Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Kuzatuvchanlik — shaxs sifati ekanligi



Download 2,28 Mb.
bet51/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Kuzatuvchanlik — shaxs sifati ekanligi

Odamlar tashqi olamni idrok qilish qobiliyatlariga ko‘ra bir- birlaridan farq qiladilar. Ayrim kishilar yaxshi kuzata oladi- lar, ularning bu fazilati kuzatuvchanlik deb ataladi. Boshqa kishilar bu sifatga ega bo‘lmaydi. Odatda qiziquvchan odamlar kuzatuvchan bo‘ladilar. Kuzatuvchanlik qobiliyati odamda bi- ron-bir narsani kuzatishni avvaldan o‘z oldiga maxsus ravish- da maqsad qilib qo‘yishdangina emas, balki odatdagi kunda­lik sharoitlarda, kuzatish niyati bo‘lmagan sharoitlarda ham ko‘zga tashlanadi. Bunda kuzatuvchan odam narsalarni ancha aniq idrok qiladi, aksincha bu qobiliyatga ega bo‘lmagan kishi ko‘pgina narsalarni payqamaydi, idrokda esa ko‘pgina xatoga yo‘l qo‘yadi. Shaxsning xislati bo‘lgan kuzatuvchanlik faoliyat­ning hamma turlari uchun zarurdir. I.P. Pavlov shaxsning ku­zatuvchanlik fazilatini yuksak darajada qadrlagan. Rassom va yozuvchining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularning ana shunday shaxsiy fazilatga ega bo‘lishlariga bog‘liqdir, ular o‘zlarining ijodiy ishlari uchun doimo kuzatib, ma’lumot to‘playdilar.


Ayrim kishilarning kuzatuvchanligi moddiy narsalar bi­lan ko‘proq aloqador bo‘ladi. Ular buyumning sifatiga, uning qanday materialdan tayyorlanganligiga ko‘proq e’tibor bera­di, buyumning afzal tomonlarini yaxshiroq ko‘radi. Bu xilda­gi zehni o‘tkirlik narsalarga nisbatan kuzatuvchanlik deb ata­ladi. Boshqa odamlar shaxsning psixik xususiyatlarini yaxshi payqab oladi, odamning ichki dunyosini yaxshi biladi. Bu oda- mlarda psixologik kuzatuvchanlik o‘sgan bo‘ladi. Ayrim kishi- lar kuzatuvchanlikning ikki turiga ham ega bo‘ladilar.

Odamlar idrok qilish sohasida bir-birlaridan yana shuni- si bilan farq qiladilarki, kuzatuvchan kishilarning ayrimlari narsani o‘rganishda unga obyektiv ravishda yondashib, idrok etilayotgan narsaga xolisona munosabatda bo‘lishga harakat


125





qiladi. Ularning idroki aniq bo‘ladi, voqelikka muvofiq kela­di, ular idrok jarayonida o‘zlaridan hech narsa qo‘shmaydilar. Boshqalarda esa idroklari mazmuniga, ehtimol his-tuyg‘ulari va boshqa shu kabilar ta’sirida ko‘pgina shaxsiy subyektiv munosa- batlari qo‘shilib ketadi. Bunday odamlar hodisalarni ko‘pincha yorqin, rangdor qilib tasvirlaydilar-u, ammo ularning tasviri ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘ladi, unchalik aniq bo‘lmaydi.


Narsa va hodisalarni rejali, izchil, ma’lum bir maqsad- ni ko‘zlab idrok qilish kuzatish deb ataladi. Kuzata olish qo- biliyati kishiga vaziyatni yaxshiroq fahmlab olishga, narsalarni yanada aniqroq idrok etishga, odamlarni durustroq tushunishga, ularning tashqi xususiyatlari va ichki psixik sifatlarini puxtaroq bilib olishga imkon beradi. Ularning barchasi odamga yanada to‘g‘riroq ish ko‘rish, tevarak-atrofimizni qurshab olgan olam to- monidan ko‘rsatuvchi ta’sirlarga oqilona javob qaytarish imkoni- yatini yaratadi. Kuzatishni hamma odam ham uddalayvermaydi.

Quyidagi shartlarga rioya qilingan taqdirda kuzatish to‘g‘ri o‘tkazilishi mumkin:

  1. Kuzatishdan ko‘zlangan maqsadni odam tushunib yetgan bo‘lishi zarur. Bordi-yu biror kimsaga: «Kuzating!» — desak-

u, nimani va nima maqsadda kuzatish lozimligini tushuntirib bermasak uning kuzata olmasligi muqarrardir.

  1. Kuzatish o‘tkazuvchi odam o‘zi kuzatmoqchi bo‘lgan narsasi haqida ozmi-ko‘pmi bilimga ega bo‘lishi zarur. Kuza- tishimiz lozim bo‘lgan narsa haqida avvaldan hech narsani bil- masak, kuzatish jarayonida ancha qiynalishimizga to‘g‘ri keladi.

  2. Kuzatishni izchil ravishda, reja bo‘yicha o‘tkazish talab etiladi. Kuzatiladigan obyektni tartibsiz ravishda ko‘zdan ke- chirish kamdan kam holdagina zarur natijalarga erishtiradi.

  3. Kuzatish mumkin qadar mukammal, chuqur bo‘lmog‘i kerak. Kuzatiladigan obyektdagi eng muhim tomonlarni topish va narsani to‘g‘ri tushunishda ahamiyatli qismlarni sinchiklab ko‘zdan kechirish zarur.

  4. Odamlarning tevarak-atrofidagi barcha narsalarga nis­batan qanchalik o‘tkir mushohadaliligi ham idrokning sifat- lariga bog‘liq. O‘tkir mushohadalilik shaxsning muhim xususi­yati bo‘lib, ta’lim jarayonida uning ahamiyati kattadir.


126




Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish