Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 3 Mb.
bet73/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

NUTQNI YAKUNLASH

Har bir narsaning boshlanishi va yakuni alohida ahamiyatga ega. Nutq jarayonida uning yakuni alohida ahamiyatga ega bo’lib, notiqning so’nggi so’zlari tinglovchilar yodida saqlanib qoladi. Shu sababli notiq nutq jarayoni so’ngida aytiladigan har bir so’z va iboraga jiddiy e’tibor berishi shart.

Ba’zi tajribasiz notiqlar nutqini shunday tugatishadi:

“Nutqimni tugatyapman, sizlarga aytmoqchi bo’lgan gaplarim shulardan iborat”, “Nutqimni shu bilan tugatyapman”. Nutqni shunday tugatish kerakki, uni tinglovchilar bilmay qolsin, unga alohida urg’u berish to’g’ri emas.

Taniqli notiqlar nutqning so’nggi so’ziga alohida e’tibor berish va tayyorgarlik ko’rishgan. Notiq so’nggi so’z sifatida aytiladigan yakunga 2-3-variantda tayyorgarlik ko’rib qo’yish lozim. Tajribasiz va go’l notiqlar bunga e’tibor berishmaydi va yaxshi tayyorgarlik ko’rishmaydi. Umuman, nutqni quyidagi ko’rinishlarda yakunlash yaxshi natija beradi:

1. Nutqdagi asosiy fikrlarni qisqa bayon qilish;

2. Nutqdan kelib chiqib tinglovchilarni harakat qilishga chorlash;

3. Tinglovchilar sha’niga qisqa maqtov so’zlar aytish;

4. Yumoristik va hajviy narsani, voqeani aytib tinglovchilarni

kuldirish;

5. Mavzuga doir she’riy satrlar bilan yakunlash;

6. Qur’on va hadislardan namuna keltirish;

7. Nutqni avjiga yetkazib dolzarb va qiziq narsani aytish bilan

yakunlash.

Nutqni shunday yakunlash kerakki, tinglovchilar uning tamom bo’lganligini sezmay qolsin.

Notiq quyidagilarga tayangan holda o’z chiqishini baholaydi:

a) tinglovchilar auditoriyasining e’tiborini qay darajada torta olgani;

b) mavzuga qay darajada kirib borilgani va uni qanchalik

tushuntirilgani; bunda berilgan savollarning xarakteri va mohiyatiga

tayaniladi.

v) mavzuning qaysi jihati tinglovchilarda ko’proq qiziqish uyg’otgani;

g) mavzuga doir yana qanday kitoblarni ko’rib chiqish zarurligi;

d) tinglovchilardan ayrimlarining yakka holda mavzuning yoritilishi

xususidagi shaxsiy fikrlarini eshitishi;

e) keltirilgan misollarning hayotiyligi va dalillanganligi;

l) qanday nutqiy nuqsonlarga yo’l qo’yilgani;

j) keyingi mavzu yuzasidan jiddiy tayyorgarlik ko’rish, mutolaa,

faktlarni to’plash, auditoriya psixologiyasini o’rganish va hokazo.




Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish