16-rasm.
Mantiqiy sonlar qatorini davom ettiring:
24 21 19 18 15 13 - - 7
1 4 9 16 - - 49 64 81 100
16 17 15 18 14 19 - -
1 3 6 16 18 - - 76 78
155
a
g
¥*1
|
/'
|
/ \ /V
|
u
|
j 4YaA
|
i -
|
|
Me
|
|
h ?
|
$ ® 1 /
|
|
|
|
17-rasm.
17-rasm. Chap tomondagi ikki rasmning munosabatiga qarab, o‘ng tomondagi rasmlarning chap tomonda turganiga mu- nosibini toping (farosatlilik). 16, я-rasmning javobi:
Nazorat savollari:
Tafakkur deb nimaga aytiladi?
Tafakkurning nerv-fiziologik asosini nima tashkil etadi?
156
Tafakkur turlari qanday?
Xulosa chiqarishning qanday turlari bor?
Tafakkur sifatlari deganda nimani tushunasiz?
Analiz, sintez, taqqoslash operatsiyalari haqida nimalar- ni bilasiz?
Tasniflash va sistemalashtirishning farqi nimada?
Muammoli vaziyat nima?
Nutq. Nutq haqida tushuncha
Kishilarning til vositasida o‘zaro munosabatda bo‘lish jara- yoni nutq deb ataladi. Nutq va tilni aynan bir narsa deb hisob- lash yaramaydi. Nutq odam boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lish maqsadida tildan foydalanish faoliyatidir. Har bir odam muomalani o‘zicha amalga oshiradi.
Kishilar nutq yordamida o‘z zamondoshlariga muayyan vaqtda nimalar yuz berayotganini xabar qilibgina qolmaydi- lar, balki insoniyat to‘plagan bilimlarining hamma boyligini avloddan avlodga o‘tkazib beradilar ham. Bola nutqni egallab olgandan so‘ng o‘zi tugilgan jamiyat hayotida kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Til milliy xarakterga ega ijtimoiy tarixiy hodisadir. Turli kishilarda jumla tuzilishi ham bir-biridan farq qiladi. Agar bola biror sabablarga ko‘ra nutqni egallab olmasa, uning aqliy kamoloti juda past darajaga tushib qolgan bo‘lar edi. Yuqorida aytib o‘tilganidek tafakkur va nutq bir-biri bilan bog‘lanib ketgan. Odam o‘ylayotganda odatda fikrlar jumla- lar tarzida, ichki nutq deb ataluvchi nutq tarzida ifoda etiladi. Darhaqiqat, bir-ikki so‘zni ichingizda aytmasdan turib, biror narsa haqida so‘zlab ko‘ringchi, siz bunga erisha olmaysiz.
Nutqning anatomik-fiziologik mexanizmlari. Nutq jarayoni periferik organlarning ishi bilan ham, bosh miya po‘sti faoliyati bilan ham bog‘liq ravishda sodir bo‘ladi. Nutq apparatning periferik qismiga nutq organlari, eshitish va ko‘rish organlari kiradi. Nafas olish organlari (o‘pka, bronxlar, nafas oli- nadigan bo‘g‘iz), ovoz vibratori (bo‘g‘izning ovoz muskullari) va ovoz muskullarining tebranishi natijasida hosil bo‘ladigan ovozni kuchaytiruvchi rezonator (og‘iz, burun bo‘shliqlari, halqum) nutq organlari hisoblanadi. Eshitish organi nutq-
157
ni, ko‘rish organi yozma nutqni, shuningdek, og‘zaki nutqni to‘ldiruvchi imo-ishoralarni idrok etishni ta’minlaydi. Yozish- da (ko‘zi ko‘rmaydigan kishilarni o‘qitishda) nutq apparatiga qo‘lning muskul-harakat sezgilari ham qo‘shiladi. Bola dastlab nutqni egallayotgan davrida uning nutq tovushlariga bo‘lgan reaksiyasi juda umumlashgan xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, agar soatni bolaga «chiq-chiq» deb tushuntirilgan bo‘lsa u «tik- tik» degan so‘zga ham baribir soatni ko‘rsataveradi. Bolalarda hali nutq tovushlari yaxshi differensirovka qilinmagan bo‘ladi.
Bosh miya po‘stlog‘ining nutq-eshitish, nutq-ko‘rish va nutq-harakat markazlari deb ataluvchi qismlari nutq appa- ratining markaziy qismi hisoblanadi. Nutqning eshitish marka- zi bosh miya po‘stlog‘ining chap chakka tomonidagi nutqning orqaroq qismida joylashgan. Nutqning harakat markazi chap yarimsharning manglay qismida joylashgan. Bu markazning ishi buzilsa, harakat affaziyasi paydo bo‘ladi, ya’ni kishi ga- pira olmaydigan bo‘lib qoladi. Bola qo‘lida qo‘ng‘iroq ushlab turibdi deb faraz qilaylik. Bu holda bolada muskul harakat sezgilari paydo bo‘lishi bilan bir vaqtning o‘zida, qo‘ngiroqni ushlash paytida u chiqargan ovoz, bolaning eshitish nervini ham qo‘zg‘atadi, shundan so‘ng harakat vujudga keladi va ni- hoyat harakat bolaning ongida ancha kengroq aks ettiriladi: yuqoridagi uch refleksga to‘rtinchisi qo‘shiladi.
P. Pavlov ta’limotiga ko‘ra, odamda muaffaqiyatli nerv bog‘lanishlari qo‘zg‘atuvchilarning faqat bevosita ta’sir ko‘rsatishi natijasiga emas, balki ana shu bevosita qo‘zg‘atuvchilar o‘rniga keluvchi so‘z ta’sirida ham paydo bo‘ladi. Bunda so‘z bevosita qo‘zg‘ovchilar bilan, voqelikning birinchi signallari bilan uzviy bog‘lanishi tufayli, ya’ni o‘zining ma’nosiga ko‘ra qimmati tufay- ligina voqelikning signali bo‘lib xizmat qiladi. Odam so‘zni voqe- lik bilan bog‘lay olgan taqdirdagina uning ma’nosiga tushunadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |