O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Samarqand davlat universiteti
O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
“MAKTABGACHA TA’LIMDA NUTQ MADANIYATI”
FANIDAN O‘QUV-USLUBIY
MAJMUA
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo‘nalishi: 5111017 – Kasb ta’limi: maktabgacha talimda
5111100 – Musiqa ta’limi
Tuzuvchilar:dotsent Boltayev M.B.,
f.f.n.,dot.Suvonova J.R.
Samarqand – 2020
“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan O‘UM annotatsiyasi
Nutq madaniyatiga qadim zamonlardan juda katta ahamiyat berilib kelingan. Chunki davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishni xohlagan har qanday shaxs mazmunli va mantiqli so‘zlash san’atini egallashi asosiy shartlardan biri bo‘lgan. Ayniqsa, hukmdorlar, vazirlar, hokimlar, lashkarboshilar va boshqa shu kabi mansabdorlar uchun notiqlik san’atini egallash majburiy hisoblangan.
Sharqda voizlar, G‘arbda oratorlar – notiqlar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo‘lib, ularni bitirib chiqqanlar xalq orasida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashganlar, mamlakat hayotida faol ishtirok etganlar.
Sobiq sho‘rolar davrida nutq madaniyati masalasi faqat fan doirasidagina o‘rganib kelingan va bunga jiddiy e’tibor qaratilmagan edi. Mustaqillikka erishganimizdan keyin bu dolzarb masalaga alohida e’tibor qaratilib, ta’lim tizimining barcha sohalarida nutq madaniyatini o‘rganish yo‘lga qo‘yildi. Shuning uchun nutq madaniyatini egallash nafaqat oliy ta’lim tizimida, quyi ta’lim tizimlarida ham bugungi kunning zaruriy bir ehtiyojiga aylanmoqda.
Yaqin vaqtlargacha universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya, til va adabiyot fakultetlari talabalarigagina mutaxassislik fanlaridan biri sifatida “Nutq madaniyati asoslari” fani o‘tib kelinar edi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli ko‘rsatmasiga binoan pedagogika yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining o‘quv rejalariga “O‘qituvchining nutq madaniyati” fanining kiritilishi uni egallashga bo‘lgan ehtiyojni qoplashga qaratilgan harakatlarga ko‘maklashishni nazarda tutadi.
“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan mazkur o‘quv rejasi universitetlarning pedagogika yo‘nalishidagi, pedagogika institutlarining esa barcha fakultet, bo‘lim va yo‘nalishlarining 2-, 3-kurs talabalari uchun mo‘ljallab tuzilgan.
O‘quv rejasidagi ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar uchun belgilangan soatlarda farq bo‘lgan hollarda ular ushbu o‘quv rejasida keltirilgan mavzular bilan moslashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |