Asosiy adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
3. Matchanov S., G‘ulomova X., Yo’ldasheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana tilin oqыtu әdіstemesі. –T.: TDPU, 2013. – 277 b.
4. Raxmatullaeva L.I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka rodnogo yazыka. –T.: Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.
5.Husanboyeva.Q, Shodiyev.F, Hazratqulov.M. Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
6.Ona tili va o’qish savodxonligi.1-qism. Darslik. 2-sinf uchun. K.Mavlonova va boshq. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
4- mavzu
|
Kichik yoshdagi o`quvchilarni punktuatsiya bilan tanishtirish
|
Amaliy mashg`ulotning o`qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg`ulot shakli
|
Amaliy mashg`ulot
|
Amaliy mashg`ulot rejasi
|
1. Tinish belgilari bo`yicha nazariy savol-javob.
2. Tinish belgilarinio`rganish bo`yicha ona tili dasturi tahlili.
3.Tinish belgilariga oid mavzularning taqvim rejasi ustida ishlash.
4. Tinish belgilariga oid mavzulardagi dars ishlanmalari taqdimoti.
5. Mavzuga doir ta’limiy vosita ustida ishlash.
6.Talabalar faoliyatini baholash.
|
O`quv mashg`ulotning maqsadi
|
Talabalarni dastur asosida boshlang`ich sinflarda tinish belgilari ustida ishlashni o`rganish uchun ajratilgan soatlar buyicha taqvim-reja tuza olishga, nuqta,vergul,undov,so`roq kabi tinish belgilarinitanlay bilishga, mashqlar tizimini ishlab chiqishga tinish belgilari bo`yicha o`yin mashqlar tanlay bilishiga o`rgatish.
|
O`qituvchining vazifasi:
1. Tinish belgilari ustida ishlash bo`yicha talabalarga savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va talabalarga berish.
2. Tinish belgilari ustida ishlash bo`yicha metodik adabiyotlar ro`yxatini tuzish.
3. Tinish belgilari mavzusini mustahkamlashda o`yin, test, krossvord, diktant, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar tayyorlashni o`rgatish.
4. Tinish belgilari mavzularini o`rganish dars ishlanmasini tayyorlash bo`yicha maslahatlar berish.
4. Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash (5 ball asosida).
|
O`quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. 1-4-sinflarda tinish belgilarinio`rganish mavzusini o`tishga tayyor bo`lishi.
2. Talabalarning tinish belgilariustida ishlash bo`yicha metodik adabiyotlar ro`yxatini tuzib kelishi, mavzusini mustahkamlashda o`yin, test, krossvord, diktant, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar tayyorlab kelishi.
3. Pedagogik texnologiya asosida dars ishlanmasini yaratish.
4. Amaliy mashg`ulotda faol ishtirok etish va ishlanmasini amaliy ijro etish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Suhbat,muammoli izlanish, mustaqil ish metodi.Kompyuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
|
Ta’lim vositasi
|
Proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O`qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1. Amaliy mashg`ulot mavzusini
(Matndan gapning bosh va ikkinchi bo`laklarini topish yuzasidan mashqlar) s
2. Amaliy mashg`ulot maqsadini
3. Amaliy mashg`ulot rejasini e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish
(5 daqiqa)
|
1. Boshlang`ich sinflarda tinish belgilarinio`rganishga qachon tayyorgarlik ko`riladi?
2. Boshlang`ich sinflarda tinish belgilari haqida qanday ma’lumot beriladi?
4. Boshlang`ich sinflarda nuqta,vergul,undovni o`rgatish qanday izchillikda olib boriladi?
5. Tinish belgilari qaysi sinflarda o`rgatiladi?
6. 3-4-sinfda tinish belgilarini o`rgatishda qanday ishoraviy ko`nikmalar hosil qilinadi?
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)
|
I. Laboratoriya mashg`uloti: 20 daqiqa
1. Tinish belgilariniqo`llanilishini aniqlang.
2. Uyushiq bo`laklar,gapning oxirida, undalmada qanday tinish belgilari ishlatiladi?
3. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tinish belgilarini qanday yo`llar bilan oson va tez o`rgatasiz?
4. Yangi mavzu o`rganiladigan, dars mustahkamlanadigan dars fragmentini tayyorlang.
5. Ko`rgazmali qo`shimcha o`quv materiallari, ko`rgazmali qurol: jadval, rasm, test kabilarni tayyorlang.
II. Uning mahokamasi: 10 daqiqa
III. Taqdimot: 5 daqiqa
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
1. Testlar tuzing va ularni guruhlaro almashtirib yeching.
|
|
Ma`lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig`indisidir. «Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi». Boshlang`ich sinflarda to`rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so`roq, undov belgisi hamda uyushiq bo`lakli, undalmali gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o`rgatiladi. Boshlang`ich sinflarda o`rgatiladigan tinish belgilari kam bo`lishiga qaramay, o`qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur.
Kichik yoshdagi o`quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o`qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o`rnini ko`rsatadi. Tinish belgisi fikrni to`g`ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo`yilmagan) yaxlit matn o`qitiladi; o`quvchilar bunday matnni o`qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o`zaro ta`sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo`yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta`sir qiladi. Shuning uchun o`quvchilarga tinish belgilarining qo`llanilishini o`rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo`llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi.
1-sinf o`quvchilari savod o`rgatish davridayoq nuqta, so`roq va undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar «Alifbe» o`qimasalar ham, rasmga qarab gap tuzadilar.
O`qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to`xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasayishini tushuntiradi. Bolalar, o`qituvchi topshing`iga ko`ra, 3—5 gapii kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular o`rtasidagi to`xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to`g`ri talaffuz qilishni o`rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo`yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o`qishga oldindan tayyorlash uchun chizmadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so`zlarni sanaydilar va o`qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |