0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Tevarak-atrof bilan tanishtirish kursining mazntuni nimalardan
iborat?
2. . Tevarak-atrof bilan tanishtirish vazifalarini aytib bering.
3. Tevarak-atrof bilan tanishtirishda qanday ish shakllaridan
foydalaniladi.
4. Tevarak-atrof bilan tanishtirishda q o ‘llaniladigan usuHami aytib
bering.
Tayanch so‘z
M etod — o‘qitish yo‘llari.
2.2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni predmetlar olami
bilan tanishtirish
Tevarak-atrofdagi predmetlar bolalar uchun yaqin, tushunarli hamda
ulami o ‘rab tuigan muhitga moslanishlarida zarurdir. Erta bolalik davrida
predmet — qurolli faoliyat jarayonidagi kattalar bilan hamkorlikda bola
um um ishlab chiqilgan harakatlami egallab boradi (D.B. Elkonik, A.V.
Zaporojets, M.I. Lisina). Predmet amaliy faoliyat inson hayotida katta
o ‘rinni egallab, bilish va rivojlanishning asosi hisoblanadi. U bolalaming
sensor rivojlanishida, turli faoliyatlaming hamda nutqi, tafakkurning
shakllanishi va rivojlanishida katta rol o ‘ynaydi. A .S, Vigotskiy
ta ’kidlagandek, amaliy faoliyat asosida nutq shakllanadi, shu tariqa
tajribalar ortib boradi va keyingi genetik bosqichlarda o ‘zining xulq-
atvorini rivojlantirishga imkoniyat tug‘iladi.
Amaliy ko‘nikmalar bolaning tafakkuri rivojida birinchi darajali
o ‘rinni egallaydi. Bolaning birinchi umumlashtirishlari o ‘z mazmuni
va tiz im ig a k o ‘ra am aliy fa o liy a tn in g x a ra k te rin i b elg ilay d i.
Umumlashtirishlar predmetlar bilan faoliyat davomida shakllanib boradi.
Bola tafakkuri, nutqi rivojida hal qiluvchi sharoit hayotiy — amaliy
ko‘nikmalaming to ‘planishi va ulami so‘zlarda belgilanishi hisoblanadi.
M e’yorda rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-
muhit bilan tanishtirish bir nechta yetakchi psixolog va pedagoglar
tadqiqotlarining predmeti hisoblangan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlarini
o‘iganish shuni ko‘rsatadiki, bu yoshdagi bolalar maqsadga yo‘naltirilgan
ta ’limda atrof-muhitdagi nafaqat ayrim balki umumiy narsalarni ham
ajrata boshlaydilar. Shuningdek, ular kuzatilayotgan obyektlarning
m uhim xususiyatlarini ajrata oladilar (А.А. Venger, Р.А. Galperin,
V.V. Davidov, М.М. Kalsova, S.A. Novoselova, N .N . Paddyanov va
boshqalar) mazkur ishga mos tashkiliy va metodik masalalar metodistlar
tom onidan ishlab chiqilmoqda (V.N. Avanesova, A.V. Vasilyeva, V.I.
Loginova, M.V. Mankina, А.Р. Usova va boshqalar).
M aktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bolalarning ta ’lim —
tarbiyasini alohida muammo jihatlari A.A.Katayeva, N .G . Morozova,
А.Р. Noskova va boshqalar tom onidan ilmiy jihatdan o ‘rganilgan.
Ba’zi tadqiqotlarda turli nuqsonga ega bolalami tevarak-atrof haqidagi
bilimlarini shakllantirish masalasi yoritib beriladi (T.N. Ivanova, A.N.
Lukoshevichene, Т.К. Ulyanova, S.G. Shevchenko va boshqalar).
A trof-m uhitda olgan m a’lumotlarni anglash va uni qaytadan ishlab
chiqarish imkoniyatlarining kamchiligi hamda bilish faoliyatining barcha
tom onlarining rivojlamanganligi sababli maktabgacha yoshdagi aqli zaif
bolalar yaqin atrofdagi predm etlar bilan maqsadga qaratilgan tarzda
tanishtirish zarurligini ta ’kidlaydilar (М .Т. Dulnov, Ch.G. Yeromenko,
N.B. Lure, N.T. Morozova, V.G. Petrova, B.I. Pinskiy, Р.М. Stadenko,
C h.M . Saloveva, J. Shif va boshqalar).
Aqli zaif bolalar m e’yorida rivojlanayotgan o ‘z tengdoshlari qatori
atrofdagi predmetlarni idrok qilolmaydilar va o ‘zaro ta ’sir jarayonini
mustaqil ravishda o ‘zlashtirishga qiynaladilar.
M e’yorida rivojlanayotgan bolalar mustaqil ravishda kattalar va
tengdoshlari bilan muloqotga kirishib, atrof-m uhitni idrok qilib va unga
ta ’sir o ‘tkazish jarayonida bilim, ko‘nikma, malakaga ega bo‘lib borsa,
aqli zaif bolalarda esa bu holat kuzatilmaydi. Bu esa aqli zaif bolalaming
tevarak-atrof haqida tasaw uri va tushunchalari kambag‘al bo‘lishiga
olib keladi.
P red m etlar bilan faoliyat aqli z a if b olalarda pred m etlarn in g
xususiyatini bilish shakllanmaganligi va predm et bilan faoliyat qilishi
ja ray o n in in g yetarli o ‘zlash tirm aslig i o ‘yin va tasviriy faoliyati
rivojlanmasligiga zamin yaratadi.
Aqli zaif bolalar tevarak-atrof bilan o ‘zaro munosabatdagi o ‘ziga
xos qiyinchiliklar predmetlar olami bilan tengligini pedagogik jihatdan
tashkil qilishda ahamiyat talab qiladi.
Bolaning o‘yin va amaliy faoliyatida faol harakatlari talab qiluvchi
vazifalami ajratish hamda uning predm etlar haqidagi bilimlarini talab
etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, predm etlam ing vazifalari haqidagi
bilimlardan foydalanishning samaradorligi uning nomini aytish, nima
uchun xizmat qilishini bilishga bog‘liq bo‘lmay, balki tajribaga tayanib
u yoki bu sharoitda amaliy harakatlarni bajarishga ham bog‘liq bo‘ladi.
P r e d m e tla r b ila n a m a liy h a r a k a tla r tu r l i v a z iy a tla r d a
m ustahkam lanm asa, bu bilim aqli z aif bola to m on id an m ustaqil
o ‘zlashtirilmaydi va yangi sharoitlarda qo‘llanilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar m e’yorida rivojlanayotgan
tengdoshlari kabi bir turdagi predm etlam i, ulam ing tasvirini biladilar,
ulam i nomlaydilar, ammo aqli zaif bolalar bir turdagi predmetlaming
asosiy belgilarini ajratishda qiynaladilar (kam belgilarini ko‘rsatishadi,
belgilardan predm etlam ing funksional vazifasini juda kam hollarda
nomlaydilar).
K atta m aktabgacha tarbiya yoshdagi aqli zaif bo lalar agarda
predm etlar bilan yaqindan tanish bo‘lsa, undan amaliy foydalanish
tajribasiga ega b o ‘lsa, u predm etlarning tuzilishi, xususiyatlari va
predmetning funksiyasi bilan bog‘lay oladi, lekin ko‘p hollarda ulaming
predmetlar haqidagi bilim va tasawurlari to ‘liq emas, predmetlarning
funksional vazifasidan bexabar, amaliyot bilan mustahkamlanmagan
va frag m en tard ir. M a ’lum ki, aqli z a if bola m u staq il ravishda
ko‘nikmalarga ega bo‘la olmaydi va umumlashtirib bir butunni hosil
qilolmaydi, ko‘p hollarda tajribasi kambag‘al.
Agarda 6—7 yoshdagi m e’yorda rivojlanayotgan bola turli xil
vazifalami hal qilishda o ‘zining predmet haqidagi tasawurlarini amaliyot
va kuzatuvlarini turli vazifalarni ochishda faol ishga solsa, aqli zaif bola
boshlang‘ich predmetlaming xususiyatlari va vazifalarini bilish bosqichida
bo‘ladilar.
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bola imkoniyatlarini ochib beradigan
yo‘llardan biri — bilim va tasawurlarini aniqlovchi savollardir. Bu yo‘l
a n ’anaviy va oligofren pedagogikada tan olingandir. Ikkinchi yo‘l esa
turli xil mavhum tanlangan amaliy vazifalardan foydalanish hisoblanadi.
Bu usul shart-sharoitda bolani faollashtirishga yordam beradi. Amaliy
o ‘yin vaziyatda bola berilgan vazifani yechish uchun mustaqillikni yuzaga
keltirish va o ‘z tajribasini faollashtirishi nazarda tutiladi. Bunday
vaziyatlami tashkil etish, bola faolligini, qiziqishini, harakatini, hissiy
to ‘ldirib, ijobiy natijaga erishishi xohishini mustahkamlaydi.
M aktabgacha yoshdagi aqli za if bo lalarn i p re d m e tla r b ilan
tanishtirishda uchta asosiy bosqich ajratiladi.
Birinchi bosqich — tayyorlov (I o ‘quv y.) maxsus bolalar bog‘chasi
sharoitiga moslashish uchun zarur bo‘lgan atrofdagi yaqin predmetlaming
bir qismi bilan tanishtirishni o ‘z ichiga oladi. Tanlangan predmetlarni
tanishtirishni nazarda tutadi. Tanlangan predmetlami o ‘rganish m a’lum
ketma-ketlikda olib boriladi:
— predmet va uning vazifasi bilan tanishtirish, bolaning predmet
bilan faoliyati;
— bolaning alohida bir turdagi predmetlar gum hi (2—3 ta) bilan
tanishtirish va ular bilan faoliyat bajarish;
— asl predmetni uning tasviri bilan solishtirish;
— predm et haqidagi m a’lum otlarni mustahkamlash (xususiyati,
vazifasi, harakat turlari);
— predmet va ulaming tasvirini so‘z instruksiyasi b o ‘yicha tanlash;
— predm etlardan turli o ‘yin va amaliy vaziyatlarda foydalanish.
Asosiy diqqat predmet haqidagi adekvat tasaw urlam i shakllantirish,
ularning inson hayotidagi o ‘rni va roliga, har bir tarbiyalanuvchining
individual tajribasini boyitishga, shu asosida bolaning aqliy va nutqiy
faoliyatini faollashtirishga qaratiladi.
M ashg‘ulotlarda ko‘p vaqt bolalarning predm etlar bilan faoliyatiga
ajratiladi. Predmetlar bolalar qo‘lida bir necha marta bo‘lishdan maqsad
ulaming asosiy qism va xossalarini ajratishgina emas, balki predmetlami
vazifalari b o ‘yicha foydalanishga ham o ‘rgatiladi. Pedagoglarning
yordami shundan iboratki, ular bolalarga harakat nam unasini aytib
ko‘rsatadilar, bolalar taklif etilgan harakatlam i bajarib, o ‘z o ‘rnida bu
harakatlam i nomini o ‘z nutqlarida mustahkamlab oladilar, natijada
bolalar predm et va uning nomi, xarakterlar va ulaming nutqda so‘zlar
bilan belgilanishi, predm et-harakat-natija orasidagi bog‘lanishlarni
egallab boradilar. Sekin-astalik bilan bolalarda kattalar rahbarligida
tajribalar to ‘planib boradi.
Idrok va predm etlar bilan harakat usullarini yagona kompleksga
birlashtirish asosida pedagogik jarayon tashkil qilinsa, yaxshi natijalarga
erishiladi, bolalami predm etlar va ulardan foydalanish yo‘llari bilan
tanishtirish tevarak-atrofdagi turli xil faoliyatlarda, maishiy sharoitlarda,
mashg‘ulotlarda olib boriladi.
0 ‘qitish jarayonining samaradorligi pedagogning ijobiy hissiy holatini
yaratish va mashg‘ulotlaiga nisbatan munosabatiga bog‘liq. Pedagogning
qiziquvchanligi, emotsionalligi, tirishqoqligi bolalarda unga javoban
ijobiy reaksiyani chaqiradi.
Mashg‘ulotlami shunday ketma-ketlikda o ‘tkazish, tevarak-atrofdagi
predm etlar olamida m o‘ljal olishga, bolalar tajribasi asosida yig‘ilgan
tajribalarni aniqlash, tizim iga solishga, yangi bilim , k o ‘nikm a va
malakalarini shakllantirishga, hayotiy vaziyatlarda mavjud tajribalaridan
foydalanishga, atrof-muhit sharoitida moslashtirish va nutqini o ‘stirishga
imkon beradi.
Ikkinchi bosqich — «Predmetlarning xususiyatlari bilan tanishtirish»
(2—3 o ‘quv yili).
Ikkinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |