18.3. Uslubchi tomonidan nazorat qilishning usul va uslublari.
Uslubchi tomonidan ta`lim-tarbiyaviy va boshqa jarayonlarni nazorat qilishda
quyidagi usul va uslublardan foydalanadi:
Bolalar hayotini uyushtirish mashg’ulotlari, kun tartibining turli
jarayonlarini kuzatish va tahlil;
Tarbiyachining ish hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish;
Bolalar ishlarini o’rganish va tahlil qilish:
Tarbiyachilar, bolalar bilan (ularning bilimi, dastur talablarini o’zlashtirish
bo’yicha suhbatlar o’tkazish) suhbatlashish;
Ota-onalar kengashlarida ishtirok etish va tarbiyachi ishini tahlil qilish;
Guruxning jihozlanishini nazoratdan o’tkazish.
Bu usul, uslublarni qo’llash - nazorat qilish turiga, qaysi guruhda tarbiyaviy
jarayonning qaysi qismi yoki muassasa moliyaviy-xo’jalik ishlarining qaysi
tomonlari tekshirishga, nazoratchining mutaxasisligi va ish tajribasiga bog’liqdir.
Bu ko’p qirrali usularni qo’llash - maktabgacha ta`lim ishini har tamonlama
o’rganishda g’oyat ahamiyatlidir.
Kuzatish usuli - bu pedagogik jarayondagi yutuq va kamchiliklarni, ishdagi
qiyinchiliklarni yo’qotish va ta`lim - tarbiyaviy ish sifatini o’stirishni ta`minlaydi.
Kuzatish - pedagogik jarayonini, metodik va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining
ahvoliga to’g’ri baho beradi va kerakli xulosalar chiqaradi.
Frontal - yangi tekshirish turida bu usul kun davomida tekshirilayotgan
pedagogik jarayonni o’z ichiga oladi, bunda: rejali, ta`lim - tarbiya ish mazmunini
va turli tarbiya ishini muvofiqlashganligi, maishiy hayotda bolalar hayotini va
tarbiyasini tashkil etish, o’quv-tarbiya usul va uslublarini tashkil etish, bolalarning
o’yini, mehnati faoliyatlari kuzatiladi.
Tematik nazorat turida esa - kuzatish usuli tanlangan temaga va uning
xarakteriga bog’liqdir. Agar ahvoli kuzatilayotgan bo’lsa, unda tekshiruvchi
mashg’ulotlarini chuqur kuzatadi, uning dastur mazmuniga, tuzilishiga,
metodikasiga chuqur ahamiyat beradi.
O’yin jarayonini kuzatayotganda - diqqatni o’yin turiga, o’yin uchun sharoit,
bolalarning munosabatlariga va tarbiyachining o’yinga rahbarligiga qaratadi.
180
Pedagogik ishlarni kuzatishdan aniq, yaqqol tushuncha hosil qilmasa
qo’shimcha yoki takroriy kuzatish o’tkazish kerak.
Kuzatishda - kuzatilayotgan jarayonining, kun tartibi jarayonlardagi aniqlilik,
kun tartibining buzilishi, bolalarning bilim darajasini, ularning axloq me`yorlari,
tarbiyachining dastur talabalarini va metodikani egallaganligi na boshqalarga
ahamiyat berish kerak.
Kuzatish - jarayonida shu narsa ayon bo’ladiki, tarbiyachining etarli
darajadagi mutaxassisligi, bu kuzatilayotgan kunda tarbiyachining tayyorgarligi,
uning ishdagi tajribasi sayozligi, bolalar jamoaini tashkil eta olmasligi, uning o’ta
hayajonlanishi, tormozlanib qolish namoyon bo’ladi.
Moliyaviy xo’jalik ishdagi kamchiliklar mudiraning tartibsiz, pala-partish ish
yuritishdan xam kelib chiqish mumkin.
Tahlil qilish - tarbiyachi va mudiraga qanday yordam berish va ulardan
qanday qilib talab qilish kerakligini belgilab beradi.
Kuzatish turlicha harakterga ega bo’lib, uslubchi bu jarayonlarni amalga
oshirish uchun tekshirish reja-jadvalini tuzadi.
R E J A :
Har bir, ayniqsa yosh uslubchilar uchun bunday kuzatish jadvalsini tuzib
ishlash - bu jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng olib borishini
ta`minlaydi. Bunday kuzatish jadvalsini yo’qligi tekshirishning yuzaki,
mazmunsiz, ishlarga nisbatan baho berishda yuzakichilikka olib keladi. Oldindan
o’ylangan rejali kuzatish
_
muassasadagi ilg’or ish tajribalarini o’rganadi,
umumlashtiradi va boshqa muassasalarga tashviqot qqiladi. Kuzatishda tarbiyachi
yoki mudira tomonidan xato, kamchilik qilinayotgan bo’lsa nazoratchi alohida
individual kuzatishdan so’ng, ularning shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan,
tinch holatda kamchiliklarni oldini olish choralarini ko’rsatib, tushuntirib berishi,
metodik yordam ko’rsatish kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’ligi va
hayotiga xavf soluvchi xato kamchiliklar bo’lsa, u vaqtida nazoratchi aralashuviga
sabab bo’ladi. Kuzatish jarayonida kuzatish daftariga yozib boriladi (Jadvalga
qarab tushuntirish).
Kuzatishni yana ham mukammalroq izoxlash maksadida quyidagi usullardan
foydalaniladi:
1. Ish hujjatlarini o’rganish;
2. Bolalar sog’ligini izoxlovchi materiallar;
3. Ta`lim - tarbiyaviy ish rejalarini o’rganish;
4. Tarbiyachilarning kundalik daftarlarini (ilk yosh guruhlari).
5. Bolalar ishlarini tahlil qilish;
6. Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlarini
o’rganish;
Bular muassasa haqida to’laroq tushuncha berish mumkin. Buning uchun
nazoratchi - mudira, shifokor (meditsina tibbiyot xamshirasi) va tarbiyachilarga
tegishli ish hujjatlarini tayyorlashlarini ogohlantiradi. Pedagogik ish hujjatlarini
o’rganishda, tarbiyachi tomonidan ―Maktabgacha ta`lim dasturi‖ talabalarini
bajarilishi, didaktik printsiplardan foydalanishi, dasto’rning asta-sekinlik bilan
murakkablashtirib olib borilishi namoyon bo’ladi.
181
Tarbiyachilarning kundalik daftarlaridan bolalarning o’cish suratlari, ularning
qiziqishlari, dastur talabalarini egallash jarayonlarini bilish mumkin.
Bolalar sog’ligini izoxlovchi materiallar - patronaj daftari, kundalik davomat,
shakl № 63 ni tibbiyot xamshirasidan aniqlash mumkin. Shuningdek, kasallikni
oldin olish ishlarini amalga oshiruvchi omillar to’g’risida nazorat ishlarini amalga
oshiradi. Ta`lim - tarbiya ish rejalari dasturiga asoslanib haftalik ish rejalarining
sifatli tuzilganligini, mashg’ulotlar jadvali, kvartal, istiqbol, haftalik ish rejalarning
sifati, dastur maqsadini sermazmunligini, kun tartibi jarayonlarda o’zbek xalq
milliy o’yinlarini, urf-odatlarni, «Odobnoma»ning mazmundorligi, bolalarning
dunyoqarashlarni o’stiruvchi omillarni yoritilishi bolalarning nutq madaniyati
o’sishda individual ishlash, ota-onalar bilan individual ishlarining mavzularining
boyligi bolalarning ijodiy barkamollashuvida tarbiyachining roli alohida kuzatiladi,
o’rganiladi.
Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik
rejadagi asosiy masalalarni, o’rganilayotgan masalalarining dolzarbligi, ota-
onalarining qiziqishlaridan habardor qiladi.
Suhbat usuli metodi - kuzatish jarayonidagi hujjatlarni o’rganishdagi
tushunarsiz bo’lgan jarayonlarni aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Suhbat mazmuni
va uning harakteri turlicha bo’lishi mumkin.
1. Guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonini kuzatish bo’yicha tarbiyachi
bilan suhbat - muhokama o’tkazish;
2. Kuzatish natijalarini tahlil qilish (suhbat-tahlil).
Suhbatlar tarbiyachining tarbiya jarayonlarida qo’llagan usullari haqida ham
bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni tugagandan so’ng o’tkaziladigan suhbatda
mudira yoki uslubchi ishtirokida tarbiyachi ishiga baho beriladi. Ishdagi yutuq va
kamchiliklarga ob`ektivlik bilan yondoshish kerak, bunda nazoratchi avval -
tarbiyachini o’z ishi haqida tushuncha berib, ishiga baho beradi, pedagogik ish
jarayonidagi yangilik yarata olish yo’llarini ko’rsatib beradi. Mudira bilan
suhbatda - muassasaning moliyaviy-xo’jalik, tashkiliy-pedagogik, metodik,
xodimlar bilan ishlash masalalari bo’yicha o’tkaziladi.
Muassasa vrachi yoki tibbiyot xamshirasi bilan bo’ladigan suhbat orqali
bolalar sog’ligi, kasalliklarni oldini olish ishlarini o’tkazilishi hahida, vrachning ish
rejasi bo’yicha suhbat o’tkaziladi.
Ota-onalar va qo’mita raislari bilan suhbat chog’ida, ularning istak-takliflari,
talablari, ularning muassasaga ko’rsatayotgan yordami, maktabgacha ta`lim
muassasasining oilada bolalarni tarbiyalashga qo’shayotgan hissalari haqida
bo’lishi mumkin.
Bolalar ishlarini tahlil qilish - guruhning va faol bolalarning har tomonlama
o’z ishi, bolalarning bilim, ko’nikma va malakalarini etarligini aniqlovchi omildir.
Bolalar ishlarini saqlash, bolalarning ehtiyotkorligini aniqlash g’oyat katta
ahamiyatga egadir. Bolalar ishlarini tahlil qilishda ishlarining soni, mazmuni,
takrorlanmasligi, dastur talablariga javob berishi muhimdir.
Bu jarayonni o’tkazishda guruh tarbiyachisining ishtiroki darkor.
Uslubchi shaxs kuzatishda tarbiyachiga turli maslahatlar berib boradi.
Masalan: qurish-yasash, qo’l mehnati, tasviriy faoliyat.
182
Yuqoridagi usullardan foydalanib uslubchi muassasa ishini atroflicha, chuqur
o’rganib chiqishini ta`minlaydi.
Guruh tarbiyachisining ishini avval tarbiyachisining o’zi bilan muhokama
qilinadi keyin pedagogik kengash ishiga olib chiqiladi. Yutuq va kamchiliklar,
taklif va mulohazalar ochiqchasiga - oshkora holda tushuntiriladi. Kerakli
yo’llanma, ko’rsatma va metodik yordam o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Bolalarning bilim-saviyalarini, ko’nikma va malakalari bilish maqsadida
guruhda savol-javob, anketa savollariga javob olish usulini ham o’tkazish muhim
ahamiyatga egadir. Bu jarayon kvartallar orasidagi o’tgan vaqtda dastur talablarini
bajarilganligi va tarbiyachining qay tarzda etkaza olganligi, bolalarning bilim
doirasi, dunyoqarashi, ijodiy o’sishi, kabi bo’lgan murakkab psixologik-ruxiy
rivojlanishi uchun eng muxim omil bo’lib xizmat qiladi.
Anketa savollari turli mavzuda - masalan jonajon O’zbekistonimiz, undagi
tarixiy joylari, shahar, viloyat, tumanlarning nomlari - tarixiy atamalarining
mazmuni, o’rni, ulug’ bobokolonlarimiz - Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Bobur,
Abdulla Qodiriyning bebaho durdona asarlari, ular bilan yaqindan tanishtirish
maqsadida ham o’tkazishi mumkin.
Bu jarayonda guruh bolalariga va tarbiyachi ishiga baho berish mumkin.
Shu yo’sindagi anketa savollarini tarbiyachi, uslubchi va mudiraning bilim
saviyasi, g’oyaviy-siyosiy etukligini, o’z mutaxassisligi bo’yicha bilim va
malakasini aniqlash maqsadida ham o’tkazish mumkin.
Muassasada tarbiyachi bolalarni tarbiyalash va o’qitish bo’yicha
qo’llanmalarni va metodikani erkin tanlash huquqiga ega (Maktabgacha ta`lim
to’g’risidagi Nizom) deyiladi.
Maktabgacha ta`lim muassasasi o’z pedagogik faoliyatidagi printsiplarga
og’ishmay amal qiladi:
- bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lish asosiga quriladigan butun
pedagogik jarayon insoniylik yo’nalishlari bilan sug’orilgan bo’lish;
- psixologik-pedagogik fikr va aralash fanlarning zamonaviy yutuqlariga
mo’ljallangan o’z-o’zini rivojlantirishga zo’r berish.
Uslubchi - yuqorida bayon etilgan printsiplarni muassasada amalga oshirishini
nazorat qilish va bajarishini tekshirish, qabul qilingan avvalgi qarorlarni ijrosini
ko’rish maqsadida «Pedagogik kengash» ishiga qatnashadi. Maktabgacha ta`lim
muassasasida bolalarning hayotiy, jismoniy va ruxiy sog’lomligi uchun, har bir
bolaning yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos keluvchi emotsional va to’laqonli
rivojlanishi, bolalarni tarbiyalash va ta`lim berishning tanlangan tizimi
samaradorligi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaratishda, tarbiyaviy jarayonni
psixologik ta`minlash ruxshinos yoki psixologik xizmatini yaratishni tashkil etish
ishida metodik yordam ko’rsatadi.
Maktabgacha ta`lim muassasasida rahbar xodimlar va tarbiyachilarning
pedagogik metodlar va usullarni mustaqil ishlab chiqishi va ulardan o’z pedagogik
faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini yaratib berish yo’li bilan ularning
pedagogik ijodiyotiga bo’lgan huquqini ta`minlaydi.
Muassasada bo’ladigan ishlab chiqarish majlislariga qatnashib -
muassasasining mehnat jamoasi xalqchillik asosida o’z-o’zini boshqarish
183
printsipiga muvofiq, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar hal
etilishi, bo’larning davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda bo’lishini
nazora qiladi.
«Ijtimoiy maktabgacha ta`lim tizimi oilaviy tarbiyadan uzilib qolmasligi
kerak, balki u bilan chambarchas bog’liq holdagina bolaga yordam berish
mumkin». «Barcha ma`naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo
etnik xususiyatlarga taalluqli va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Oila
bola tarbiyasiga katta ta`sir ko’rsatadi» deyiladi. «Maktabgacha ta`lim
kontseptsiyasi»da.
Uslubchi yuqorida bayon qilingan vazifalarin xal etish maqsadida, umumiy va
guruh ota-onalar majlislariga qatnashib, bola tarbiyasi bo’yicha eng muammoli
masalalarni hal etilishini kuzatadi va ilmiy asoslangan yordamni amalga oshiradi.
Ota-onalarni muassasa ishiga ko’proq jalb etish maqsadida «Jamiyatimizda
oilaning tutgan o’rni», O’zbekistan Respublikasi Konstituttsiyasi qonunlarida
hamda oila va bola tarbiyasida davlatimiz tomonimizdan g’amxo’rlik asoslarini
keng yoritib berish kerak. Bu esa muassasa ishini jonlashtirishda o’zining ijobiy
tomonini ko’rsatadi.
Keng jamoatchilik bilan muassasa to’g’risida uning ishiga jamoatchilik
tomonidan ko’rsatilayotgan amaliy yordam to’g’risida suhbat tashkil etadi.
Uslubchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul va metodlardan foydalanib,
muassasani frontal va tematik tekshirishni amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |