Ko‘rgazmalilik — o‘zlashtirishning asosiy sharti ekanligi
Bolalarning kuzatishini uyushtirgan va yangi bilimning an- cha samaraliroq o‘zlashtirilishini ta’minlash ishiga pedagogika- da ko‘pdan buyon ishlab chiqilayotgan ta’limning ko‘rgazmalilik prinsipi ham xizmat qiladi. K.D. Ushinskiy (1824—1870) ham ta’lim berishdagi ko‘rgazmalilik haqida so‘z yuritgan: «Ko‘rgazmali tarzda ta’lim berish bu shunday ta’limki, u mav- hum tasavvurlar va so‘zlar negizida emas balki bola bevosita idrok etgan konkret obrazlar (bu obrazlar o‘qish davomida yo- ki murabbiyning rahbarligi ostida idrok etiladimi yoxud ular oldinroq, bolaning mustaqil kuzatishi natijasida idrok etilgan- mi, bundan mustasno holda) negizida tashkil etiladigan bo‘lishi kerak...». Ta’limning ko‘rgazmaliligi tarbiyachining so‘zi bilan uyg‘unlashtirilgan tarzda maxsus vositalar (ko‘rgazmali qurol- lar, texnik vositalar, namoyish qilinadigan tajribalar, turli eks- kursiyalar va hokazo)dan foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Bu vositalar bilimlarning o‘zlashtirilishini osonlashtiradigan va bolalarda o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otishga yordam beradigan vositalar sifatida ishlatiladi. Hozirgi paytda ta’limda qo‘llanilayotgan ilg‘or innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ta’lim berishning turli metodlari bunga yaqqol misoldir. Tad- qiqotlarning natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘rgazmalilik prinsi- pi ushbu metodlar jarayonida uyg‘unlashib ketadi, ta’lim jarayo- niga boshqacha yondashish imkonini beradi. Inson idrokining eng muhim va o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlaridan yana biri nutq materiallarini idrok qila bilishdir. Ma’lumki, odamga til tug‘ma ravishda berilmaydi. Har bir bola yoshlik chog‘idan boshlab o‘z ona tilini o‘zlashtira boshlaydi. Bu jarayonda til materiallarini, ya’ni tovushlarni, urg‘ularni, bo‘g‘inlarni, so‘zlarni, gaplarni, intonatsiyalarni to‘g‘ri idrok qila bilish juda katta ahamiyat- ga egadir. Bolalar har bir tovushni, har bir so‘zni o‘zlarining o‘yin faoliyatlarida juda ko‘p martalab takrorlash orqali ularning to‘g‘ri aytilishini (ya’ni to‘g‘ri talaffuz qilinishini), mazmunini o‘zlashtirib boradilar. Shu tarzda bolalarda nutq materiallarini idrok qilish davomida har bir so‘zga nisbatan murakkab dina- mik stereotip tarzidagi muvaqqat aloqalar yuzaga keladi. Ana
127
shu dinamik stereotip tarzidagi muvaqqat aloqalar hosil bo‘lgani tufayli bolalar har bir murakkab iborani yengillik bilan idrok qi- la oladigan bo‘ladilar. Nutqni idrok qilish bolalarning dunyoni bilish imkoniyatlarini kengaytirib boradi.
Amaliy mashg‘ulot uchun mashq va topshiriqlar:
a b d
13-rasm. Ikkilanuvchi tasvirlar: a, b — idrokning tanlab oluvchanlik xususiyati; d — rasmda nechta kubik ko‘rsatilgan? e — bu rasmda odam tasvirini toping? f — Amerika, yovvoyi g‘arb, yovvoyi otlar; odam, uy, Arktika, muzliklar; g — yelpig‘ich illuziyasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |