Zulfiqororva Dilshoda Otabek qizi
Reja:
Pedagogik texnologiya tushunchasi haqida.
Pedagogik texnologiya turli ta’riflari.
Venn diagrammasi 3 ta ta’rif qiyosiy tahlili.
1.Pedagogik texnologiya tushunchasi haqida.
Talim-tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda tutilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya’ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Huddi shu kabi ta’lim-tarbiya sohasida ham huddi shu yillarda pedagogic texnologiya amal qila boshladi.
Ishlab chiqaruvchi texnologiyada turli materialga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi. Pedagogic texnologiyaning mazmuni esa, o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan o’quvchi (ta’lim oluvchi)ga aqliy, ruhiy, axloqiy jihatidan turli usulda ta’sir o’tkazishdan iboratdir.
Pedagogic texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Dastlab bu tushuncha 1940-yillarda 50-yillar o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni ifoda qilgan.
Pedagogic texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda qo’llana boshlangan. Bunda “Pedagogic texnologiya” va “Ta’lim texnologiyasi” atamalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga qo’llanga edi.
Vaqt o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa Pedagogic texnologiya tushunchasiningzamonaviy, ilmiy asoslangan yagona ta’rifini belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikr va mulohazalar asoslab berildi.
O’tgan asrning 50-yillari o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” atamasi qo’llanib, bunda dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan.
70-yillarda “pedagogic texnologiya” atamasi qo’llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv jarayonini ifodalagan.
1979-yilda AQSHning Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar assotsiatsiyasi tomonidan pedagogic texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi: “Pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, muammoning yechimini baholash va uni boshqaruvchilar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish usullarini o’z tarkibiga oladigan kompleks integrative jarayondan iborat…”.
80-yillarning boshidan pesdagogik texnologiya deb ta’limning komputerli va axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Yuqoridagi fikrlar asosida pedagogic texnologiya tushunchasini ikki xil izohlash mumkin: birinchidan, uning o’quv jarayonida texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalashi nazarda tutilib, ta’limdagi, o’qitshdagi texnologiya deb nomlash mumkin bo’lsa, ikkinchidan, bu tushuncha o’quv jarayonining o’zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |