192
tarbiyachi oilaii borib ko’rishdan avval o’zi uchun bolaning rivojlanish va
tarbiyalanganlik darajasi xarakteristikasini tuzib olsa, oilani borib ko’rish yanada
samarali bo’ladi. Bu holda, ota-onalar bilan aniqlash va muhokama qilishni talab
qiluvchi jihatlarini ajratib olish kerak. Birinchi bor borib ko’rish tarbiyachiga
oilaning hayot tarzi haqida, oilaviy «vaziyat», bolaning oiladagi tarbiyasi haqida
umumiy tasavvur berishi kerak. Keyingi tashriflar tarbiyachiga bola tarbiyasining
aniq masalalarini mufassal fahmlab olishga imkon beradi. Oilani takror borib
ko’rishda tarbiyachi uning maslahat va takliflari bajarilgan yoki bajarilmagani
bilan qiziqadi.
Tarbiyachi do’stlik vaziyatida o’tayotgan suhbat davomida shaxsiy
kuzatishlar, ota-onalarga, oilaning boshqa a`zolariga va bolaga berilgan savollar
orqali bolani, uning oilasini yana ham yaxshiroq bilib olishga imkon beruvchi
o’ziga zarur ma`lumotlarni oladi. Bularning hammasi bola tarbiyasiga ancha
samarali ta`sir ko’rsatadi. Bunday tashriflarning natijasi tarbiyachiga bola bilan
yakkama-yakka ish olib borish rejasini tuzishga imkon beradi.
Oilalarni borib ko’rib, ularda bola hayoti bilan tanishishda tarbiyachilar
ma`lum qoidalarga rioya qilsalar foydadan xoli bo’lmaydi.
Tashrif buyurish haqida ota-onalarni oldindan ogohlantirish kerak, bunda o’zi
uchun va oila uchun qulay kun tanlanadi; aytilgan kunda kelysh, oila a`zolarini
kutishga majbur qilmaslik va oila rejalarini buzmaslik zarur; suhbat vaqtida hech
qanday yozuv olib bormaslik keraq ota-onalar bilan keskin, nasihatgo’ylik
ohangida gapirishmaslik zarur, faqat maslahat, tilak, taklif kiritish mumkin; oilani
borib ko’rishda olnngan taassurotlarni kalendar rejaning «Tarbiyaviy ishlarni
hisobga olish» ustuniga yozib qo’yish lozim.
Tarbiyachi biror bolaning oilasiga borib tanishgani haqida guruhdagi hamma
bolalarga gapirib berishi (bordi-yu tarbiyachining rejasi shunday bo’lsa), bunday
hikoyalarga, masalan, «Qiziqarli hikoyalar» deb nom berishi ham mumkin. Bolalar
bunday hikoyalarni tinglashni va uning «qahramonlarini» bilib olishni yaxshi
ko’rishadi. Bu hikoyalar bolalarga yaxshi narsani aniqlashga va o’z
tengdoshlarining kamchiligiga tanqidiy qarash va o’z-o’ziga tanbeh berish
imkoniyatini yaratadi.
Oiladagi suhbatlarning mazmuni bolalarning yoshiga bog’liq. Bolalarning ota-
onalari bilan suhbatlashganda mustaqillikni, gigienik ko’nikmalarni tarbiyalash,
nutqni o’stirish va hokazolar haqida gap boradi; maktabgacha katta tarbiya
yoshidagi bolalarning ota-onalari bilan o’yinni, mehnatni boshqarish, kitoblardan
foydalanish, ma`naviy-iroda sifatlarini shakllantirish haqida suhbat o’tkaziladi.
Oilani borib ko’rishning maqsadi va mazmuni tarbiyachining rejasida,
hisobida va maxsus kundaligida aks ettirilishi kerak. Oilani yiliga kamida ikki
marta borib ko’rish tavsiya etiladi. Oilaga tashrif buyurishlar, anketa
ma`lumotlarini tahlil qilish, ijobiy tajribaning umumiy manzarasini va oilaviy
tarbiyadagi o’ziga xos qiyinchiliklarni ochib beradi. Bu esa mudiraga va
tarbiyachiga turli yoshdagi guruh ota-onalarining pedagogik madaniyatini
oshirishga, tarbiyachilarning ota-onalar bilan olib boradigan ishini ma`lum tizimda
yo’naltirishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: