Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida nutq o ‘stirish kursining
mazmuni va vazifalari nimalardan iborat?
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarda nutqning o ‘ziga
xos xususiyatlarini aytib bering.
1.2. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida tovush
madaniyatini shakllantirish metodikasi
N utqning tovush madaniyatiga doir bir qancha vazifalami: tovush 
talaffuzi, sur’ati, diksiya, tasviriylik va boshqalami amalga oshirishdagi


asosiy yo‘l ishning frontal shaklidir. Bundan bolalar bog‘chasining 
ham ma guruhlarida foydalaniladi. Bu ish aw alo mashg‘ulot shaklida 
amalga oshiriladi va unga har xil mazmundagi mashqlar kiritiladi.
Tovush talaffuzi, nutqda nafas olish, eshitish mashqlari har kuni 
olib boriladi. Ba’zi mashqlar nutq o ‘stirishga oid boshqa mashg‘ulotlar 
jumlasiga kiritiladi.
Kichik guruhlarda bolalar bilan olib boriladigan ishlar ommaviy tarzda 
hamma bolalar bilan o ‘tkaziladi. Shuningdek, yakka tartibda ham olib 
boriladi. Bolalar bilan yil davomida undosh tovushlardan p, b, m, n, t, 
d, q, g, f, v, n; sirg‘aluvchi s, z, sh, j, ch; unli tovushlardan a, o, u, i, 
o‘, e lam i tallafuzi nutq orqali nafas olish, eshitish idrokini, nutq 
apparatining harakatini, nutq apparatini rivojlantiruvchi ishlar bilan 
olib boriladi.
Tovushlami mustahkamlash mashqlarini boshqa mashg‘ulotlarga 
qo‘shib olib borib, uning tarkibiy elementi yoki maxsus qismi sifatida 
kiritish m um kin. M asalan: m ashg‘u lo tla rn in g b irin ch i qism ida 
«Qo‘g‘irchoqni uxlatamiz» didaktik o ‘yin o ‘ynalsa, ikkinchi qismida 
eshitish idrokini stiradigan mashqlar bajariladi. «Ovozidan top» o ‘yin 
o ‘ynaladi (4—5 daqiqa), eshitish nutqini, diqqat bilan eshitishni, nafas 
olishni, nutq apparatining harakatini rivojlantiruvchi mashqlar ertalabki, 
kechki soatlarda, sayr vaqtlarida o ‘tkaziladi.
0 ‘rta guruhda qiyin tovushlami talafTuz qilishga o ‘rganish maxsus 
mashg‘ulotlari bir necha qismdan iborat, bir mazmunga birlashgan holda 
tuzib o ‘tkazish yaxshi natija beradi. Masalan: mashg‘ulotlaming birinchi 
qismida bolalar oldiga o‘quv vazifasi q o ‘yiladi. -sh tovushni aytishga 
o ‘rgatish: bunda tovush artikulatsiyasi ko‘rsatiladi, tushuntiriladi va 
bolalarga mashq qildiriladi. Mashg‘ulotning ikkinchi qismida esa bolalar 
shu tovushning talaffuzini so‘zlarda (shamol, shahar, eshik, mushuk, 
bosh, tosh, yo‘ldosh) m ashq qiladilar. Bu qism d idaktik o ‘yin, 
dramalashtirilgan hikoya, inssenirovka shaklida berilishi ham mumkin.
N utqning tovush m adaniyati ustida ishlash katta va tayyorlov 
guruhlarida davom ettiriladi.
Tizimli ravishda olib borilgan ishlar natijasida maktabga tayyorlov 
guruhidagi barcha bolalarda ona tilidagi ham m a tovushlami to ‘g ‘ri 
talaffuz etadigan bo‘lishlari lozim. Lekin shunga qaramay, katta va 
tayyorlov guruhlarida ham mashg‘ulotlar ham m a bolalar bilan frontal 
tarzda o ‘tkaziladi. Bunda maxsus mashg‘ulotlarning maqsadi o ‘zgaradi. 
Bunda bolalar tovushlami to ‘g‘ri talaffuz etishni mashq qiladilar va


ularda nutqdagi tovush madaniyatining boshqa tom onlari (turli ovoz 
kuchidan, turli n u tq su r’atidan foydalana bilish) tarbiyalanadi. 
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarga turli nutq tovushlari: 
she’r o‘qish, tez aytish, maqollar, suratlami qayta hikoya qilish, ifodalash 
asosida tovushlami to ‘g‘ri talaffuz etishni mashq qildirib borish lozim.
Katta guruhlarda haflada 2—3 marta mashg‘ulotlardan tashqari 
vaqtda ja m o a b o ‘lib o ‘yn aladigan h a ra k a tli, nafas, e sh itish n i 
rivojlantiruvchi takroriy o ‘yinlar o‘tkaziladi.
Katta guruhlarda frontal ishdan tashqari tovush talaffuzida nuqsoni 
b o ‘lgan bolalar bilan yakka tarzda qo‘shimcha mashg‘ulotlar joriy 
qilinadi. Tekshiruvlar o ‘tkazilgach talaffuzdagi nuqsonlariga qarabbolalar 
guruhchalarga ajratiladi. Masalan: Anvar, Nasiba, Dilbar «r» tovushini 
talaffuz eta olmaydilar. Tarbiyachi bu bolalar bilan har haftada 2—3 
m arta qo‘shim cha m ashg‘ulotlar o ‘tkazadi (ertalabki yoki kechki 
soatlarda). Bu mashg‘ulotlaming har biri 10—12 daqiqa davom etadi.
Masalan:
1. T o‘g‘ri gapirishni o ‘rganishning zarurligi haqida suhbat.
2. Tovush artikulatsiyasini ko‘rsatish va tushuntirish.
3. Shu tovushni talaffuz etishni bolalardan so‘rash.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish