Qiziqish — malaka va ko‘nikmalar rivojiga, bilim egallashi- ga moyillik tug‘diradigan ijobiy hissiy holat.
Quvonch — to‘la qondirilishi mumkin bo‘lmagan, har holda qondirilishi noaniq dolzarb bo‘lgan ehtiyojni qondirilishi mumkinligi bilan bog‘liq ijobiy hissiy holat.
Hayratlanish — to‘satdan ro‘y bergan holatlardan hissiy jihatdan ta’sirlanishning ijobiy yoki salbiy jihatdan aniq-ravshan ifoda etilmagan belgisi.
Iztirob chekish — hozirga qadar qondirilish ehtimoli ozmi- ko‘pmi darajada mavjud deb tasavvur qilingan hayotiy muhim ehtiyojlarning qondirilishi mumkin emasligi haqida aniq yoki shunday tuyilgan axborot olinishi bilan bog‘liq salbiy hissiy holat.
G‘azablanish — odatda affekt tarzida kechadigan va subyekt uchun g‘oyat muhim ehtiyojni qondirish borasida jiddiy to‘siq paydo bo‘lishi oqibatida kelib chiqadigan, ifodalanishiga ko‘ra salbiy hissiy holat. Iztirob chekishdan farqi g‘azablanish stenik tarzda, ko‘rinishda bo‘ladi. Kuch-g‘ayratni oshirib yuboradi.
184
Nafratlanish — obyektiv holatga subyektning mafkuraviy, ma’naviy, estetik prinsiplari va yo‘l-yo‘riqlariga keskin zid kelib qolishi oqibatida ro‘y beradigan salbiy hissiy holatdir. Nafratlanish tajovuzkorlik xulq-atvoriga sabab bo‘lishi mumkin.
Jirkanish — shaxslararo munosabatlarda ro‘y beradigan va subyektning hayotiy nuqtayi nazari, qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo‘ladigan salbiy hissiy holatdir.
Qo‘rquv — subyekt o‘zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon yetishi mumkinligi haqida, unga real tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo‘ladigan salbiy hissiy holat. Qo‘rquv hissi- yoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bo‘lishi mumkin yo- ki hissiy zo‘riqishlar tarzida, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va xavotirlangan tarzda, yoxud affektiv holatga tush- gan tarzda (dahshatli qo‘rquv hissiyotning eng so‘nggi turidir) kechishi mumkin.
Uyalish — o‘zining niyat-maqsadlari, xatti-harakatlari va tashqi qiyofasi faqat tevarak-atrofidagilar tomonidan kutil- ganiga mos kelmaganligini emas, balki o‘ziga loyiq xulq-at- vor va tashqi qiyofa haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kelmayotganligini anglab yetishida ifodalangan salbiy holat.
Aytib o‘tilgan hissiyotlarning har biri ifodalanish darajasi- ga ko‘ra turli hissiy holatlarning mimikada ko‘rinishi tobora kuchayib boradigan holatlar tarzida xotirjamlik bilan qoniqish, shodlanish, zavqlanish, shod-xurramlik, o‘zini tuta olmay- digan darajada zavqlanish, tortinchoqlik, iymanish, uyalish, o‘zini ayblash, norozilik, iztirob chekish, qayg‘urish va hokazo.
Kishilar his-tuyg‘ularining sifatlari va hatto turlarining xilma- xilligi bilan farq qiladilar. His-tuyg‘ularning xususiyatlaridan biri ularning ziddiyatliligi, ya’ni bir-biriga qarama-qarshiligidir. Masalan, quvonch va qayg‘u, xursandchilik va azob chekish, sevgi va nafrat, qo‘rquv va mardlik va h.k.. His-tuyg‘ularni biz uchun yoqimli va yoqimsiz bo‘lgan his-tuyg‘ularga ajratish mumkin. Yoqimli his-tuyg‘ular — ularni boshdan kechirayotgan kishining nuqtayi nazaridan qaraganda ijobiy his-tuyg‘ular bo‘ladi. Ular o‘rtasida ko‘pgina oraliq his-tuyg‘ular mavjuddir. Masalan, qo‘rquv ba’zan jangovar ruhni, o‘zini himoya qilish uchun
185
faol harakat qilishni o‘z ichiga oladi. Qurquv hissi orqaga qay- tishga ham dadil hujum qilishga ham undashi mumkin. Ay- rim kechinmalar shu qadar murakkab bo‘ladiki, ularni yoqim-
va yoqimsiz his-tuyg‘ularga ajratish qiyin. His-tuygular faol yoki passiv bo‘lishi mumkin. Agar kishi hayajonlangan, diqqati kuchaytirilgan bo‘lsa uning tuyg‘ulari faol bo‘ladi. Aksincha kishining holati noaniq bo‘lsa his-tuygulari ham sust o‘tib bora- di. His-tuyg‘ularning faolligi ularni stenik tuyg‘ularga aylantira- di. Ular kishining kuch va g‘ayratini oshiradi. His-tuyg‘ular in- tensivlik va davomiylikning turli darajasiga ega bo‘ladi. Ba’zan ular uzoq davom etsa ham sust bo‘ladi. Boshqa vaqtda xuddi shu kishida ular juda kuchli davom etib uni yelarli o‘ylab ko‘rilmagan harakatlar qilishga undaydi.
Mazmun nuqtayi nazaridan yuksak hislar ma’naviy, intellek- tual va estetik his-tuyg‘ulardan iborat bo‘ladi. Ularni qo‘rquv, asossiz g‘azablanish, organizmning och qolishi, kasallik tu- fayli vujudga keladigan emotsiyalaridan farq qilib yuksak his- lar deb ataydilar. Axloqiy tuyg‘ular yoki ma’naviy his-tuyg‘ular harakatlar, xulq-atvorga jamiyatda qabul qilingan axloq asosi- da baho berish bilan bog‘liq bo‘lgan kechinmalardir.
Vatanga muhabbat — bu his-tuyg‘u tug‘ilgan joylar va yaqin kishilar bilan ko‘pdan ko‘p aloqalardan vujudga keladi. Burch tuygusi bu o‘zining jamiyat, oila oldidagi vazifalarini anglash tufayli vujudga keladigan kechinmalardir. Bu tuyg‘u kishini o‘z burchini bajarishga undaydi, bunga vijdon deb ataluvchi bir kechinma yordam beradi. Kishining o‘z burchini, aytib turgan narsani bajarmasligi, nojo‘ya xatti-harakatlari vijdonini azob- laydi va kishini pushaymon qiladi. Do‘stlik tuyg‘usi jamiyat- da keng rivojlangan. Chinakam do‘stlik tuyg‘usini oshnachilik munosabatlari va soxta o‘rtoqchilikda ro‘y beradigan yuzaki kechinmalar bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Chinakam do‘stlik yaqin kishiga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Muhabbat tuyg‘usi do‘stlik tuyg‘usiga yaqindir. Chinakam muhabbat kishining ko‘nglini ko‘taradigan go‘zal his- tuyg‘u bo‘lib u o‘z-o‘zini mukammallashtirishga undaydi. Faqat sevimli kishi uchungina emas balki boshqa kishilarning baxt-saodati uchun ham jasorat ko‘rsatishga chaqiradi. Shu-
186
ning uchun bir-birini sevgan kishilar yaxshiroq bo‘lishga in- tiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |