Xayol jarayonining asosiy xususiyatlari
Xayol jarayoni va uning vujudga kelishi bir qancha sharoitlar- ga bog‘liqdir. Xayol har doim ma’lum bir yo‘nalishga ega bo‘ladi. Odatda vujudga kelgan xayol odamning o‘z faoliyati davomida nimaga intilayotgani, nimani istayotgani bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, quruvchi qurayotgan binosining qanday bo‘lishini, tarbiyachi tarbiyalayotgan bolalarining kim bo‘lib yetishishlari- ni xayolan ko‘z o‘ngiga keltiradi. Xayolning ana shu xususiya- ti, xususan bolalarda juda yaqqol ko‘rinadi. Chunonchi, bog‘cha yoshidagi kichik bolalar haydovchi bo‘lgilari keladi. Buni amal- ga oshirish qiyin albatta, lekin bu mushkul masalani hal qilish- da xayol jarayoni yordam beradi. Bola xayolan haydovchi bo‘lib olib, stulni mashina qilib, haydab ketaveradi. Xayol xususiyat- laridan biri shundan iboratki, xayol odamning ehtiyojlari, qizi- qishlari va o‘z oldiga qo‘ygan vazifalari bilan bog‘liq holda yu- zaga keladi. Odamning ehtiyojlari va qiziqishlari hamma vaqt ham xayolga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etavermaydi. Odam hamma vaqt ham istagan narsalariga erishavermaydi. Qo‘rqoq odam- ning xayolida hamma vaqt qo‘rqinchli narsalar gavdalanaveradi. Ayni shu paytdagi ehtiyojning ta’siri bilan odamning xayoli o‘tmishda idrok qilingan narsalardan hosil bo‘lgan tasavvurlar- ni ijodiy ravishda qayta ishlab, yangi obrazlar yarata boshlaydi.
Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning boy tajriba hamda bilimlarga asoslanishidir. Agar bilim yelarli darajada bo‘lmasa, xayoliy tasavvurlar hosil bo‘lmay- di. Bolalar muzeylarda bo‘lmaganlari, teatrlarga tushib tari- xiy postanovkalarni ko‘rmaganlari, kinolarni hali juda kam ko‘rganlari tufayli bunday tasavvurlarni xayol qilishning ud- dasidan chiqolmaydilar.
Xayol jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri xo- tira tasavvurlarini analiz va sintez qilishdir. Xayol uchun material bo‘ladigan tasavvurlar xayol yaratib berayotgan obrazlarga ko‘pincha to‘liq holda kirmasdan, balki qisman kiradi. So‘ngra xayolning sintez, qilish faoliyati ro‘y beradi. Bunda muayyan
165
tasavvurlardan ajratib olingan elementlarni qo‘shish va bir tur- kum qilish jarayoni ro‘y beradi. Mana shunday sintez qilish faoliyatida yangi tasavvur — xayol tasavvuri vujudga keladi.
Yozuvchilar adabiyotidagi badiiy obrazlarni yaratayotgan- larida xayolning analiz va sintez qilish xususiyatidan foyda- lanadilar. Ular o‘z asarlaridagi qahramonlarning tiplarini bir qancha ayrim taassurotlardan vujudga keltiradilar. Qahramon- ning xarakteri shu qahramon mansub bo‘lgan ijtimoiy guruh- dagi turli odamlarning qiyofalaridan olingan bir qancha xu- susiyatlardan bunyodga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |