0 ‘z-o‘zini teksbirisb ucbun savollar
/.
Maxsus bolalar bog‘chasida lug‘at ishi boyicha qanday vazifalar
hal etiladi?
2. Maxsus bolalar bog‘chasida lug‘at ishining qanday usullaridan
foydalaniladi?
3. Maxsus bolalar bog‘chasida lug‘at ishini olib borishda suratlar bilan
ishlash haqida aytib bering.
4. Aqli zaif bolalarning s o ‘z boyligini oshirishda didaktik o ‘yinlaming
ahamiyatini ochib bering.
5. Aqli zaif bolalar lug‘atini faollashtirishda topishmoqlardan qanday
foydalaniladi?
1.4. Maxsus bolalar bog‘chasida bolalar nutqini grammatik
jihatdan to‘g‘ri o‘stirish metodikasi
Grammatika obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarni ifodalamaydi,
balki narsa hamda hodisalarning ifodasi bo ig an so‘zlar orasida nutq
jarayonida vujudga keladigan umumiy munosabatlarni, bir so‘z bilan
ikkinchi so‘zning bogianishini ifodalaydi.
Bolalar tilning grammatik tuzilishini kattalarga taqlid qilish asosida
asta-sekin o ‘zlashtirib b o radilar. G ram m atik a ikki qism dan —
morfologiya va sintaksisdan iborat. Morfologiya so‘zlarning tuzilishi va
o ‘zgarishini tekshiradi. Gap, uning grammatik xususiyatlari, so‘zlarning
o ‘zaro bogianish yoilari esa sintaksisda o‘rganiladi. Sintaksisning asosiy
o ‘rganish obyekti so‘z birikmasi va gapdir.
M e’yorda rivojlanayotgan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar so‘z
tarkibining bir qismini o‘zlashtirib olganlaridan so‘ng kattalaming nutqiga
taqlid qilib gapira boshlaydilar va shu y o i bilan tilning grammatik
tuzilishini o‘zlashtira boradilar.
Bolalar kattalardan faqat ayrim so‘zlarnigina emas, balki so‘zlari
m a iu m tartibda joylashgan gaplami ham o ‘rganadilar.
M aktabgacha tarbiya yoshidagi bola 3 yoshga to ‘lganda ona tilining
grammatik sistemasini tushuna boshlaydi, uni takomillashtira borib, 8
yoshga kirganda ona tilini ancha yaxshi o ‘zlashtirib oladi.
Bu davrda bola ona tilining murakkab grammatikasini, hatto tildagi
juda nozik sintaksis va morfologik qoidalami o‘zlashtirib oladi. Bundan
tashqari, ona tilida juda kam uchraydigan ayrim xususiyatlarini o‘rganib
oladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarda esa nutqni asosi bo‘lishi
grammatik tomonini tekshirish natijalarining tahlili, ularda tilning leksik-
grammatik tuzilishining yetarli shakllanganligini ko‘rsatadi. U lar amalda
tilning grammatik qoidalarini buzgan holda qo‘llaydilar va nutqda xuddi
shunday ifodalaydilar. Aqli zaif bolalarda 5 yoshda so‘zlardan gap tuzish
jarayoni zaifligi yoki yetarli shakllanmaganligi kuzatildi. Tekshirishdan
olingan natijalar aqli zaif bolalar 2—3 so‘zdan iborat gap tuzish imkoniga
ega ekanligini ko‘rsatdi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar gapni
gram m atik jihatdan to ‘g ‘ri tuzishda qiyinchiliklarga duch keldilar.
N o to‘g‘ri tuzilgan gaplar orasida tugallanmagan, grammatik jihatdan
sh ak llanm agan, m a’nosiz, so ‘zlarning o ‘rn in i alm ashtirish kabi
kamchiliklar kuzatiladi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqida
ko‘plikni anglatadigan so‘zlami noto‘g ‘ri qo‘llash hoUari uchrab turadi.
M asalan, «B olalar o ‘ynashyaptilar» o ‘rniga «Bola o ‘ynayapti»,
«Qo‘llarim muzladi» o ‘miga «Qo‘lim muzladi» deb noto‘g‘ri gapiradilar.
M aktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar o ‘zbek tilining grammatik
tuzilishini to ‘g‘ri o ‘zlashtirishlarida so‘zga boy, har xil gram m atik
formalami ishlatib, ravon so‘zlaydigan pedagog nutqi muhim ahamiyatga
ega. Defektolog maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaiga o‘zbek tilining
grammatik qurilishini o‘rgatish bUan birga ular nutqidagi gramm atik
xatolaming oldini olish kerak.
G rammatikani fan tariqasida o ‘rganish keyinroq maktabda amalga
oshiriladi. Maktabda bolalar ona tilining qonun-qoidalarini o ‘rganadilar
va shu asosda, yozma nutqni o ‘zlashtirib boradilar.
M aktabgacha tarbiya yoshidagi bolalam ing nutqini gram m atik
jihatdan to ‘g‘ri tarkib toptirish uchun quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Bolalaming og‘zaki nutqidagi gramm atik xatolami tuzatib borish.
2. Bola nutqini sintaksis jihatdan takomillashtirib borish, bolani so‘z
birikmalari bilan tanishtirish, unga yoyiq va murakkab gaplar tuzishni o‘igatish.
3. Morfologik tartibdagi grammatik xatolaming oldini olish, bolalaiga
kichik guruhdan boshlab qiyin morfologik kategoriyalarni ishlatishni
mashq qildirish.
Pedagogik nutqni grammatik jihatdan to ‘g‘ri tarkib toptirish ishining
mazmunini aniq bilishi ayniqsa, maxsus o ‘rgatish usullaridan to ‘g‘ri
foydalana olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |