172
Umumiy ota-onalar majlisida bolalar muassasasining butun ishi muhokama
qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko’riladi. Ota-onalar majlisiga rais qilib ota-onalar
qo’mitasining raisi belgilanadi.
Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat
ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha ta`lim muassasasining butun faoliyati ota-
onalar tomonidan kuzatiladi, yo’l quyilayotgan kamchiliklir joyida hal etiladi.
Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgarlik ko’radilar
Yakkama-yakka suhbatlar - bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun
tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va maktabgacha ta`lim muassasasi
mudirasi ilmiy asoslangan xolda masalalarni hal etmog’i lozim.
Maslahatlar - qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa guruhlarda
«ko’chirma-papka»lardan foydalanish kuchaytiriladi.
Mudira aholi o’rtasida muhim masalalar bo’yicha davlatimiz ko’rsatmalari,
qarorlari asosida tashkilot ishlarini olib borishda rahbarlik qiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yordam berishda -
kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir.
Bola tarbiyasiga oid kitoblar ota-onalarga katta yordam beradi, bu kitoblarni
maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan
tanlanadi. Adabiyotlar ro’yxati hisobot tarzida olib boriladi.
Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. Bu ota-
onalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yondoshishga yordam
beradi.
Nazorat savollari:
1. Metodik ish shakli Seminarga ta`rif bering.
2. Seminarlarni o’tkazish metodikasini tushintirib bering.
3. MTM da necha xil maslahat turi mavjud va bo’lar qaysilar?
4. Seminar mashg’ulotini o’tkazish printsiplarini tushuntiring va misollar
keltiring.
Adabiyotlar:
1. O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, Sh.K.Tashpulatova va boshqalar
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
2. Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
3. R. Mavlonova ―Pedagogik texnologiya‖ Toshkent ―Fan‖ 2009 y.
4. R. Ishmuxamedov ―Ta`limda innovatsion texnologiyalar‖.
Toshkent
―Iste`dod‖. 2008 y
5. A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y.
6. Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y.
173
XVIII BOB. Ilg’or pedagogik jarayonni umumlashtirish.
Reja:
1. Maktabgacha ta`lim muassasasida ilg’or ish tajriba ishlarini o’rganishni
tashkil etish.
2. Uslubchi tomonidan nazorat qilishning ahamiyati.
3. Uslubchi tomonidan pedagogik jarayonni tashkil etish usul va ulublari.
4. Ta`lim – tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish.
Mavzuning maqsadi: Maktabgacha ta`lim muassasasida uslubchi tomonidan ilg’or
ish tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, nazorat qilish bo’yicha o’quvchilarga
nazariy bilimlar berish.
Mavzuning vazifalari: Maktabgacha ta`lim muassasasidagi ilg’or ishlarni ko’ra
olish, ta`lim - tarbiyaviy ishlarni tahlil qilishning shakl va usullarini amaliyotga
qo’llay olish komponentlarini shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: