"Maktabgacha ta'lim" fakulteti "Maktabgacha ta'lim" yo’nalishi kurs ishi


Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashishning nazariy jihatlari



Download 92 Kb.
bet4/12
Sana06.03.2022
Hajmi92 Kb.
#484989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
AZIZA KURS ISHI TAYYORI

1.2. Jamiyatning globallashuvi sharoitida maktabgacha ta’lim sohasida ta’limga texnologik yondashishning nazariy jihatlari
Pedagogik texnologiya atamasi ta’lim jarayoniga yangicha, o’ziga xos belgi va xusuiyatlarga ega bo’lgan tizimli yondashuvga asoslanadi bu ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuv demakdir. Yangi ta’limni tashkil etishda jahon pedagogikasi amaliyotida qo’llanadigan ilg’or metod va usullar, texnika vositalari o’qitishning shakllarini ta’lim jarayoniga har bir o’quvchi shaxsi, ruhiy o’ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarni inobatga olgan holda olib kirish demakdir.
Yangi pedagogik texnologiya o’quvchiga ta’lim jarayoning sub’ekti, yani faol ishtirokchisi, o’quvchiga esa shu jarayonning tashkilotchisi, boshkaruvchisi sifatida qarashni taqazo etadi. Darsda o’quvchi faol ishlovchi shaxs bo’lib, u butun mashg’ulot jarayonida egallagan bilimlarini xotirada tiklaydi, uni qisman yangi sharoitlarda qo’llaydi, aqliy faoliyat usullarini bajarib, ma’lumdan noma’lumga qarab boradi.
Yangi pedagogik texnologiyaning mohiyati o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim olishga qiziqish va ehtiyoj uyg’otish, unga kashf etish lazzatini his ettirish demakdir.
Pedagogik texnologiya ta’limida o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarini to’liq o’zlashtirishga erishish, o’quvchilarning o’z fikrini bayon etishga imkoniyat yaratishdir.
Pedagogik texnologiya jarayonida dars o’tishda eng asosiy talab o’quvchining hayotiy tajribasi, avval o’zlashtirgan bilimlari va qiziqishlari asosida bilim berishni ko’zda tutadi.
Yangi pedagogik texnologiya bo’yicha o’qitishda quyidagilar ta’limning asosiy parametrlari hisoblanadi:
1.Butun o’quv vaziyati boshqarish ob’ekti sanaladi.
2. Ta’limni boshqarish maqsadli bo’lib, o’quvchining mohiyatli, ma’naviy va ruhiy kuchlarini rivojlantirishni ko’zda tutadi.
3.Ta’lim jarayoni demokratik, ragbatlantiruvchi uslubda bajariladi.
4. Ta’lim jarayonining zaruriy sharti o’quvchining shaxsiy tashabbusini qo’llab-quvatlash, o’qituvchi shaxsining ochiqligi, ularning hamkorligi, o’zaro ishonchli munosabatlarni yuzaga keltirishdir.
Pedagogik texnologiya o’ziga xos tamoyillarga ega bo’lib, bular quyidagilar:
1. Muayyan dars, mavzu, qism, o’quv predmetidan kutilgan asosiy maqsadni shakllantirib olish.
2. Umumiy maqsaddan kelib chiqib, darsni yoki o’quv predmetini modullarga ajratib, har bir moduldan kutilgan maqsadni va modullar ichida hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar tizimini aniqlab olish.
3. Modul ichida yechiladigan masalalarning har biri bo’yicha test savollarini tuzib chiqish.
4. Maqsadlarga yetish usullari tanlanib, ularni ishlatadigan aniq joylarni belgilab olish.
5. Dars qismlari orasidagi zaruriy bog’liqliklarga va fanlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratish.
Yangi pedagogik texnologiyalarga bag’ishlangan adabiyotlar va maqolalarda bir qator o’qitish usullari haqida so’z yuritilmoqda. Bu usullar innovatsion metodlar sifatida taqdim eitilmoqda. SHulardan o’zbek tili darslarida qo’llanishi mumkin bo’lgan ayrim metodlar xususida so’z yuritamiz.
1. Modulli ta’lim texnologiyasi. Bu o’quvchilarda darslik, ilmiy-ommabop va qo’shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida o’tkaziladi. Modulli ta’lim texnologiyasini o’ziga xos jihati o’rganilayotgan mavzu bo’yicha o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon beradigan modulli dastur tuzishdir.
2. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi. Uning asosiy g’oyasi o’quv topshiriqlarini faqat birgalikda bajarish emas, balki o’quvchilarni hamkorlikda o’qishga o’rgatish, ular o’rtasida o’zaro yordam va fikr almashinuvini vujudga keltirish.
3. Muammoli ta’lim texnologiyasi. Muammoli vaziyat yaratish, savollar qo’yish, masalalar va topshiriqlarni taklif qilish, muammoli vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtirish va xulosalarning to’g’riligini tasdiqlashdir.
4. Interfaol metod texnologiyasi. O’quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug’dirish. Buning uchun sinf kichik guruhlarga bo’linadi va dars davomida shu guruhlar bilan ishlanadi.
5. Didaktik o’yinlar texnologiyasi. Dars jarayonida turli didaktik o’yinlarni qo’llash va ular orqali darsda jonlanish, faol harakat va qiziqish uyg’otish.
6. Sinov darslari. O’quvchilarning ma’lum bilim va ko’nikmalarini sinash maqsadida o’tkaziladigan darslar bo’lib, ular test topshiriqlari yoki nazorat varaqalari orqali o’tkaziladi.
Xulosa qilib aytganda. Yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga olib kirish davr talabidir. Bu ish esa o’qituvchiga bog’liq. O’qituvchi ijodkor bo’lishi, yangi pedagogik texnologiyalarni xilma-xil shaklllarini, usullarni yaratib borishi, ularni ta’lim jarayonida qo’llab borishi lozim.
Pedagogik faoliyatda “texnologiya” atamasining qo’llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildirilayotgan mulohazalar birmuncha yuqori ilmiy darajaga ko’tarilmoqda.

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan:



  1. Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.

  2. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.

  3. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.

  4. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.

Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt - bilologik, ijtimoiy, psixologik va yaxlit yondashuv qaror topgan. Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Ana shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya ta’siri kuchli bo‘ladi.
Muayyan bir yosh davriga xos bo‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi.
Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola orginizmining o‘sishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘ tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, palapartish va chala ishlaydigan, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Bolaning individual - o‘ziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘ rganish, metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum” “qismlarning bir-biriga munosabati” ma’nosini anglatib, shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir.
Shuningdek, turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari ham mavjud. Bolaning jismoniy va psixik kamoloti quyidagi davrlarga bo‘linadi:
1.Go‘daklik davri - chaqaloqlik (1 oy) davri tugagandan to bir yoshgacha bo‘lgan davr.
2.Bog‘chagacha bo‘lgan yosh davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha.
3.Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3 yoshdan 7 yoshgacha.
4.Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar (bolalar) -7 yoshdan 11-12 yoshgacha.
5.O‘rta va kata maktab yoshidagi o‘quvchilar (o‘smirlar, ilk o‘spirinlar) - 12-17 yosh.
Kichik maktab yoshida o‘yin faoliyatining o‘rnini endi o‘qish faoliyati egallaydi. Bu juda qiyin o‘tish davri bo‘lib, bolaning bo‘yi, og‘irligi jihatdan uning tashqi ko‘rinishi kam farq qiladi. Suyaklari qotmagani tufayli tez shikastlanadi. Muskullari tez o‘sishi tufayli serharakat bo‘ladi. Jismoniy o‘sishiga xos bu xususiyatlar tarbiyachidan ehtiyotkorlikni talab etadi. Bu yoshda bola bilim olish va o‘rganishga qiziquvchan bo‘ladi.
O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12-17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi.
Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi. O‘spirinlar o‘z guruhiga intiladi. Shuning uchun ham o‘spirinning barcha intilishlari ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Ularda o‘quv fanlarini tanlashga nisbatan ehtiyoj kuchaya boradi. O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim. Mazkur davrda yoshlar xulqi ham tarkib topa boshlaydi. Bunda shaxsning jamoadagi mavqei, jamoa shaxslari bilan muomala- muloqoti muhimdir. Albatta, bu borada, ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar ijtimoiy harakati ta’siri katta ahamiyatga ega. Chunki o‘spirin-yoshlar mustahil hayot ostonasida bo‘lib, ularning bu hayotga to‘g‘ri qadam qo‘yishi uning jamiyatning faol fuqarosi bo‘lishining muhim shartidir. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Adabiyotlarda gender tushunchasining bir necha xil talqini mavjud. Jumladan, faylasuflar uni quyidagicha tavsiflaydilar: «Gender» inglizcha so‘z bo‘lib, jinsga mansublikning ijtimoiy jihatlari ma’nosini anglatadi. Bu tushuncha erkaklar va ayollar o‘rtasida nafaqat biologik farqni, balki jamiyatning jinsiy taqsimotida ijtimoiy va madaniy tavsiflarning butun majmuini hisobga oladi. Erkaklar va ayollarga tegishli ijtimoiy bog‘liqlik, xulq-atvor va kutilgan natijalarni ifodalaydi. Psixologlar ham gender tushunchasiga o‘ziga xos tarzda yondashganlar: psixikaning gender asoslari jins va u bilan bog‘liq ijtimoiy stereotiplar, shaxsning psixologik ko‘rinishidir. Olimlar orasida bu xususiyatlarning qaysi biri tug‘ma, qaysi biri esa ta’lim va tarbiya jarayonida rivojlanganligi to‘g‘risida keskin munozaralar bormoqda. O‘g‘il va qiz bolalarning har bir xalq madaniyatida har xil tarbiyalanishi tufayli, ular maktabga kelgan davrdan boshlab jinslarning psixologik farqlari ma’lum bo‘ladi. Bu farqlar orasida psixologlar (A.E.Taras, 2002) qizlar o‘g‘il bolalardan matematik va vizual qobiliyatlari bilan ustunroq deb ta’kidlashadi. O‘g‘il bolalarda qizlarga qaraganda o‘ziga ishonch hissi kuchliroqdir. Qiz bolalar bir xillikka asoslangan qiziqarsiz faoliyatni engilroq qabul qilishadi. O‘zgaruvchan muhitga tez moslashishadi. O‘g‘il bolalar har bir holatni umumiy tarzda baholashsa, qizlar yaxshilab tekshirib, o‘rganib, keyin unga baho berishadi.
Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi.

Download 92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish