Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Nutqni grammatik jihatdan o‘zlashtirishda uchraydigan



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

Nutqni grammatik jihatdan o‘zlashtirishda uchraydigan
qiyinchiliklar
Bola to ‘g ‘ri gapirishga o‘iganish uchun kattalardan taqlid qilishga 
arziydigan va namuna bo‘la oladigan nutqni eshitishi lozim. H ar bir 
grammatik forma bola uchun umumlashtirilgan m a’lum munosabatni 
mustaqil ifoda etuvchi signal bo‘lib xizmat qiladi. Lekin o ‘zbek tilida 
turli-tum an formalar mavjuddir. Masalan, bolalar otlarning kelishiklar 
bilan turlanishini bilmaydilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming og‘zaki nutqlarida kelishik 
qo‘shimchalaridan foydalanishni tekshirish natijalari ular har doim ham 
o‘z nutqlarida kelishik qo‘shimchalaridan to ‘g‘ri foydalana olmasliklarini 
ko‘rsatdi. Chunki so‘zlami kelishikda turlay ololmaydilar. Natijada 
bunday bolalar suhbatga tortilganda nutqida ko‘pincha bosh kelishikni 
qo‘llashadi. Jo ‘nalish kelishigining qo‘shimchasini o ‘rin-payt kelishigi 
q o ‘shim chasi bilan alm ashtirishadi. N u tq d a so ‘zlarni bir-b irig a 
bog‘lashda qo ‘shimchalardan gapning asosiy elementi sifatida foydalana 
olm aydilar. U lar faqat so ‘zlarn ig in a talaffuz qildilar, n atijad a 
qo‘shim chalar o ‘zgarishi bilan gapning mazmuni ham o ‘zgarishini 
b ilm a y d ila r. S h u n in g u c h u n h am k a tta la r u la rn in g k e lish ik
qo‘shimchalarini qanday ishlatishlarini kuzatib, yo‘l qo‘ygan xatolarini 
tuzatib borishlari kerak.
Bolaning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi kengayishi bilan u 
yoyiq gaplardan foydalana boshlagandan so‘ng, nutqida gramm atik 
xatolaming soni ancha ko‘payadi. Chunki bola yangi o ‘zlashtirgan 
so‘zlarini hamma vaqt ham yangi grammatik formada eslab qola olmaydi, 
yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va formasini tekshirib 
ulgurolmaydi. Aqli zaif bolalar tuzgan gaplarda so‘zlar tarkibining 
buzilganligi, muayyan so‘zlar bilan qo‘shimchalaming bir-biriga mos 
emasligi kabi kamchiliklar kuzatiladi. Gap tuzishdagi xatolar asosan, 
ulaming leksik imkoniyatlarining chegaralanganligi bilan belgilanadi. 
Aqli zaif bolalar so‘z boyligining chegaralanganligi asosan ulamirig 
vazifani bajara olmaslik, so‘zlami noto‘g‘ri tanlash va so‘zlar m a’nosini 
hisobga olmay gap tuzishlarida o ‘z aksini topadi. Shuning uchun ham


bolala^ga ona tilini o ‘zlashtirishda umumiy nutq madaniyatini tarkib 
toptirishda yordam beradigan, gram m atik formalarni o ‘rgatadigan 
maxsus mashqlar o‘tkazish yaxshi natija beradi. Buning uchun bu ish 
mustaqil b o ‘lim qilib ajratilib, o ‘zining mazmuniga ega bo‘lishi, muayyan 
maqsadni ko‘zlagan holda sistemali ravishda o ‘tkazilishi lozim. Bu vaqtda 
bolalam ing e ’tiborini konkret grammatik formalami o ‘zlashtirishga jalb 
qilish lozim.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar ko‘proq quyidagi gramm atik 
formalarda qiynaladilar:
1. Bolalar ko‘pincha otlami kelishiklarda noto‘g‘ri turlaydilar. U lar 
so‘zlaganda ko‘pincha shunday xatoliklami uchratish mumkin: M en 
xolamnikida bordim, bog‘chada boram an, bog‘chaga o ‘yinchoq ko‘p, 
manga ber, mani kitobim, men bog‘cha bordim.
2. Otlaming sonlar bilan turlanishida, ayniqsa, ko‘plik qo‘shimchasini 
noto‘g ‘ri ishlatadilar: bolalar uy keldi, kapalakla uchvotdi, gul ochildi 
va boshqalar.
3. Bolalar fe’llami ishlatishda ham xatoliklaiga yo‘l qo‘yadilar, ayrim 
fe’llam i qisqartirib talaffuz etadilar. Olib kel, olib bor, olib tush yoki 
olib keldim, olib bordim, olib tushdim o ‘miga obke, obor, obtush 
deydilar yoki «Men bog‘chaga bormadim» deyish o ‘miga «Man bochaga 
bor yo‘q» deydilar.
4. Ba’zan fe’llaming zamon bilan turlanishida ham xatoliklarda yo‘l 
q o ‘yadilar. «Men kecha xolamnikiga bordim» deyish o ‘rniga «Men 
ertaga xolamnikiga bordim».
Maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalar nutqidagi grammatik 
xatolar:
1) b o la la r on a tilin in g m o rfo lo g ik siste m a sin i h a li yaxshi 
o ‘zlashtirmaganliklaridan;
2) kattalar nutqidagi nuqsonlar ta ’siridan;
3) pedagogik ishning yaxshi yo‘lga q o ‘yilm aganligidan, ya’ni 
kattalam ing bolalar nutqidagi xatolaiga e ’tibor berib, ulam i tuzatib 
bormasliklaridan, ba’zi ular nutqidagi nuqsonlarga taqlid qilishlaridan;
4) bola nutqining buzilishi sheva ta ’siridan kelib chiqadi. Masalan, 
«koptok-koptov», «choynak-choynay», «soch-choch», «soat-sog‘at».
Pedagog doimo mashg‘ulotlar davomida va mashg‘ulotdan tashqari 
vaqtlarda bolalar nutqini nazorat qilib borishi, kun tartibining barcha 
vaqtlarida aqli zaif bolalar nu tq ini o ‘rganishi va ular nutqidagi 
nuqsonlam i tuzatib borishi lozim.


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqining grammatik tuzilishi 
ustida ishlash jarayonida ularning yosh xususiyatlari va o ‘zlashtirish 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Aqli zaif bolalar nutqining grammatik tuzilishi quyidagi sabablarga 
ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1. Bolaning umumiy psixologik va jismoniy o ‘sish qonuniyatlari. 
(Aqli zaif bolalaming bosh miyasining organik jarohatlanishi natijasida 
bilish faoliyati, ya’ni psixik jarayonlari tuig‘un buziladi. Bu bolaning 
jismoniy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.)
2. Artikulatsion nutq apparatining ahvoli, fonematik eshituvi so‘z 
boyligining holati. (Aqli zaif bolalar nutq organlarida nuqsonlar bo‘lishi, 
nutq organlari harakatining sustligi, fonematik eshitishning yaxshi 
rivojlanmaganligi, so‘z boyligining kambag‘alligi kuzatiladi.)
3. Grammatik kategoriyalarni o ‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar.
4. Tevarak-atrofdagi kattalar nutqining grammatik jihatdan qurilish 
ahvoliga, pedagogik nazoratga bogiiq.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish