176
Tarbiyachining mahoratini to’liqroq baholash uchun faqat ma`lum bo’lim
bo’yicha mashg’ulotlarni ko’rish yoki faoliyatning bir to’rini kuzatish bilan
cheklanish kifoya qilmaydi. Ko’rishda tarbiyachi pedagogik faoliyatining turli
jihatlarini qamrab olish o’rinlidir. Bir kun davomida bir necha kun tartibi
momentlarini kuzatish tarbiyachilarning ishini rivojlanishida, ishning turli shakl va
metodlarini dialektik o’zaro aloqada hamda o’zaro bog’liqlikda ko’rish imkonini
beradi.
Ammo bu uzoq vaqt bo’lagi davomida tarbiyachi ishining ayrim tomonlarini
tahlil qilishni istisno etmaydi. Masalan, birinchi ko’ruv tarbiyachining ertalabki
vaqt bo’lagidagi ishini kuzatishga bag’ishlanishi mumkin (bolalarni qabul qilish va
o’yinlarni uyushtirish, ertalabki gimnastika, yuvinish va ovqatlanish
jarayonlarining uyushtirilishi, bu vaqt bo’lagida navbatchilar ishini kuzatish).
Ikkinchi bor mashg’ulotlarning tashkil etilishini ko’rish mumkin. Uchinchi kirish
tarbiyachining sayrlar vaqtidagi ishini o’rganishga bag’ishlanishi mumkin.
Tarbiyachining kunning ikkinchi yarmidagi ishini maxsus o’rganishni tashkil etish
mumkin.
Tarbiyachi va bolalar faoliyatining turli jihatlarini kuzatish yuzasidan
yozuvning taxminiy jadval-jadvalsini keltiramiz. 1-jadvalda G .Lyalina
mashg’ulotlari bo’yicha mashg’ulotlar strukturasining yozuvi keltirilgan.
Bolalar samarali faoliyatlarining tahlili ayniqsa boy material berishi
mumkin. U tarbiyachi pedagoglik mahoratining darajasini, bolalarni o’qishdagi
yutuqlarini, ta`lim - tarbiyaviy ishlar metod va usullarining samaradorligini, uning
muntazamliligini aniqlashga yordam beradi.
Tematikaning xilma - xilligi va samarali faoliyatning mazmuni, uni ifodalash
vositalari «Bolajon» dasturining bajarilishi (bolalarning texnik malaka va
ko’nikmalarni egallaganliklari, ularda tasavvur, ijodiyot, mustaqillik, estetik
didlarning rivojlanganligi va hokazo) haqida fikr yuritish imkonni beradi.
Bolalarning ishlari qat`iy tartibda turadi va batartib qilib rasmiylashtiriladi.
Mashg’ulotlar mavzusi, dastur mazmuni, bolaning familiyasi va ismi, ish
bajarilgan sana qayd etiladi.
SHunday qilib, eng yaxshi pedagogik tajribani umumlashtirish uni oldindan
mufassal va har tomonlama o’rganishning yuqorida aytib o’tilgan barcha
metodlarining majmuidan foydalanishgina uni ob`ektiv baholash va eng yaxshi
tajriba sifatida tavsiya etish imkonini beradi.
Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish predmeti ayrim
tarbiyachilarning ish metod va usullari dam, bolalar muassasalari butun
jamoalarining ish tajribasi ham bo’lishi mumkin.
Birorta kichik masala (masalan, syujetli-rolli o’yinlarni, bolalarning mehnat
faoliyatlarini uyushtirish va boshqarish masalalari va shu kabi) lar bo’yicha bir
qator maktabgacha ta`lim muassasalar misolida o’rganish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: