Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda jamiyatimizning eng muhim vazifalaridan biri barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Birinchi Prezidentimiz takidlaganidek: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kambo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada manaviy tarbiya masalasi hech shubhasiz beqiyos ahamiyat kasb etadi”. Respublikamizda o‘tkazilayotgan islohotlarni takomillashtirish iqtisodiyotimiznibivojlangan davlatlar qatorida bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Oldimizda turgan maqsadlarimizga erishish yoshlarimizning intellektual salohiyati va kasbiy tayyorgarligiga boliq. YAni, barkamol avlodni tarbiyalash oldimizda turgan eng muhum vazifalaridan biridir. Islom Karimovning "YUksak manaviyat – yengilmas kuch" asarida musiqa sanati haqida ham o‘z fikrlarini bildirganlar. Musiqaning inson ruhiy kamolotiga tasiri haqida gapirib albatta, bu maqsadga musiqa sanatisiz erishib bo‘lmasligini takidlaganlar. Prezidentimizning “Bolalar musiqa va sanat maktablarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha 2009-2014 yillarga mo‘ljallangan chora tadbirlari”1 to‘risidagi farmoyishlari ham misiqa sanatini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida etibor berilayotganining natijasidir YUrtboshimiz SH.M.Mirziyoev etirof etganlaridek barkamol avlodning bilim va oshirish ularni qobiliyatini rivojlantirish millatimizning kelajagini har tomonlama yuksaltirishga xizmat qiladi. SHunday qilib barkamol avlod talim-tarbiyasi chinakam marifatli kishilarni aniq maqsad yo‘lida mustaqilfikrlay oladigan o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan shaxslarni shakllantirishdavlatimiz siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir.