Maktabgacha yoshdagi


Malakalar va uning turlari



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Malakalar va uning turlari.
Avval ongli bajarilib, keyincha-
lik avtomatlashgan ish-harakatlarga malakalar deyiladi. Malaka-
lar shu bilan xarakterlanadiki, harakatlar oson va tez, go‘yo o‘z-
o‘zidan ongning kam ishtiroki bilan va kuchni kam ishlatadigan 
holda bajariladi. Masalan: tajribali usta yaxshi va ko‘p ishlaydi va 
ishni endigina boshlayotgan yosh xodimga qaraganda kam char-
chaydi yoki pioninochining royal klavishlarini ustida barmoq-
larini yurgizishi va hokazo.
Malaka hosil qilingach, ayrim harakatlar ustidan nazorat de-
yarli yo‘qoladi. Malakalar faoliyatimizning deyarli hamma tur-
lariga kiradi va biz amalga oshiradigan har qanday harakatlar-
ning ko‘pchilik qismini tashkil qiladi. Malakalar mehnat qilishni 
osonlashtiribgina qolmasdan, balki ijodiy ish uchun imkoni-
yat yaratadi, bizni unchalik murakkab bo‘lmagan harakatlarni 
kuzatish zarurligidan xalos qiladi. Takroriy harakatlar natijasi-
da miya po‘stlog‘ida hosil bo‘ladigan murakkab shartli reflekslar, 
muvaqqat aloqalar sistemasi (bu aloqalar vaqtida bir qo‘zg‘alish 
go‘yo zanjir kabi boshqa qo‘zg‘alishlar seriyasini vujudga kelti-
radi) malakalarning fiziologik asoslaridir, ya’ni Pavlov tili bilan 
aytganda dinamik stereotiplardir. Malakalar odamga hech vaqt 
tug‘ma holda berilmaydi. Murakkab malakalarni hosil bo‘lishiga 
ko‘p vaqt ketsa, sodda malakalar oz vaqt ichida hosil bo‘ladi. Il-
gari hosil qilingan malakalardan yangi malakani tarkib toptirish-
ga ijobiy ta’siri malakalarning ko‘chirilishi deyiladi. Ilgari hosil 
qilingan malakalarning yangi malakalar hosil qilishga zararli
salbiy ta’sir ko‘rsatishi malakalarning interfrensiyasi deb atala-
di. Mustahkamlangan malakalarning so‘nish hodisasi malaka-
ning deavtomatizatsiyasi deyiladi. Malakalarning interfrensi-
yasi juda kuchli bo‘ladi, shuning uchun noto‘g‘ri malakaga ega 
kishiga qayta o‘rgatish bu ishda hali hech qanday malakaga ega 


85
bo‘lmagan kishiga o‘rgatishdan ko‘ra qiyinroq bo‘ladi. Malaka-
larni hosil qildirishda 1-signal sistemasi: sezgilar, idrok va tasav-
vurlar katta rol o‘ynaydi. U amalga oshirilgan harakat to‘g‘risida 
miyaning tegishli qismiga xabar beradi. Miyadan esa bajarilgan 
ishni to‘g‘rilashni talab qiladigan qaytish signallari keladi. Mu-
vaffaqiyatli harakatlar takrorlanib turadi va shu sababli ularning 
mexanizmlari miyada mustahkam o‘rnashib oladi. Muvaffaqiyat-
siz harakatlar takrorlanmaydi va sekin-asta yo‘qoladi. Muayyan 
faoliyatni takomillashtirish maqsadida ishlarning takroriy bajari-
lishi mashq deyiladi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish