Mavzuga oid savol va topshiriqlar:
1.Nutq madaniyatida tilning ifoda-tasvir vositalari qanday ahamiyat kasb etadi?
2.Mubolag’a, jonlantirish, o’xshatish kabi tasviriy vositalarni qo’llab gap tuzing.
3.Nutqingizda ifoda-tasvir vositalaridan foydalanib, matn tuzing.
4.Nutqda metafora, metonimiya hodisalari qanday o’rin tutadi?
TOPSHIRIQLAR:
1- topshiriq. Gaplarni o’qing, noo’rin ishlatilgan so’zlarni to’g’rilari bilan almashtirib, gaplarni ko’chiring.
Yigitcha raso charchagan ekanmi, ovqat yeb darrov uxlab qoldi. 2. Ko’lning zilol suvida tonggi quyosh nurlari toblanmoqda edi. 3. Asl shoyidan tikilgan ko’ylak bu qomatdor qizga yoqishini bildi. 4. Ishimiz shunday suratda davom etsa, qurilishni bayramgacha tugatamiz. 5. Qara, o’g’lim, eshikka bir inson keldi. 6. Cho’pon ozg’in qo’ylarni yaylovga haydab, o’z makoniga qaytib keldi. 7. Nachalnikka uchrashsam, sudga davo qilishingiz mumkin, dedi.
Do'stlaringiz bilan baham: |