egallagan bilim va malakalar bilan yuboriladi. Maktabga tayyorlov guruhi
bolalaridan talab etiladi:
1. Qo‘shiqni ifodali ijro etishi: jarangdor, kuychan, engil ovoz bilan kuylash;
ko‘krak va elkani ko‘tarmasdan nafas olish; jumlani boshida olingan nafasni
jumlaning oxirigacha tejab sarflash; artekulyasiya malakalari, so‘zlarni (unli va
undosh harflarni) aniq va burro talaffuz qilish.
2. Qo‘shiqni birga boshlab birga tugatishi (tempni tezlashtirmasdan yoki
sekinlashtirmasdan); ritm va tempni aniq his qilishi; kuyni sof intonatsiya qilishi,
yonidagi do‘stini kamchiligini ayta olishi; tanish bo‘lgan qo‘shiqni asbob jo‘rligida
yoki jo‘rsiz ijro eta olish; kuyning yuqoriga va pastga harakatlanishi, uzun va qisqa
tovushlarni aniqlay olishi; notalar nomlarini bilishi; yuqori notalar nota yo‘lining
yuqorisida, past notalar esa pastiga yozilishini bilishi kerak.3. Jamoa va yakka kuylay olishi. Bunda qomatini tik tutib, ega bo‘lgan
Do'stlaringiz bilan baham: |