Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti


Mеtodik adabiyotlardan foydalangan holda tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslar, mashq matеriallari ustida ishlash



Download 0,77 Mb.
bet189/236
Sana30.04.2022
Hajmi0,77 Mb.
#596978
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   236
Bog'liq
7304097571a7335b4101ff088374bba4 ONA TILI O`QITISH METODIKASI

Mеtodik adabiyotlardan foydalangan holda tinish bеlgilarining ishlatilishi bilan tanishtiriladigan darslar, mashq matеriallari ustida ishlash.

Amaliy mashg`ulotning o`qitish texnologiyasi

Vaqti: 2 soat

Talabalar soni: 30 ta

Mashg`ulot shakli

Amaliy mashg`ulot

Amaliy mashg`ulot rejasi

1. Tinish belgilari bo`yicha nazariy savol-javob.
2. Tinish belgilarinio`rganish bo`yicha ona tili dasturi tahlili.
3.Tinish belgilariga oid mavzularning taqvim rejasi ustida ishlash.
4. Tinish belgilariga oid mavzulardagi dars ishlanmalari taqdimoti.
5. Mavzuga doir ta’limiy vosita ustida ishlash.
6.Talabalar faoliyatini baholash.

O`quv mashg`ulotning maqsadi

Talabalarni dastur asosida boshlang`ich sinflarda tinish belgilari ustida ishlashni o`rganish uchun ajratilgan soatlar buyicha taqvim-reja tuza olishga, nuqta,vergul,undov,so`roq kabi tinish belgilarinitanlay bilishga, mashqlar tizimini ishlab chiqishga tinish belgilari bo`yicha o`yin mashqlar tanlay bilishiga o`rgatish.

O`qituvchining vazifasi:
1. Tinish belgilari ustida ishlash bo`yicha talabalarga savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va talabalarga berish.
2. Tinish belgilari ustida ishlash bo`yicha metodik adabiyotlar ro`yxatini tuzish.
3. Tinish belgilari mavzusini mustahkamlashda o`yin, test, krossvord, diktant, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar tayyorlashni o`rgatish.
4. Tinish belgilari mavzularini o`rganish dars ishlanmasini tayyorlash bo`yicha maslahatlar berish.
4. Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash (5 ball asosida).

O`quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. 1-4-sinflarda tinish belgilarinio`rganish mavzusini o`tishga tayyor bo`lishi.
2. Talabalarning tinish belgilariustida ishlash bo`yicha metodik adabiyotlar ro`yxatini tuzib kelishi, mavzusini mustahkamlashda o`yin, test, krossvord, diktant, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar tayyorlab kelishi.
3. Pedagogik texnologiya asosida dars ishlanmasini yaratish.
4. Amaliy mashg`ulotda faol ishtirok etish va ishlanmasini amaliy ijro etish.



Ta’lim metodi va texnikasi

Suhbat,muammoli izlanish, mustaqil ish metodi.Kompyuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.

Ta’lim vositasi

Proyektor

Ta’lim shakli

Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash

Ta’lim sharti

Auditoriya, TSOdan foydalanish

Dars bosqichlari va vaqti

O`qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)

1. Amaliy mashg`ulot mavzusini
(Matndan gapning bosh va ikkinchi bo`laklarini topish yuzasidan mashqlar) s
2. Amaliy mashg`ulot maqsadini
3. Amaliy mashg`ulot rejasini e’lon qilish.

Eshitadi, yozadi, javob beradi.

2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish
(5 daqiqa)

1. Boshlang`ich sinflarda tinish belgilarinio`rganishga qachon tayyorgarlik ko`riladi?
2. Boshlang`ich sinflarda tinish belgilari haqida qanday ma’lumot beriladi?
4. Boshlang`ich sinflarda nuqta,vergul,undovni o`rgatish qanday izchillikda olib boriladi?
5. Tinish belgilari qaysi sinflarda o`rgatiladi?
6. 3-4-sinfda tinish belgilarini o`rgatishda qanday ishoraviy ko`nikmalar hosil qilinadi?

Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi

3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)

I. Laboratoriya mashg`uloti: 20 daqiqa
1. Tinish belgilariniqo`llanilishini aniqlang.
2. Uyushiq bo`laklar,gapning oxirida, undalmada qanday tinish belgilari ishlatiladi?
3. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga tinish belgilarini qanday yo`llar bilan oson va tez o`rgatasiz?

4. Yangi mavzu o`rganiladigan, dars mustahkamlanadigan dars fragmentini tayyorlang.


5. Ko`rgazmali qo`shimcha o`quv materiallari, ko`rgazmali qurol: jadval, rasm, test kabilarni tayyorlang.
II. Uning mahokamasi: 10 daqiqa
III. Taqdimot: 5 daqiqa




4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)

1. Testlar tuzing va ularni guruhlaro almashtirib yeching.




O`quvchilar 2-sinfda «Gap» bo`limi mavzularini o`rganish jarayonida nuqta, so`roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar.
3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqur-lashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab o`quvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda qo`yilishini anglay boshlaydilar.
«Darak gap» mavzusini o`rganish bilan bog`liq holda nuqta qo`yilishi, «So`roq gap» mavzusi bilan bog`liq holda so`roq belgisi va «Undov gap» mavzusini o`rganish bilan bog`liq holda undov belgisining qo`yilishi o`rgatiladi.
4-sinfda o`quvchilar «Gapning uyushiq bo`laklari» mavzusi o`rganilganda sanash ohangi bilan bog`langan bo`laklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar.O`qituvchi ikki gapni o`qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko`rsatadi. Masalan, Biz ona tilimizni sevib o`rganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men, Ra`no, Alisher boshqa tillami ham sevib o`rganyapmiz (Men, Ra`no, Alisher so`zlaridan so`ng ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom etishi seziladi).
O`quvchilar uyushiq bo`lakli gap tarkibidagi uyushiq bo`laklarning ammo, lekin, biroq so`zlari bilan bog`langanda vergulning ishlatilishini ham amaliy o`rganadilar.
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o`rgatish davridayoq o`qituvchi o`quvchilar e`tiborini vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o`qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o`rgatadi. Masalan, Oltna, olcha, nok — meva. Kitob — bilim bulog`i.
Ona tili darslarida so`zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, o`qituvchi 1 sinf o`quvchilarini tire va ikki nuqtaning qo`yilishi bilan amaliy tanishtiradi. O`qituvchi aniq misollar bilan sanab ko`rsatilgan so`zlardan oldin ikki nuqta qo`yilishini, har bir so`zning vergul bilan ajratilishini ko`rsatadi. Bunda o`quvchilar tinish belgining nomini aytadilar, o`qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi olinadi. Shunday qilib, o`qituvchi o`quvchilarda punktuatsion ziyraklikni o`stirib boradi.
O`quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to`la singdirish, ularni tinish belgilarini o`z o`rnida ongli ishlatishga o`rgatish maqsadida sintaktik-punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo`yish, ta`kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Ona tili darslarini o`qish darslari bilan bog`lash sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metortik shartlaridan biri hisoblanadi. O`quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o`qish, so`zni aniq ishlatish, o`z fikrlarini grammatik to`g`ri shakllantirishga o`rganadilar. Shunday qilib, boshlang`ich sinf o`quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari og`zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta`minlaydi.

Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish