98
Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan kuch-
li, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai
uzoqroq saqlanib turadi-
gan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish manbai
hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya po‘stining
boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Natijada optimal
qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ketadi. Ana shu nuq-
tayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqatning fiziologik asosini
bosh miya po‘sti qismidagi optimal qo‘zg‘alish
manbai tashkil
qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Miya yarimsharlarining opti-
mal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismida,– deydi I.P. Pavlov, – yan-
gi shartli reflekslar yengillik bilan hosil bo‘ladi… Shunday qilib,
optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan joyni ayni chog‘da
bosh mi-
ya yarimsharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya
yarimsharlarining sust qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xu-
susiyatga qobil emas. Ularning ayni chog‘dagi
funksiyasi, juda
nari borganda, tegishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan
reflekslarni bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».
A.A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik prin-
sipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun kat-
ta ahamiyatga ega. Dominantalik
prinsipiga muvofiq miyada
qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i ay-
ni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan hamma
qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib oladi va bu ning
natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning hukmronligi
yanada oshadi. Odatda dominanta subdominantaga, subdominan-
ta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa diqqatning bir narsadan
ikkinchi narsaga ko‘chib turishining nеrv-fiziologik mеxanizmini
tashkil etadi. Ko‘rinib
turibdiki, I.P. Pavlov bilan A.A. Uxtom-
skiy ta’limotlari bir-biriga qarama-qarshi emas, balki mazmun ji-
hatidan o‘xshashdir. Demak, oriyentirovka yoki tekshirish refleksi
miya yarimsharlarining po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuza-
ga keltiruvchi omillardan biridir. Orientirovka refleksi esa odam
uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning
ehtiyojlari va qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar-
ning ta’siri tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirish-
da bevosita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham
roli g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan
99
aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish
manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mumkin.
Diqqatning turlari
Do'stlaringiz bilan baham: