Asosiy adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
3. Matchanov S., G‘ulomova X., Yo’ldasheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana tilin oqыtu әdіstemesі. –T.: TDPU, 2013. – 277 b.
4. Raxmatullaeva L.I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka rodnogo yazыka. –T.: Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.
5.Husanboyeva.Q, Shodiyev.F, Hazratqulov.M. Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
6.Ona tili va o’qish savodxonligi.1-qism. Darslik. 2-sinf uchun. K.Mavlonova va boshq. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
3- mavzu
|
Gapning ikkinchi darajali bo’laklari ustida ishlash mashqlari.
|
Amaliy mashg`ulotning o`qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg`ulot shakli
|
Amaliy mashg`ulot
|
Amaliy mashg`ulot rejasi
|
1. Gap bo`laklarini o`rganish bo`yicha nazariy savol-javob.
2. Gap bo`laklarinio`rganish bo`yicha ona tili dasturi tahlili.
3. Gap bo`laklariniga oid mavzularning taqvim rejasi ustida ishlash.
4. Gap bo`laklariniga oid mavzulardagi dars ishlanmalari taqdimoti.
5. Mavzuga doir ta’limiy vosita ustida ishlash.
6.Talabalar faoliyatini baholash.
|
O`quv mashg`ulotning maqsadi
|
Talabalarni dastur asosida boshlang`ich sinflarda sintaktik elementlari ustida ishlashni o`rganish uchun ajratilgan soatlar buyicha taqvim-reja tuza olishga, ega, kesim, undalma tushunchalarini hosil qilish metodlarini tanlay bilishga, mashqlar tizimini ishlab chiqishga til hodisalari bo`yicha o`yin mashqlar tanlay bilishiga o`rgatish.
|
O`qituvchining vazifasi:
1. Gap bo`laklari ustida ishlash bo`yicha talabalarga savol va topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va talabalarga berish.
2.Gap bo`laklari ustida ishlash bo`yicha metodik adabiyotlar ro`yxatini tuzish.
3. Gap bo`laklari mavzusini mustahkamlashda o`yin, test, krossvord, diktant, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar tayyorlashni o`rgatish.
4. Ega kesim, undalma mavzularini o`rganish dars ishlanmasini tayyorlash bo`yicha maslahatlar berish.
4. Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash (5 ball asosida).
|
O`quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. 1-4-sinflarda gap bo`laklarini o`rganish mavzusini o`tishga tayyor bo`lishi.
2. Talabalarning gap bo`laklari ustida ishlash bo`yicha metodik adabiyotlar ro`yxatini tuzib kelishi, mavzusini mustahkamlashda o`yin, test, krossvord, diktant, ta’limiy o`yinlar, ko`rgazmali qurollar tayyorlab kelishi.
3. Pedagogik texnologiya asosida dars ishlanmasini yaratish.
4. Amaliy mashg`ulotda faol ishtirok etish va ishlanmasini amaliy ijro etish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Suhbat,muammoli izlanish, mustaqil ish metodi.Kompyuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
|
Ta’lim vositasi
|
Proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O`qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1. Amaliy mashg`ulot mavzusini
(Matndan gapning bosh va ikkinchi bo`laklarini topish yuzasidan mashqlar) s
2. Amaliy mashg`ulot maqsadini
3. Amaliy mashg`ulot rejasini e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish
(5 daqiqa)
|
1. Boshlang`ich sinflarda gap bo`laklarini o`rganishga qachon tayyorgarlik ko`riladi?
2. Boshlang`ich sinflarda gap bo`laklari nazariy jihatdan qaysi sinfda o`rganiladi?
4. Boshlang`ich sinflarda ega, kesim, undalmani o`rgatish qanday izchillikda olib boriladi?
5. Gapning grammatik asosi qaysi metodlarda o`rgatiladi?
6. 3-4-sinfda ega, kesim, undalmani o`rgatishda qanday ishoraviy ko`nikmalar hosil qilinadi?
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)
|
I. Laboratoriya mashg`uloti: 20 daqiqa
1. Gap bo`laklarini o`rganish izchilligini aniqlang.
2. Ega, kesim, undalmani o`rganish bo`yicha metodik adabiyotlarni tahlil qiling.
3. «Bosh bo`laklar (ega, kesim), “Ikkinchi darajali bo`laklar“, “Undalma“ mavzusini o`rganish bo`yicha dastur asosida darslik materiallarini soatlarga bo`lib chiqing.
4. Yangi mavzu o`rganiladigan, dars mustahkamlanadigan dars fragmentini tayyorlang.
5. Ko`rgazmali qo`shimcha o`quv materiallari, ko`rgazmali qurol: jadval, rasm, test kabilarni tayyorlang.
II. Uning mahokamasi: 10 daqiqa
III. Taqdimot: 5 daqiqa
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
1. Testlar tuzing va ularni guruhlaro almashtirib yeching.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |