhlar shaxsning shakllanishiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Jamoalar deganda biz umumiy faoliyat maqsadi asosida birlash-
gan, jamiyatning bir qismi hisoblangan va shu jamiyat maqsad-
lariga to‘la bo‘ysunadigan odamlar guruhini tushunamiz. Jamoa
inson shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar
yara tadigan birlik hisoblanadi.
Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-
tarbiya jamoasi, bolalar jamoasi, mehnat jamoalari shunday bir
muhit hisoblanadiki, unda shaxsning har tomonlama rivoj lanishi
yuz beradi.
Bir-biriga yordam, xayrixohlik, uyushqoqlik, inti-
zom kabi axloqiy motivlar jamoada tarkib topadi. Bolani mum-
kin qadar tezroq jamoaga qo‘shish, undagi munosabatlarda, bir-
galikdagi faoliyatda ishtirok etishi muhim hisoblanadi.
Maktab
o‘quvchilari jamoasi ning ahil bo‘lishi uchun turli tadbirlar, olim-
piadalar, ko‘rik-tanlovlar, sport bellashuvlari, kechalar,
intellek-
tual o‘yinlar uyushtirish jarayoni va birgalashib tashvish tortish-
lari g‘oyat muhimdir. Bu jamoani shakllanishiga yordam beradi,
bolalarni bir-biriga yaqinlashtiradi, ularni dardi va quvonchini his
94
etishga o‘rgatadi. Jamoada «men» va «ular» degan bir-biriga qarshi
bo‘lgan azaliy so‘zlar «biz» degan tushuncha vositasida barham to-
padi.
Do'stlaringiz bilan baham: