Maktabgacha ta`lim


 Maktabgacha ta`lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

19.2. Maktabgacha ta`lim muassasasining ota-onalar va jamoatchilik bilan 
ish shakllari. 
 
II.  Ota-onalar  qo’mitasi  va  jamoatchilik  bilan  ishlash  maktabgacha      ta`lim   
muassasasida  ota-onalar  jamoatchiligiga,  jumladan,  oila  bilan  olib    boriladigan 
ishga  katta  o’rin  ajratilgan.  Har  bir  maktabgacha  ta`lim  muassasasida  ota-onalar 
qo’mitasi  bo’lib,  u  «Maktabgacha  ta`lim  muassasasisi  nizomi»  bo’yicha  tashkil 
etiladi. 
Ota-onalar  qo’mitasi  ishining  vazifalari  va  mazmuni,  uning  huquqlari, 
hisoboti  va  ish  yuritishi  ham  «Ota-onalar  qo’mitasi  haqidagi  nizom»da  aks 
ettirilgan. 
Bu  qo’mita  ota-onalarning  umumiy  majlisida  bir  yil  muddatga  saylanadi. 
Uning  tarkibiga  har  bir  guruhdan  1-2  vakil  kiradi,  ular  orasidan  rais  va  kotib 
saylanadi. 
Qo’mitani  saylashda  saylanayotgan  ota-onalarning  ma`naviy  qiyofasi,  bo’sh 
vaqti  bor-yo’qligi,  ishbilarmonligi,  obro’si,  bola  tarbiyasiga  qiziqishi  va 
hokazolarni hisobga olish kerak. 
Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  rahbari  va  pedagogik  jamoa  ota-onalar 
qo’mitasiga  faol,  harakatchan,  tarbiya  masalalaridan  uzoq  bo’lmagan  kishilar 
saylanishi tarafdoridir. Tarbiyachilar u yoki bu oila qanday, ota-onalar qo’mitasiga 
a`zo  bo’lgandan  so’ng  maktabgacha  ta`lim  muassasasisiga  ota  yoki  ona  qanday 
yordam  berishi  mumkin,  ular  jamoat  tarbiyasi  hayoti  bilan  qiziishadimi, 
maktabgacha  ta`lim  muassasasida  bo’lish  keraqllgi  haqidagi,  mashg’ulotlarni, 
tartibni  kuzatish,  sayr  qilishda  ishtirok  etish  haqidagi  taklifga  labbay  deb  javob 
berishadimi? degan savollarga javob berishlari kerak. 
Ota-onalar  qo’mitasini  unda  ishlashni  xohlovchi  ota-onalardan  ham  saylash 
mumkin. Bunday ota-onalar odatda, qiziqib va samarali ishlaydilar. 


 
197 
Ota-onalar qo’mitasining faoliyati samarali bo’lishi uchun uning a`zolarining 
pedagogik  madaniyatini  oshirish  doimo  diqqat-e`tiborda  bo’lishi  zarur.  SHu 
maqsadda shahar va nohiyalarda rejali o’qyashning turli xil shakllari o’tkaziladi. 
Ota-onalarning  bola  tarbiyasi  sohasidagi  ilg’or  tajribalarini  almashinishga 
bag’ishlangan  kechalarni  tashkil  etish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bu  erda  uch 
avlod  vakillari  -  katta,  o’rtacha  va  kichik  avlod  vakillari    uchrashadi    va      fikr   
almashinadi.      Ularni    bolalar  tarbiyasining  ko’pgina  masalalari  qiziqtirganligi 
uchun bunday bevosita aloqa juda ham foydalidir. 
Ota-onalar  qo’mitasining  faoliyati  maktabgacha  ta`lim  muassasasining  yillik 
rejasiga  mos  holda  rejali  ravishda  olib  borilishi  kerak. Qo’mitaning  ishini  mudira 
boshqarib boradi. Uning majlislari ikki oyda kamida bir marta o’tkazilishi kerak. 
Har  bir  yoshdagi  guruhda  ota-onalarning  faollari  bo’lib,  ular  tarbiyachilarga 
imkonlari  boricha  yordam  beradilar.  Qo’mita  ota-onalar  majlislari,  kechalarnni 
tayyorlashga yordamlashadi, ota-onalarni ayrim vazifa va topshiriqlarni bajarishga 
jalb qiladi. 
Ota-onalar  qo’mitasining  har  bir  a`zosi  o’z  tashabbusi    bilan  yoki  ota-onalar   
iltimosiga   ko’ra  ota-onalar qo’mitasi  qarab chiqishi  uchun maktabgacha  tarbiya 
muassasasining ishini yaxshilash bilan bog’liq masalalarni kiritish huquqiga ega. 
Ota-onalar  qo’mitasi  o’z  yig’ilishlarida  mudirani  maktabgacha  ta`lim 
muassasasining  istiqbollari  va  ishining  ahvoli  haqida  shuningdek,  ota-onalarni 
qiziqtiruvchi ayrim masalalar bo’yicha ma`ruzasini eshitishga haqlidir. 
Ota-onalar  qo’mitasining  a`zolari  va  maktabgacha  ta`lim  muassasasi  notinch 
oilalarga  alohida  e`tibor  beradi,  ularni  borib  ko’radi,  o’z  bolalarining  tarbiyasiga 
etarli  mas`uliyat  bilan  qaramaydigan,  maktabgacha  ta`lim  muassasasining 
talablarini  bajarmaydigan  ota-onalarga  ta`sir  ko’rsatadi.  Ota-onalar  qo’mitasi 
a`zolari  tarbiyachilar  bilan  birga  oilaviy  tarbiyaning  eng  yaxshi  tajribasini 
o’rganada va uni tarqatishda ishtirok etadi. 
Ota-onalar  qo’mitasi  ota-onalarning  umumiy  majlisiga  hisob  beradi 
(bo’ysunadi),  unga  avval  qabul  qilingan  qarorlarning  bajarilishi  haqida  hisobot 
beradi. 
Ota-onalar  qo’mitasi  ishida  faol  qatnashmaydigan  a`zolari,  ota-onalar 
qo’mitasining  taklifi  (qarori)  bilan  qo’mitani  qayta  saylash  muddatlari  kelgunga 
qadar chaqirib olinishlari mumkin. Uning o’rniga boshqalar saylanadi. 
Ota-onalar  qo’mitasi  ishiking  rejalari  va  uni  hisobga  oladi,  a`zolarining 
navbatchilik  grafiklari,  yig’ilish  bayonnomalari  va  boshqa  hujjatlar  maktabgacha 
ta`lim  muassasasida  saqlanadi  va  qo’mita  tarkibi  almashinganda  ishlarni  qabul   
qilish va topshirish vaqtida dalolatnoma bo’yicha topshiriladi. 
Ota-onalar  guruhlardagi  mashg’ulotlarda  qatnashib,  dastur  bilan,  u  qanday 
amalga oshirilishi bilai tanishadilar, tarbiyachi butun guruh bilan va ayrim bolalar 
bilan qanday ishlashini kuzatadilar. Har bir mashg’ulot va sayr qilingandan so’ng 
uslubchi  yoki  mudira  ota-onalarga  tarbiyachi  o’z  oldiga  qanday  maqsad  
qo’yganini,  uning  uddasidan   chiqqan-chiqmaganinig uning yutug’i va xatolari 
nimada ekanini tushundiradi. 
Ota-onalar  qo’mitasi  a`zolarining  bolalar  maktabgacha  ta`lim  muassasasisi 
bilan  aloqasi pedagoglardan o’ziga  va  ishiga  nisbatan  yanada  talabchan  bo’lishni  


 
198 
talab  qiladi. Dastlabki vaqtlarda tarbiyachilar ota-onalar oldida tortinishadi,   biroq  
ularga o’rganib   ketgandan  so’ng  o’z ishlarini ko’rsatishni shart deb tushunmay, 
balki  bunga    xursand  ham  bo’lishadi.  Ota-onalar  oldida  tarbiyachining  obro’si 
ko’tariladi, unga hurmat ortadi, undan yordam, maslahat so’rab murojaat qiladigan 
bo’lishadi.  
Oila  bilan  ishlashning  yaqqol  vositalar  kompleksi  eng  katta  ishonchga  va 
ishchanlikka  ega  bo’ladi.  Tarbiyachining  bolalar  bilan  ishlashini  ko’rsatish  (yoki 
«Ochiq  eshiklar  kuni»),  ko’rgazmalar,  fotomontajlar  bolalarning  ishlarini 
ko’rsatish,  pedagogik  axborot  stendlari,  ko’rgazmalarni  bezash,  ota-onalar  uchun 
kutubxona,  oilaviy  tarbiyaning  turli  masalalari  bo’yicha  materiallari  bo’lgan 
ko’chma papaklar shular jumlasidan. Ko’rsatmali materialni ota-onalar faol qabul 
qilishlari  uchun  ular  diqqatini  unga  qaratish  va  u  bolalar  tarbiyasida  qanday 
foydalanilishiga qiziqtirish kerak. 
Ularning ba`zilari to’g’risida to’xtalib o’tamiz. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish