383
larni baholashni o‘rganishi kerak.
Bu esa darhol amalga osh-
maydi. Bu davrda bola tengdoshlarini baholayotib, kattalarni ular
haqida aytgan fikrini takrorlaydi. O‘zini baholashda ham bu holat
takrorlanadi: «Men yaxshi bolaman, oyim shunday deydilar».
Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil ba-
holashi, uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu
asosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bi-
linadi. Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy bahola-
nadi, «salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-asta
personajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiy
munosabatdan ajraladi, va vaziyatni
bu harakat va fazilatlarga
ega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini
eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiq yaxshi
ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?», «Chunki
u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadimi?», «Yoqadi».
«Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman».
O‘zlashtirilgan axloq qoidalari bolaning boshqalarni baho-
lashida foydalanadigan me’yorlarga aylanib qoladi. Lekin bu
me’yorlarni o‘zida qo‘llashi ancha murakkab kechadi.
Bolani
qamrab olgan, uni u yoki bu harakatni amalga oshirishga un-
dovchi kechinmalar, undan bajarayotgan
harakatining asl maz-
munini yashiradi, ularni beg‘araz baholashiga yo‘l qo‘ymaydi.
Bunday beg‘araz baho faqatgina o‘z harakatlari va imkoniyat-
larini boshqalar harakati, fazilati va imkoniyatlari bilan taqqosla-
ganda amalga oshishi mumkin. O‘zini boshqalar bilan taqqoslay
olish bilan bola katta bog‘cha yoshiga kelib to‘g‘ri baholash mala-
kasiga ega bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z afzalliklari va kamchilik-
larini yaxshi biladilar hamda atrofdagilarning bunga munosabati-
ni inobatga oladilar. Bu bolada
shaxsning rivojlanishida, axloq
motivlarini o‘zlashtirishida, ijobiy axloq namunalariga ergashi-
shida katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Shu bilan birga bola atrof-
dagilarni u yoki bu harakatiga va fazilatiga bo‘lgan munosa-
batidan biror maqsadda foydalanishga qodir bo‘ladi. Bolalar bu
yoshda, ko‘pincha qaysarlik axloq me’yorlarining buzilishi ekan-
ligini yaxshi biladilar va ularga yon beradigan kattalarga ataylab
qaysarlik qiladilar. Bola o‘z onasiga bolalik xislatlarini ko‘rsatgan
384
holda, bola rolini o‘ynashi mumkin. Bu onada mehr uyg‘onishiga
va ko‘ngli yumshashiga olib keladi va bola shu tariqa turli xil xur-
sandchiliklarga erishadi.
Bu yoshda bola ataylab o‘z foydasiga yolg‘on gapirishi, hasad
yomon xislat ekanligini bilib, atrofdagilardan yashirincha hasad
qilishi mumkin. Ammo maktabgacha yoshdagi bola o‘zining ijo-
biy xislatlari va kamchiliklariga uzoq ahamiyat bermaydi. Bola-
da tahlil qilish kerakli darajada rivojlangan bo‘lsada, u ko‘proq
o‘ziga emas, boshqa shaxslarga qaratilgan bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishiga
qiziqa boshlaydi. «Men
kichkinaligimda qanday edim, gapirib
bering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushu-
nish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina boshlaydi.
Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikrlar bildi-
rilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrda kelajak-
ka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan sari oshib
va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqida gapirib be-
rishlarini so‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘zi ham o‘zi haqida
eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xolis muhokama qiladi,
bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildirishiga imkon beradi. Bola
uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagi hayotda o‘z o‘rnini
anglash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi
hayotida baholash va kelajakni tasavvur qilish imkonini beradi.
Bola hayotida istiqbol rejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsi-
ya darajasining oshishiga imkon beradi va bu o‘z navbatida uning
shaxsining rivojlanishini belgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon
va omadli bo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli
bola, agar qiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubha-
siz doim o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim
yaxshi ko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘
va baxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shi-
fokor, bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi.
Shaxs xislatlari
to‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, bu un-
ga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi munosabatda
bo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: