PEDAGOGIK TEXNOLOGIYa TASNIFI
Maktablar faoliyatining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirish va olib borishning ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni, qo‘llana-digan metodlari va vositalari bo‘yicha yetarlicha ko‘p o‘xshashliklarga ega va ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra tasnif qilish mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
falsafiy asosi bo‘yicha;
asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha;
shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
mazmun xususiyatlari bo‘yicha;
boshqaruv turi bo‘yicha;
bolaga yondashuv bo‘yicha;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Yuqoridagi tasnif asosida misol sifatida hozirgi an’anaviy maktab ta’limini quyidagicha tasniflash mumkin:
qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
falsafiy asosi bo‘yicha:
majburlash pedagogikasi (umumiy majburiy ta’lim);
asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha: sotsiogen, yani
asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol
insonlarni tarbiyalashga qaratilgan; shu bilan bir vaqtda
biogen omillarga, ya’ni shaxsning har tomonlama rivojla-
nishiga ham e’tibor qaratilgan holda;
o‘zlashtirish konsepsiyasi bo‘yicha: assotsiativ-reflek-
tor bo‘lib, suggestiya (namuna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsa-
tish)ga tayangan holda;
shaxsiy belgi-sifatlarga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha:
axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish
va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
mazmun xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik,
umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tash-
kil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin
beriladi;
boshqaruv turi bo‘yicha: an’anaviy-mumtoz (klassik) bo‘-
lib, unga ta’limning texnika vositalari qo‘shilgan;
bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar;
ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha:
tushuntirish- illyustratsiyalash;
ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha: ommaviy.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar falsafiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: hamkorlik pedagogikasi, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta’lim, dasturlashtirilgan ta’lim, guruxli texnologiyalar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |