Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet58/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Tafakkur turlari

Hayot mobaynida o‘qiganlarimiz, ma’lum shart-sharoit- larda konkret dalillar va nazariy bilimlar asosida mushohada qilgan bilim va g‘oyalarimiz asosida yuritgan fikrlash jarayo- ni nazariy tafakkurdir. Undan farqli amaliy tafakkur bevosi- ta hayotda bo‘lgan va harakatlarimiz mobaynida hosil bo‘lgan fikrlarimizga asoslanadigan tafakkurimizdir. Ko‘rgazmali harakat tafakkurining xususiyati shundaki, u ham odam­ning real predmetlar bilan ish qilayotgan paytdagi fikrlash jarayonini nazarda tutadi. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur esa ko‘rgan-kechirgan narsalar va hodisalarning konkret obraz- lari ko‘z oldimizda gavdalangan chog‘da ularning mohiyatini umumlashtirib, bilvosita aks ettirishimizdir.

Mantiqiy tafakkur — bu mavhum tafakkur bo‘lib, so‘zlar, so‘zda ifodalangan bilim, g‘oya va tushunchalarga tayangan holda bevosita idrokimiz doirasida bo‘lmagan narsalar yu- zasidan chiqargan hukmlarimiz, mulohazalarimiz bu tafakkur- ga misol bo‘la oladi. Masalan, olam, uning noyob va murakkab hodisalarini falsafiy o‘rganish faqat mavhum, abstrakt tafak­kur yordamida mumkun bo‘ladi. Fikrlashimizning yana bir tu- ri reproduktiv bo‘lib, uning mohiyati ko‘rgan-bilgan narsamiz- ni aynan qanday bo‘lsa, shundayligicha, o‘zgarishsiz qaytarish va shu asosda fikrlashga asoslanadi. Undan farqli produktiv yo­ki ijodiy tafakkur — fikrlash elementlariga yangirik, noyoblik, qaytarilmaslik qo‘shilgandagi tafakkurni nazarda tutadi. Shun- ga bog‘liq konvergent fikrlash masalaning yechimi faqat bitta bo‘lgandagi fikrlashni nazarda tutsa, divergent tafakkur fikr- ning shunday turiki, u shaxsga bir muammo yoki masala yu- zasidan birdaniga bir nechta yechimlar paydo bo‘lishini taqo- zo etadi. Aynan ana shunday ijodiy tafakkur divergent shaklda


146





bo‘lsa, u ijodiy parvoz, yangiliklarni kashf etishga asos bo‘ladi. Fikrning kashf etish, yangilik yaratishga qaratilgan faoliya- ti ba’zan uning krefaollik sifati bilan bog‘lab tushuntiriladi. Krefaollik shunday xislatki, u go‘yoki yo‘q joyda bor qiladi, ya’ni oddiygina, jo‘ngina narsalarga boshqacha, birovlarnikiga o‘xshamagan yondashuvlarni talab qiladi. Masalan, uchta so‘z berilgan «qalam», «ko‘l», «ayiq». Uchalasini qo‘shib yangi jum- lalar tuzish kerak.


Tafakkur shakllari. Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyati- ning vositasi hisoblanadi. Odatda, nutq tafakkur jarayonida hukmlar, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalab kelinadi. Shuning uchun hukm, xulosa va tushunchalar tafak- kur shakllari deb ataladi.

Hukmlar. Harsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari ha- qida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb atala- di. Narsa va hodisalarda, voqelikda haqiqatdan o‘zaro bog‘liq belgilar, alomatlar, hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib beril- sa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsa hukmlarda ajra­tib ko‘rsatilsa — bu chin hukm deb ataladi. Masalan, «Metal- lar qizdirilganda kengayadi» degani chin hukmdir, bu hukmda u yoki bu holat faqat tasdiqlanib aytilayapti. Moddiy olam- da haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib ko‘rsatilsa, bunday hukm xato (yolg‘on) hukm deyiladi. Chun- ki bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga aslo muvofiq kelmaydi. «Yer Quyosh atrofida aylan- maydi» degan misol ham chin bo‘lmagan hukmlar doirasiga kiradi. Hukmlar quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:

  • tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;

  • yakka, juziy, xususiy va umumiy hukmlar;

  • shartli, ayiruvchi va qat’iy hukmlar;

  • taxminiy hukmlar.

Xulosa chiqarish. Psixologiyada xulosa chiqarish jarayoni- da foydalanilgan tayyor hukmlar asoslar deyiladi. Ularni tah- lil qilib chiqarilgan yangi hukmni esa xulosa deb atash qabul qiringan. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan: «Barcha sayyoralar harakatlana-


147





di». Oy — sayyora. Demak, Oy harakatlanadi. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogik.


Induktiv xulosa chiqarish, bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir nechta yakka yoki ayrim hukm- lardan umumiy hukmga o‘tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masa­lan: «Temir elektr tokini o‘tkazadi». Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy xulosalardan yakka yoki juziy xulosa keltirib chiqarila- di. Analogik xulosa chiqarishda ikki predmetning ba’zi bir bel- gilari o‘xshashligiga qarab bu predmetlarning boshqa belgilari ham o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqarishimizdir. Analogiya chin, taxminiy yoki yolg‘on bo‘lishi mumkin.

Tushunchalar. Narsa va hodisalarning muhim belgilari- ni, bog‘lanishlarini, mohiyatini hukmlar orqali fikran keng va chuqur aks ettirishdan iborat fikr yuritish shakli tushuncha deyi­ladi. Tushunchalar mohiyati jihatidan konkret va abstrakt tushun- chalarga ajratiladi. Alohida olingan bir butun narsaga aloqa- dor tushuncha konkret tushuncha deyiladi. Masalan: stol, divan, traktor. Moddiy olamdagi narsalardan fikran ajratib olingan ba’zi sifat, holatlarga, shuningdek narsalar o‘rtasidagi ichki munosa- batlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar abstrakt tushun- cha deb ataladi. Masalan: oqlik, uzunlik, kenglik. Tushunchalar uch turga bo‘linadi; yakka, umumiy, to‘planma tushunchalar. Yakka tushunchalar yakka narsa va hodisa haqidagi tushuncha- lardir. Bunday tushunchalarga Alisher Navoiy, general Sobir Ra­himov, Toshkent kabi tushunchalarni misol qilsa bo‘ladi. Yakka tushunchalarning xususiyati shuki, bu tushunchalarda hamisha aniq obraz mavjud bo‘ladi. Umumiy tushunchalarda bir jihsda ko‘p narsa va hodisalar gavdalantiriladi. Masalan: yulduz, ta- laba, o‘spirin. To‘planma tushunchalar bir jinsdagi narsa va ho- disalar toplami haqida yaxlit fikr yuritishdir. Masalan: paxtazor, kutubxona, yig‘ilish. Demak, tushunchalarning mohiyati hukm­larda yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi, yan- gi hukm hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar tushunchalarni yanada boyitadi, yangi tushunchalar, atamalar ijod qilinaveradi.

Tafakkur sifatlari. Tafakkur boshqa bilish jarayonlari kabi o‘zining individual xususiyatlariga ega bo‘lib, fikr yuritish faoliyat-


148





ining shakllari, vositalari va operatsiyalarining kishilarda turlicha namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Tafakkurning mazmun- dorligi deganda, inson ongida tevarak-atrofdagi moddiy voqelik to‘g‘risidagi mulohazalar, tushunchalar qanday miqdorda joy ol- ganligi nazarda tutiladi. Tafakkurning chuqurligi deganda, nar- sa va hodisalarning asosiy qonuniyatlari, sifatlari, bog‘lanishlari tafakkurimizda to‘liq aks etganligi tushuniladi. Tafakkurning kengligi o‘zining mazmundorligi, chuqurligi kabi sifatlari bi­lan muntazam aloqada bo‘ladi. Fikr doirasi keng, bilim saviya- si yuqori, serg‘oya ijodiy izlanishdagi kishilarni aql-zakovatli, bi- limdon, tafakkuri keng kishilar deyish mumkin. Tafakkurning mustaqilligi deganda, kishining hech kimning ko‘rsatmasisiz, ko‘magisiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli turli yo‘l, usul va vosita- lar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat aqliy qobiliyatini tushunish kerak. Tafakkurning mustaqilligi aqlning sertashab- busligi, pishiqligi va tanqidiyligida namoyon bo‘ladi. Aqlning sertashabbusligi deganda, insonning o‘z oldiga yangi muammo, aniq maqsad va konkret vazifalar qo‘yishini, yechimini qidirish- da usul va vositalarni shaxsan o‘zi izlashi, aqliy zo‘r berib intili- shi nazarda tutiladi. Aqlning pishiqligi vazifalarni tez yechishda, yecish paytida yangi usul va vositalarni tez izlab topishda ifoda- lanadi. Tafakkurning tanqidiyligi insonning, o‘z-o‘zini baho- lash kabi yakka xususiyatlariga bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. Agar tanqidiylik oqilona, muhim belgilarga, muammo mohiyati- ning to‘g‘ri ochilishiga asoslanib amalga oshirilsa bunday tan- qidiylik obyektiv tanqidiylik deb ataladi. Subyektiv tanqidiylik ziddiyatlarga olib keladi. Fikrni operativ jihatdan, tezkorlik bi­lan o‘zlashtirishdan va to‘g‘ri yo‘nalishga yo‘naltirib yuborishdan iborat tafakkur sifati uning ixchamligi deyiladi. Tafakkurning tezligi qo‘yilgan savolga to‘liq javob olingan vaqt bilan belgilana- di. U qator omillarga, zarur ma’lumotni tez yodga tushira olish- ga, muvaqqat bog‘lanishlarning tezligiga, turli hislarning mav- judligiga, diqqatiga, bilim saviyasiga, ko‘nikma va malakalariga ham bog‘liq bo‘ladi.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish