Xotira jarayonlari
Xotira quyidagi jarayonlardan iboratdir:
esda olib qolish;
o‘zlashtirilgan ma’lumotni esda saqlash;
esga tushirish va tanish;
unutish.
Esda olib qolish va uning turlari. Xotira jarayonlari esda olib qolishdan, ya’ni narsa va hodisalar o‘rtasida aloqa o‘rnatishdan
136
iboratdir. Esda olib qolish bosh miya po‘stlog‘ida yuzaga keladi- gan turli murakkablikdagi assotsiatsiyalarga bog‘liqdir. Xotiramiz- da nimaiki saqlanayotgan bo‘lsa, shularning ko‘pchiligini biz ixti- yorsiz ravishda esda olib qolganmiz. Masalan: ko‘chada ketayotgan paytimizda oldimizga aniq maqsad qo‘ymagan bo‘lsak ham juda ko‘p narsalar ixtiyorsiz tarzda esda saqlanib qoladi. Ko‘pincha beixtiyor idrok qilingan narsa va hodisalar esda saqlanib qoladi. Lekin esda saqlanib qoladigan ma’lumotga hissiyot ta’sir qilishi mumkin. Masalan: bizda bironta hissiyot tug‘diradigan ma’lumot hissiyotimizga hech bir ta’sir qilmaydigan ma’lumotga qaragan- da esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o‘rnashib qoladi.
Ammo odamning hayoti va faoliyati undan ixtiyoriy esda olib qolishni talab etadi. Maktabda fan asoslarini o‘rganish, bi- ron-bir kasb bo‘yicha ishga tayyorgarlik ko‘rish odatda ixti- yoriy esda qoldirishni talab etadi. Muayyan bilimlarni egal- lash uchun sistematik va ixtiyoriy ravishda esda qoldirish uqib olish deb ataladi. Uqib olish maktab o‘quvchilari o‘quv ishining muhim qismi hisoblanadi. Ixtiyoriy esda olib qolish deb ko‘zda tu- tilgan maqsadga muvofiq tanlangan ma’lumotlarni ongli ravishda kuch sarf qilib esda olib qolishga aytiladi. Ixtiyoriy esda olib qo- lish anglab, bilib esda olib qolishdir. Masalan: esda olib qolishga jazm qilish, maqsadga erishish uchun intilish, kerak ma’lumotni tanlash, motivatsiya (nima maqsad bilan esda qoldirish kerakli- gini bilish) — bularning hammasi tafakkur faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Ixtiyoriy esda qoldirishda irodaning ham ahamiyati katta. Masalan: ba’zi paytlarda esda olib qolishning qiyinchiliklariga duch kelar ekanmiz, bunda albatta iroda ishtirok etadi. Ixtiyoriy esda olib qolishning nerv-fiziologik asosida birinchi va ikkinchi signallar sistema doirasida yuzaga keladigan shartli reflekslar, mu- vaqqat aloqalar yotadi. Odatda qiziqish yengillik bilan esda qoldi- rishning eng birinchi shartlaridandir. Bizda qiziqish tug‘dirgan narsa tezroq va mustahkamroq esda qoladi. Esda qoldiriladigan ma’lumotga bo‘lgan qiziqish diqqatimizni o‘ziga jalb etadi, his- tuyg‘ularimizga ta’sir qilib zavqlantiradi. Bu esa o‘z navbatida es- da olib qolishni kuchaytiradi. Ayrim kishilar xotirasining zaifli- gi analiz qilinganda esda yaxshi saqlab qololmasliklarining sababi ular diqqatining bo‘shligida, tarqoqligida, ya’ni miya po‘stidagi
137
tegishli qo‘zg‘alish manbalarining zaifligida ekanligi aniqlangan. Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi.
Ma’lumotni idrok qilishda sezgi organlari qanchalik ko‘p ishtirok etsa, ma’lumot shunchalik tez va puxta esda qoladi. Bu haqda mashhur rus pedagoglaridan K.D. Ushinskiyning quyi- dagi gaplari juda ham o‘rinlidir. «Bolaning esida biror narsaning mahkam o‘rnashib qolishini xohlovchi pedagog, bola sezgi organlarining mumkin qadar ko‘prog‘ini — ko‘zi, qulog‘i, tovush organi, muskul sezgisi va hatto, iloji bo‘lsa, hidlash va ta’m bil ish organlarini esda tutib qolish jarayonida qatnashti- rishga harakat qilishi kerak», K.D. Ushinskiyning bu fikri al- laqachon amalda isbot qilingan.
Ma’lumotni takrorlash ham albatta ixtiyoriy esda olib qo- lishga ijobiy ta’sir qiladi. O‘tkazilgan tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, asosan uch xil yo‘l bilan takrorlash mavjud:
surunkasiga takrorlash;
qismlarga bo‘lib takrorlash;
bir yo‘la, surunkasiga, undan so‘ng yana qismlarga bo‘lib takrorlash.
Bu psixologiyada kombinatsiya usuli deb yuritiladi. Esda olib qolinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni taqsimlash- da kishining tafakkuri va diqqati faol qatnashadi. Binobarin, ma’lumotlarni taqsimlash va rejalashtirish jarayonining o‘ziyoq esda olib qolishning sifatiga ijobiy ta’sir qiladi.
Ma’nosiga tushunib, ya’ni mantiqiy (logik) tarzda esda olib qolish samarali va qulay usuldir. Ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolingan ma’lumot odamning xotirasida mustahkam joy- lashib qoladi. Chunki, ma’nosiga tushunib esda olib qolinadi- gan narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilari, ular o‘rtasidagi sababiy hamda natija bog‘lanishlarni anglash demak- dir. Shuning uchun, ma’nosiga to‘la tushunib esda olib qolingan ma’lumot odamning ongida bor bilimlariga qo‘shilib keta- di. Og‘zaki ma’lumotlarni ma’nosiga tushunib esda olib qolish ayniqsa muhimdir. Ma’nosiga tushunib esda olib qolishning samarali bo‘lishiga sabab shundaki, ma’nosiga tushunib esda olib qolish jarayonida odamning ixtiyoriy diqqati, tafakkuri va iroda-
138
si faol ishtirok qiladi. Faqat takrorlash bilan esda olib qolish me- xanik esda olib qolish deb ataladi, bunda ko‘pgina hollarda odam o‘zlashtirilishi lozim ma’lumotni tushunmagan holda takrorlay- veradi. Bu yo‘sindagi takrorlash oqibatida o‘quvchi qiyin, noaniq ma’lumotni quruq yodlab oladi, xolos. Quruq yodlash yo‘li bilan esda qoldirishda odatda odam ko‘p qiynalishiga to‘g‘ri keladi, kishidan ko‘p vaqt sarflash talab etiladi, o‘zlashtirilgan material tez unutiladi. Bolalarda turmush tajribalarining ozligi va nerv sistemalarining nihoyat darajada pastligi, ya’ni juda plastikligi tufayli ular so‘zlar bilan bog‘liq har turli ma’lumotlarni mexanik tarzda esda olib qolishga intiladilar. Ayrim paytlarda mexanik es- da qoldirish usulidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi. Chunon- chi, bir necha marta takrorlash yo‘li bilan biz telefon nomerini yoki tanishimizning manzilini, shuningdek chet tili so‘zlarini, qiyin terminlarni va shu kabilarni esda olib qolamiz. Lekin bunda ham odam esda olib qolmochi bo‘lgan narsani ilgaridan o‘ziga tanish narsa bilan bog‘lamog‘i, oqilona o‘zlashtirmog‘i lozimdir, zotan ma’nosiga tushunib esda olib qolish mexanik esda olib qo- lishga qaraganda ancha puxtaroq bo‘ladi.
Esda saqlab turish. Biz nimani esda olib qolgan bo‘lsak, shundan nisbatan ozroq qismigina xotirada uzoq vaqt da- vomida, ba’zan bir umrga saqlanib qoladi. O‘zlashtirilgan ma’lumotlar mustahkamlanmasligi tufayli asta-sekin unu- tilib boradi. Shu sababdan o‘zlashtirilgan materialni xotirada saqlash uchun uni takrorlab turish kerak.
Esga tushirish va uning turlari. Esga tushirish odatda tanish- dan boshlanadi. Tanish bu ilgari idrok qilingan narsa va hodisa- larni qayta idrok qilishda esga tushishidir. Tanish — yarim-yor- ti va to‘liq tanish bo‘lishi mumkin. Yarim-yorti tanishda ilgari idrok qilgan narsamiz g‘ira-shira esimizga tushadi. To‘liq tanishda esa idrok qilingan narsaga oid ilgari hosil bo‘lgan tasav- vur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Bunday holda biz bu narsani qayerda va qachon ko‘rganimizni ham eslay olamiz. Chunon- chi, bayram kuni qayerda nima qilganimizni, kim bilan gap- lashib kulganlarimizni juda yaxshi eslay olamiz. Esga tushirish, ya’ni eslash narsaning o‘zini shu paytda idrok qilmay turib es- ga olishdir. Esga tushirish jarayoni tanish jarayoni bilan uz-
139
viy bog‘liqdir. Esga tushirish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz esga tushirish deganda biz o‘z oldimizga ma’lum bir maqsad qo‘ymasdan va irodaviy kuch sarf qilmas- dan esga tushirishni tushunamiz. Bunday esga tushirish jarayoni yuqorida ko‘rib o‘tilgan assotsiatsiyalar ishtirokida sodir bo‘ladi. Ixtiyoriy esga tushirish deganda biz biron maqsad bilan esga olish kerak bo‘lgan ma’lumotlarni tanlab, harakat qilib, maxsus ravishda esga tushirishni tushunamiz. Ixtiyoriy esga tushirish bilib, anglab esga tushirishdir. Ixtiyoriy esga tushurishda eslab topish usullaridan foydalanamiz. Masalan: telefon raqamini es- lash, birovning ismini eslash va hokazo. Odatda biz ixtiyoriy es- ga tushirish jarayonlaridan juda keng foydalanamiz.
Unutish ham xotira jarayonlaridan biridir. Unutish batamom va qisman unutish kabi ikki turga bo‘linadi. Unutishning bir qancha sabablari mavjud. Birinchidan, unutish esda olib qolin- gan ma’lumotlarning amalda tatbiq qilinishi yoki qilinmasligiga bog‘liqdir. Ikkinchidan, unutish esda olib qolingan ma’lumotga nisbatan qiziqishning naqadar barqarorligiga bog‘liqdir. Masa- lan: bizni nihoyatda qiziqtirgan biron kitobning mazmuni, bi- ron kinoning mazmuni yoki juda yoqqan biron kuyning ohangi hech qachon esdan chiqmaydi. Nihoyat uchinchidan, unutish ma’lum darajada nerv sistemasining ahvoliga ham bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |