Topishmoq bolalar lu e ‘atini bovitish. faollashtirish vositasi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda topishmoqlardan keng
foydalaniladi.
Bolalar bilan ishlashda topishm oqlardan foydalanilgan vaqtda
ulaming tarbiyaviy va pedagogik qiymatini hisobga olish kerak.
Topishmoq ochiq va yashirin shaklda qo‘yilgan savoldir. Topishmoq
topish, vazifani hal qilish va savolga javob berish yo‘lini topish, ya’ni
qandaydir flkrlash operatsiyasini bajarish: analiz, sintez, taqqoslash,
xulosa chiqarish demakdir. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar
topishmoqlar javobini topishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunga
aqli zaif bolalarda tafakkur operatsiyalaridan analiz, sintez, taqqoslash,
xulosa chiqarish, um um lashtirish jarayonlarining yetarli darajada
shakllanmaganligi sabab bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda topishmoqlarni topishga
o ‘rgatish jarayonida kuzatish usulidan foydalanilsa, yaxshi natijalarga
erishish mumkin. Kuzatish murakkab bilish faoliyati b o iib , unda idrok
tafakkur va nutq ishtirok etadi, barqaror diqqat talab etiladi.
Bolalar qushlami, hasharotlami kuzatib, tarbiyachining yordamida
qush va hasharotlar o ‘z inlarini q o ‘lsiz va asbobsiz quradilar, degan
xulosaga keladilar. «Qo‘li yo‘q, lekin ko‘ra oladi» (qushcha), degan
topishmoqni topishga yordam beradi.
Bolalar umumlashgan xulosa chiqarishlari uchun kuzatishlarda
m a’lum bir tizim bo‘lishi kerak. Masalan, «Qishi bilan yotib, bahorda
ariqqa yugurib qoldi». Topishm oqni topish uchun bolalar iliq bahoigi
kunlar boshlanishi bilan qorlam ing eriy boshlashi haqida tasawurga
ega bo‘lishlari kerak yoki «Yozda yashil rangda, kuzda sariq rangda»
to p ish m o g ‘ini topishga b o la larn in g bah orda, yozda d arax tlarn i
kuzatishlariga yordam beradi. Kuzatish vaqtida o ‘z taassurotlami aniq
va obrazli so‘z bilan ifodalay olishlari juda m uhim dir. Sayr va
ekskursiyalarda pedagog bolalardan: «Bugun quyosh qanday? G ulzor
nimaga o ‘xshaydi?»— deb so‘raydi. Taqqoslash qanchalik mustaqillik
kasb etgan bo‘lsa, bolalar topishmoqning m a’nosini shunchalik oson
payqab oladilar. Agar b o la lar buyum larning belgilarini, so ‘z va
tushunchalaming m a’nosini bilmasalar, topishmoqni topa olmaydilar.
B a’zan bolalar topishm oqni topolm ay, defektolog aytib berishni
so ‘raydilar. Defektolog topishm oqni bolalarga tushuntirib beradi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaifbolalar bilan birga topishmoqnijavobini
topadilar. Bolalami topishm oqni tushunib olishga o ‘rgatish uchun
defektolog har gal topishm oqni bola qaysi yo‘l bilan topganini aniqlashi
kerak. Buning uchun bolaga: «Sen qanday topding? Nimaga shunday
qaror qilding?» kabi savollar berishi mumkin. Bunday savollar bolani
isbotlash, muhokama qilish vazifani hal qilish jarayonini tushuntirib
berishga o‘rgatadi. Topishmoq hayvon, narsa va boshqa narsalar qisqa
tasvirining namunasi bo‘lganligi uchun defektolog bolaga o ‘z fikrini
qisqa qilib ifodalashni o ‘rgatish vaqtida, o ‘yinchoqlar, suratlar va
buyumlaming qisqa tasvirlarini tuzish paytida topishmoqdan foydalanishi
lozim. Didaktik o ‘yinlarda, suhbatlarda, suratlarni ko‘zdan kechirishda
topishmoqdan qisqa tasvirlash namunasi sifatida foydalaniladi. Masalan:
sabzavotlami krish va suhbatdan keyin (Bu nima? Rangi, shakli,
mazasi qanaqa? Uni qanday yeyiladi?) qisqa badiiy namunasini berib,
topishmoq to ‘qish va keyin sabzavotlaming ustini berkitib, bolalarga
ulami hamma topa oladigan qilib tasvirlashni buyurish lozim. Bu ishlar
katta guruhlarda olib boriladi. Buning uchun o ‘tilgan mavzu barcha
bolalar uchun tanlangan topishm oqlar o‘tilgan mavzuga mos bo‘lishi
kerak. Bolalarning topishm oqlam i topishlariga erishish uchun b ir
mashg‘ulotning o ‘zida turli sohalardan olingan topishmoqlar berilmaydi.
Masalan, «Uy hayvonlari» mavzusi o ‘tilsa, faqat shu mavzuga oid
topishmoqlar beriladi. Topishmoqlar tanlashda aqli zaif bolalaming
aqliy imkoniyatlarini hisobga olish muhimdir.
Pedagogik ishda topishmoqlardan bolalaming fikrlash faoliyatini
fa o lla sh tirish n u tq in i o ‘stiris h , u la rd a q iz iq ish u y g ‘o tish va
kuzatuvchanlikni kuchaytirish usuli sifatida keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |