410
iste‘mol qilishni ko‘pay-tirish lozim.
Oqsillarga boy to‘laqiymatli ozuqalardan tashqari jismoniy ish qobiliyatini oshirish, tiklash jarayonini
tezlashtirish uchun alohida aminokislotalardan (glyutamin
kislotasi, metonin, triptofan va h.k.) foydalanish mumkin.
Masalan,
glyutamin kislotasi bosh miyaning hujayralarida oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, organizmni
gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, yurakning faolligini yaxshilaydi, katta jismoniy va
psixik yuklamalar paytida
tiklanishni tezlashtiradi. Aminokislota
– metionin jigarning funksiyasini regulyatsiya qiladi. Neytral moylarning
parchalanishini kuchaytiradi. Katta jismoniy yuklamalar vaqtida tiklanish jarayonlarining borishini tezlashtiradi. Ko‘p
to‘yinmagan mos kislotalari – linol, linolen va araxidon kislotalari neytral yog‘larning parchalanish mahsulotlarini
oksidlanishini kuchaytirish bilan organizmning aerob ish qobiliyatini oshiradi.
Sport ish qobiliyatini oshirishga va tiklanish jarayonlarini tezlashishga yordam qiladigan ozuqa omillari o‘rtasida
vitaminlar alohida o‘rinni egallaydi. Jumladan, pangam kislotasi –
vitamin B
15
ishlatilayotgan
kislorodning miqdorini
ko‘paytiradi, organizmni gipoksiyaga chidamliligini oshiradi, muskullar, jigar va miokardda glikogennining sintezini,
muskullar va miokardda kreatinfosfatning sintezini ham kuchaytiradi. Vitamin B
15
katta jisomniy yuklamalar davrida
miokardni haddan tashqari zo‘riqish bilan ishlagan hollarida, jigarda og‘riq bo‘lganda, o‘rta va baland tog‘ sharoitlarida
katta yuklamalar davrida tiklanishni tezlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Vitamin E antigipoksik ta‘sirga ega, oksidlanish jarayonlarini boshqaradi, anaerob harakterli ish vaqtida va o‘rta
balandlik tog‘ sharoitlarida jismoniy ish qobiliyatni oshiradi. U anaerob va tezkorlik- kuchlilikka yo‘naltirilgan
katta
jismoniy yuklamalar vaqtida, o‘rta balandlikdagi tog‘ sharoitida ish vaqtida qo‘llaniladi.
Vitamin C – askarbin kislotasi oksidlanish jarayonlarning samarali sitmulyatori hisoblanadi, chidamkorlikni
oshiradi, jismoniy ish qobiliyatni tiklanishini tezlashtiradi. U barcha polivitamin kompleks-larini va mashqlanish va
musobaqa vaqtida chidamlilik uchun, tog‘ sharoitida tiklanishni tezlashtirish uchun qo‘llaniladigan ozuqa aralashmalari
tarkibiga kiradi.
Komplivit – polivitamin kompleksi o‘zining tarkibida B
1
, B
2
, B
6
, C va PP vitaminlarini etarli darajada ko‘p
miqdorda tutganligi uchun muskul massasini tez orttirish, ya‘ni muskul kuchini ko‘paytirish uchun qo‘llaniladi.
Shu
bilan birga, shu narsani ta‘kidlab o‘tish kerakki, vitaminlarni haddan tashqari ortiqcha miqdorda iste‘mol
qilish, birinchi navbatda ―Aeroviy‖, ―Dekameviy‖, ―Komplivit‖, ―Undevid‖ va hokazolarni iste‘mol qilish organizm
uchun juda og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Aerob ish qobiliyati va chidamkorligini oshirish maqsadida sportchilarning organizmini uglevodlar bilan
to‘yintirish uslublari qabul qilingan. Amerikalik vrachlar Bergetrom va Xaltin asosan chidam-korlikni namoyon
qiladigan sport turlarida ixtisoslashayotgan sportchilar organizmini uglevodlar bilan to‘yintirishning quyidagi uslubini
tavsiya qiladi: startga 10-12 kun qolganda ovqat bilan uglevodlarni iste‘mol qilishni kamaytira boshlanadi va jismoniy
yuklamalarning hajmi va og‘irligini oshirib borgan holda 5-kunga uglevodlarning iste‘molini eng kam minimumga
tushiriladi. Keyin jismoniy yuklamani sekin-asta pasaytira borib, uglevodlarning eng yaxshisi fruktozani iste‘molini
ohista oshirib start kuniga to maksimum darajasiga yetkaziladi.
Sport ish qobiliyatini oshirishga erishishning yana muhim yo‘llaridan biri aerob
bioenergetik jarayonlarning
oraliq mahsulotlari – izolimon, α-ketoglutarat, yantar, olma hamda asparagin va glyutamin kislotalarini ozuqa
mahsulotlari yoki biologik qiymati oshirilgan mahsulotlar tarkibida startlar oldidan, masofada, chiqishlar o‘rtasidagi
tanafuslarda, musobaqa davrida (sport o‘yinlari turlarida) va hokazolarda iste‘mol qilishdir. Ana shu kislotalarning
ijobiy ta‘sir qilishining asosiy
mohiyati shundan iboratki, ularning birinchi to‘rttasi (izolimon, α-ektoglutarat, yantar,
olma) uch karbon kislotalar tsiklining metobolitlari hisoblanadi, ohirgi ikkitasi – asparagin va glutamin kislotalari esa
dezaminirlanib ana shu tsiklning oraliq mahsulotlari – oksalaotsetat va α-keyoglutarat kislotalariga aylanadi.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, yuqorida keltirilgan preparatlarni shifokor va murabbiy bilan maslahatlashgan
xolda o‗z vaqtida qabul qilish va to‗g‗ri, sog‗lom ovqatlanish, shuninigdek dam olishni to‗g‗ri tashkil qilish natijasida
muskulning energetik zahiralarining tiklanishi bir muncha osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: