Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


-rasm. Shakllarni fikran ikki qismga bo‘lib kvadrat hosil qiling



Download 2,28 Mb.
bet72/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

23-rasm. Shakllarni fikran ikki qismga bo‘lib kvadrat hosil qiling.


171






Ilgari idrok etgan va etmagan predmet va hodisalarni ongimiz­da yaratishdan iborat bo‘lgan psixik jarayon XAYOL deyiladi.


172





Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan uning bo- rishini tasavvur qiladi. Xayol yetarli darajada rivojlantirilma- sa bolalarning intellektual o‘sishlari ham yaxshi rivojlanmay qoladi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qish yoki aytib berish bi­lan shug‘ullanar ekan, muallif gapirgan narsalarni fikran tasavvur qiladi. Bola ertak va hikoyalarni eshitayotganda o‘zi ko‘rmagan, xayolida o‘ziga notanish tabiat manzarasini tasav­vur qiladi. Tasavvur obrazlari bo‘lmasa hikoyalarni tushunib bo‘lmaydi. Xayol bola shaxsining umumiy rivojlanishiga, xu- susan, axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Xayol ta’siri ostida qahramonning ideal obrazi yaratiladi va kishi ana shu obraz- ga o‘xshash uchun intiladi.

Amaliy ish:



  1. Fanda ijodiy xayolga oid misollar keltiring.

  2. Foydali va foydasiz orzu haqida gapirib bering.

Nazorat savollari:

  1. Xayol tasavvurlari xotira tasavvurlaridan nimasi bilan farq qiladi?

  2. Kishi hayotida xayol qanday ahamiyatga ega?

  3. Xayol xususiyatlarining kechishi nimada ko‘rinadi?

  4. Xayol obrazlarini yaratishning ayrim yo‘llarini aytib bering.

  5. Orzu xayolning boshqa turlaridan nimasi bilan farq qiladi?


173



IV bob. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY HOLATLARI


  1. His-tuyg‘ular. Hissiyot va emotsiya to‘g‘risida tushuncha

Kishilar idrok qilayotgan narsalariga, bajarayotgan va o‘ylayotgan narsalariga befarq bo‘lmaydilar. Bir xil predmetlar, shaxslar, harakatlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xa- fa qiladi, yana boshqalari g‘azab, nafratimizni qo‘zg‘atadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni his qilamiz, qiyinchiliklar- ni yengish zavq, shodlik uyg‘otadi. Har bir kishi mehnat qilar ekan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun intilar ekan ana shunday va boshqa kechinmalarni boshidan o‘tkazadi.

Odamning o‘zi bilgan va bajarayotgan narsaga o‘z munosabati- ni boshdan kechirishi his-tuyg‘ular yoki emotsiyalar (lot. emo- vere — qozg‘atish, hayajonga solish) deyiladi. His-tuyg‘ularning manbai biz idrok qiladigan, ish ko‘radigan predmetlar va ho- disalarning xususiyatlari vujudga keltiradigan ehtiyojlar, inti- lishlar, istaklardir. Oddiy nutqda sezish, his qilish tushuncha- lari aralashtirib yuboriladi. Biz: «Men qo‘rquvni sezyapman», «Og‘riqni his qilyapman» deymiz, holbuki, «Qo‘rquvni his qilyapman», «Og‘riqni sezyapman» deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Sezgilar bizga narsa va hodisalarning xossalarini bildiradi, his- tuyg‘ular esa kishining ichki holatini, uning ana shu narsa va hodisaga munosabatini ahglatadi. His-tuyg‘ular barcha psixo­logik jarayonlar bilan mustahkam bog‘langan bo‘lib, ko‘pincha ular tomonidan keltirib chiqariladi va o‘z navbatida ularga ta’sir ko‘rsatadi. Sezgilarning o‘zi ham ko‘pincha kechinmalarimiz ostida o‘zgaradi. Kishi kayfiyatiga qarab ayni bir xil predmet- ni ba’zan turlicha idrok qiladi. Vaxshiy hayvonlar to‘g‘risidagi hikoyalardan qo‘rqib ketgan bola qorong‘ida shox-shabbani ham bo‘ri deb qabul qilishi mumkin, odatda kunduzi shu joy- dan o‘tayotganda hech qanday qo‘rquvni his qilmaydi.

Emotsiyalar xotiralar bilan mustahkam bog‘langandir. Biz boshdan kechirgan, ya’ni muayyan his-tuyg‘u bilan idrok qilgan hamma narsa xotiramizda yaxshi saqlanadi, o‘tmish haqidagi xotiralar bizda biror his-tuyg‘u uyg‘otadi. Hissiy qo‘zg‘alishlar


174





yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi fay- lasuflar miyaning ba’zi funksiyalarini, ayniqsa hissiyot bilan bog‘liq bo‘lganlarini yurak bilan bog‘lashgan.


Sezgi va idrokdan tortib to tafakkurgacha bo‘lgan barcha operatsiyalar hissiy o‘zgarishlar bilan kechadi. Inson tabia- ti shunday tuzilganki, u hissiy voqealarga ko‘proq ahamiyat beradi. Hissiyot haqidagi dastlabki nazariyalar XX asr boshlari- da odam o‘z-o‘zini bayon etishiga asoslangan edi. O‘sha davr- da ikkita kashfiyotchi P. Jeyms va G. Lange nomi bilan atalgan nazariya keng ko‘lamda tarqalgan edi. Jeyms-Lange nazariyasi his-tuyg‘ularning paydo bo‘lishini quyidagi tarzda tushuntirib beradi. Atrof-muhitdagi hodisalar odam ruhiyatiga, u orqali esa vegetativ nerv sistemasiga ta’sir o‘tkazar ekan, organizm- da muayyan o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bu o‘zgarishlar odam tomonidan talqin qilinadi, aynan ana shu talqin hissi- yotning o‘zi ekan. Bu jarayon quyidagicha ta’riflanadi. Avval odam tanasida qandaydir bir his paydo bo‘ladi, masalan, eti jimirlaydi, ko‘zi yosharadi, keyin esa qalbida qandaydir tuyg‘u paydo bo‘ladi.

XX asr boshlanishida Jeyms-Lange nazariyasi juda ko‘p tanqidga uchragan bo‘lsada, lekin so‘nggi paytlarda bu nazari- yaga qiziqish paydo bo‘lib, bu nazariyaga yaqin turadigan his­siyot haqida yangi nazariyalar paydo bo‘ldi. Bu nazariyalarning paydo bo‘lishi ko‘p jihatdan individual psixologiyaning rivoj- lanishi bilan ham bog‘liq.

Psixologiyada kuchli his-tuyg‘ular hisoblangan qo‘rquv, ha- yajon, tushkunlik, rashk odatiy ruhiy faoliyatni izdan chiqaradi. Bolalarda hislarning tashqi ifodasi juda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Katta odamlar o‘zlarining ayni chog‘dagi hissiyotlarini yashirishlari mumkin. Lekin bolalar, ko‘pincha, buning ud- dasidan chiqa olmaydilar.

Psixik jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda er- ta boshlanadi. Birinchi bosqich — his-tuyg‘u va ehtiyojga qa­rab qoniqish-qoniqmaslik birga keladigan hisdir. Ikkinchi bosqich — ijtimoiy hislar: yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish, xafagarchilik hissidir. Birmuncha kechroq (qariyb uch yoshdan boshlab) bolalarda estetik did hissi rosmana namoyon bo‘ladi.


175





Bola «chiroyli-xunuk» degan narsalarga aqli yeta boshlaydi. Uchinchi bosqich — hissiyotning jadal, hattoki, zo‘r berib avj olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi va maktabgacha yosh- da beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayni paytda axloq- odob hissi rivojlana boshlaydi. So‘nggi bosqich — bolalarda maktab yoshida oliy hissiyotning rosmana rivojlanishi bilan xa- rakterlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash katta ahamiyat kasb eta­di. U umuman tarbiyaning doimiy hamrohi bo‘lmog‘i lozim.


Pedagog his-tuyg‘ularning ta’lim-tarbiyaviy ishdagi ahami- yatini esda tutishi lozim. Bolalarda kuchli ijobiy emotsi- yalar uyg‘otadigan bilimlar bola beparvolik bilan qaraydigan ma’lumotlarga nisbatan tezroq va mustahkamroq o‘zlashtiriladi. Erishilgan muvaffaqiyatlar va yaxshi xulq-atvor uchun aytiladi- gan maqtovli gaplar odatda bolada yoqimli his-tuyg‘uni uyg‘otadi, rag‘batlantiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ma’qullamaslik, tanbeh, jazolashlar odatda bolada yoqimsiz emotsional holat- ning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi va bola bunday kechinma- larning takrorlanmasligi uchun harakat qiladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish