II BOB. JAMIYATNING GLOBALLASHUVI SHAROITIDA MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA TA’LIMGA TEXNOLOGIK YONDASHISH YAGONA MADANIY AXBOROT TA’LIM MAKONINI YARATISH ISTIQBOLLARINING AHAMIYATI
2.1.Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish yagona madaniy axborot ta’lim makonini yaratish masalalari.……….……………………………..………,,,,,,,,,,,,,,,.…19
2.2. Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashish yagona madaniy axborot ta’lim makonini yaratish istiqbollarining ahamiyati. ………………………………………….27
UMUMIY XULOSA …………………………………………………………35
TAVSIYALAR……………………………………………….……………….36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI……………………...37
GLOSSARIYLAR…………………………………………………………….38
ILOVA…………………………………………………………………………40
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsadi va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatda ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, yani texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta’lim-tarbiya sohasida ham zamonaviy pedagogik texnologiyalarga amal qilina boshlanadi.
Pedagogik texnologiyalar ijtimoiy zaruriyat bo’lgani bois dastavval XX asrning 30-yillarida AQSHda “ta’lim texnologiyasi” atamasi faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llanilmasidan, balki jahon pedagogikasida yangi yo’nalish pedadogogik texnologiyaga asos soldi. Pedagogik texnologiyalar asoschilari B.Blum, D.Kratvol, N. Gronlund, J. Blok, L. Anderson va boshqalardir.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash “ta’lim texnologiyasi” yo’nalishini belgilab beruvchi omil, deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor ta’lim oluvchilar auditoriyasini kengaytirish, texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallshtirish kabi masalalarga qaratildi.
Yuqoridagi qoidalardan kelib chiqib fikr yuritadigan bo’lsak, pedagogik texnologiyalarning predmeti- ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o’quv materialini tanlash va strukturalashtirishdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha loyihalashtirishdan tarkib topgan. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Pedagogik tizim o’zaro bog’liq bo’lgan vositalar, usullar va jarayonlar yig’indisi bo’lib, shaxsdagi muayyansifatlarni shakllantirishga pedagogik ta’sir etishni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |