Orasidagi ayrim farqlar



Download 104,5 Kb.
bet1/8
Sana31.12.2021
Hajmi104,5 Kb.
#259125
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-мавзу очик дарс


8-mavzu. Kasb ta’limida pedagogik texnologiyalar va ularni qo‘llash

Reja:


  1. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa TUShUNChASI HAQIDA

  2. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa VA METODIKA ORASIDAGI AYRIM FARQLAR


Ta’lim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o‘tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo‘nalishlari shu faoliyatdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni to‘liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham so‘nggi yillarda pedagogik texnologiya amal qila boshladi.

Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogik texnologiyaning mazmuni esa o‘qituvchi, tarbiyachi tomonidan o‘quvchi (ta’lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy jihatdan turli usulda ta’sir o‘tkazishdan iboratdir.

Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo‘ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o‘tib kelmoqda.



Dastlab bu tushuncha 1940 - yillardan 50- yillar o‘rtasigacha „ta’lim texnologiyasi" deb qo‘llanilib, o‘quv jarayonida audio-vizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.

Pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o‘rtalarida AQShda qo‘llana boshlagan. Bunda „pedagogik texnologiya" va „ta’lim texnologiyasi" atamalari faqat texnika vositalari yordamida o‘qitishga nisbatan qo‘llangan edi.

Vaqt o‘tishi bilan ularni qo‘llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o‘zgarib bordi. Hozirga kelib esa pedagogik texnologiya tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va muloxazalar asoslab berildi.

O‘tgan asrning 50 - yillari o‘rtasidan 60 - yillargacha „ta’lim texnologiyasi" atamasi qo‘llanilib, bunda dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan.

70- yillarda „pedagogik texnologiya" atamasi qo‘llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o‘quv jarayonini ifodalagan.

1979 yilda AQShning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: „Pedagogik texnologiya bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning yechimini baholash va uni boshqaruvchilar, g‘oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o‘z tarkibiga oladigan kompleks integrativ jarayondan iborat...".

80 - yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.

Yuqoridagi fikrlar asosida pedagogik texnologiya tushunchasini ikki xil izoxlash mumkin: birinchidan, uning o‘quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta’limladi, o‘qitishdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo‘lsa, ikkinchidan, bu tushuncha o‘quv jarayonining o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.

Download 104,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish