Bog'liq maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi
Irodaning nerv-fiziologik asoslari M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti- harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyin- chalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina xatti-harakatlar bevosita hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda amalga oshi- riladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqidagi yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqu- lay oqibatlar haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi. Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avval- gi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ikkinchi signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat payti- ga kelib qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televi-
190
zordagi ko‘rsatuv qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur qiladi.
Qo‘zgatuvchi vosita — so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ichki talabi, mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda ular javob tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar. Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan kishi o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatla- rimizni boshqarib turadigan miya hujayralari katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan bo‘ladi. Har qanday boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish ki- ritmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya hujayralari bir tomondan gavda mus- kullariga impulslar yuborib turadi, ikkinchi tomondan harakat a’zolaridan amalga oshirilgan ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida shu axborotlar qayta ishlanadi va u yerdan harakatga kiritilishi lozim tuzatishlar haqida yana sig- nallar keladi. Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlari ortiqcha ixtiyorsiz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu jarayonlar haddan tashqari qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holat- dagi) bostirib turadi va vazminlik, o‘zini tuta bilish, chidam, harakatlar izchilligi va hokazolarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Iroda katta yarimsharlar po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i osti ishini boshqarib turish qobiliyatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (instinktlar, mayllar va h.k.) manbai hisoblanadi.