Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet50/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Idrokning shakllari


Tevarak-atrofimizni qurshab olgan moddiy olamdagi bar­cha narsalar fazoda joylashgan bo‘lib, muayyan o‘rin egallaydi, ulardan har birining o‘z katta-kichikligi, hajmi va shakli bor. Ular bizga va boshqa narsalarga nisbatan ma’lum masofa- da turadi. Narsalarning ana shunday fazoviy holatlarini ko‘z o‘ngimizda aks ettirishimiz fazoni idrok qilish deb ataladi. Bundan tashqari moddiy olamdagi narsalar doimo harakatda va o‘zgarishdadir. Bu harakat va o‘zgarishlar ma’lum bir vaqt ichida yuz beradi. Narsalar harakati va o‘zgarishidagi oldin- ma-ketinlik, tezlik va davomiylikning odam ongida aks ettiri- lishi vaqtni idrok qilish deb ataladi. Obyektlarning fazoda egal- lagan holati o‘zgarishining aks ettirilishi harakatni idrok etish deyiladi.


Olam materiyadan iborat, materiya hamisha fazo va vaqt ichida mavjuddir yoki faylasuflar ta’biri bilan aytganda yashash formalaridir. Bir qancha sezgi organlari va miya katta yarim- sharlari po‘stlog‘ining birgalikda ish bajarishi fazo va vaqtni idrok qilishning fiziologik asosi hisoblanadi. Biz narsalarning fazoviy xususiyatlarini avvalo ko‘rib idrok qilamiz. Ammo bu xususiyatlarni idrok qilishda yolg‘iz ko‘rishning o‘zi kifoya qil- maydi. Ko‘zimizning to‘r pardasida shar tekis doira sifatida, kub esa kvadrat shaklida aks etadi, bu yo‘sinda aks ettirish orqali mazkur buyumning hajmini idrok etib bo‘lmaydi. Turli- cha masofadagi narsalarni idrok qilishda ham shunga o‘xshash hodisa ro‘y beradi. Ularning ko‘z pardasiga tushuvchi aksi kat- ta-kichikligi jihatidan teng bo‘lishi mumkun. Bu esa ularning katta-kichikligi hamda ulargacha masofa haqida aniq tasav- vur bera olmaydi. Ko‘rish va muskul-harakat sezgilarining birga qo‘shilishi tufayli biz narsalarning fazoviy holatlari ha­qida to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lamiz. Masalan, harakat qi­lish sohasida yetarli darajada tajriba orttirmagan go‘dakning to‘g‘ri tasavvur eta olmasligining boisi ham shundadir. Go‘dak o‘zidan ancha olisdagi narsaga qo‘l cho‘zib, uni ushlashga ha­rakat qiladi. Tug‘ma ko‘rlar operatsiyadan keyin ko‘ra oladigan bo‘lgach, ular dastlabki paytda ko‘rish idroki yordamida shar


123





bilan doirani bir-biridan farq qila olmaydilar. Narsalarni qo‘l bilan paypaslab ko‘rgandan keyingina uning fazoviy xususiyat­larini to‘g‘ri aytib bera oladilar.


Odamning binokulyar ko‘rishi narsalarning hajmini idrok qilishda katta ahamiyatga ega. Binokulyar ko‘rish (lotincha bi- ni — ikkitadan, okulus — ko‘z, ya’ni ikki ko‘z bilan ko‘rish) da ko‘z to‘r pardasida biz ko‘rayotgan narsaning ikki xil tasvi- ri hosil bo‘ladi: o‘ng ko‘zda narsaning ko‘proq o‘ng tomoni aks etsa, chap ko‘zda chap tomoni aks etadi. Bu tasvirlar ongimiz- da yaxlit bir holat tasviriga keltiriladi, shu tufayli ham biz nar- saning hajmli ekanini bilamiz. Ko‘rishimizning binokulyarligi masofani idrok qilishimizda ham yordam beradi. Narsalarning uzoq-yaqinligini idrok qilishda ikki ko‘zdagi ko‘rish o‘qlarining yo‘nalishi tufayli sodir bo‘luvchi sezgilar katta ahamiyatga ega, ikki ko‘z o‘qining bir narsaga tomon yo‘naltirilishi konvergen- siya (lot. konvergare — yaqinlashish, tutashish) deb ataladi. Ko‘zning bu harakatlari ixtiyorsiz ravishda yuz beradi. Nar- saning bizdan qanchalik olis yoki yaqinligini bildiradi.

Vaqtni idrok qilish bizga voqelikdagi hodisalarning davomiy- ligi, tezligi va ketma-ketligi haqida tasavvur beradi. Tabiatda- gi davriy harakatlar va bir me’yorda yuz beruvchi o‘zgarishlar, yerning aylanishi, kunduz va kechaning almashinishi, yil fa- sllari, vaqtni (oy, yil, sutka) aniq o‘lchash imkonini beradi. Vaqtning qisqacha bo‘laklarini (soat, daqiqa, soniya) aniqlash- da biz asboblardan (soatdan) foydalanamiz, soatning millari ma’lum vaqt birligida bir xil yo‘lni bosib o‘tadi. Bu yo‘sinda vaqtni o‘lchash vaqtni bilishning obyektiv usulidir, bu tarzda vaqtni o‘lchash bizdan tashqarida, ya’ni obyektiv ravishda sodir bo‘luvchi jarayonlar yordamida amalga oshadi. Biroq vaqtni baholash subyektiv xarakterda ham bo‘ladi, ya’ni ma’lum ba- holanadigan vaqt oralig‘i davomida yuzaga keladigan tasavvur hamda kechinmalar bizning vaqt haqidagi fikrimizni belgilay- di. Agar ana shu vaqt oralig‘i davomida odamda tasavvur ham­da kechinmalar paydo bo‘lsa, vaqt sekin o‘tayotgandek tuyila- di. Agar aksincha, biz ko‘proq taassurotlar olsak, masalan sayr yoki ekskursiya qilsak, nazarimizda vaqt juda tez o‘tib ketgan- dek bo‘ladi.


124





Harakatning idrok etilishi hayotiy ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘rish va kinestezik analizatorlar asosiy o‘rin tutadi. Ko‘rish orqali biz obyektlar harakati haqidagi axborotni ikkita har xil usul bilan, qayd etilgan nigoh va ko‘zlarning kuzatuv- chi harakati yordami bilan olishimiz mumkin.



Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish