Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA OID BILIMLARNI



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZIGA OID BILIMLARNI 
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK OMILLARI 
XOLOV O., ISMAILOV M., TerDU. 
 
Bugungi kunda inson salomatligi borasida O‗zbekistonda ko‗plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 
sog‗lom turmush tarzi asoslariga bag‗ishlangan o‗quv fanlarining joriy etilishi, ―Sog‗lom avlod uchun‖ davlat 
dasturining qabul qilinishi, ―Sog‗lom avlod yili‖, ―Sihat salomatlik yili‖, ―Sog‗lom ona va bola yili‖ kabilarni sanab 
o‗tish o‗rinlidir. 
Sog‗lom turmush tarzi va salomatlashtirish kabi tushunchalar O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, ―Bola huquqlari to‗g‗risida‖gi konvensiya, O‗zbekiston Respublikasining 
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi qonuni, ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖, ―Jismoniy tarbiya va sport to‗g‗risida‖gi qonun, 
SHarq hamda Yevropa olimlari va mutaffakkirlarining sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga oid fikr va qarashlarida 
o‗z aksini topgan. 
Yangi jamiyatning zamonaviy tarbiya konsepsiyasi inson shaxsini, ya‘ni barkamol, etuk, qo‗yilgan maqsadga 
erkin va o‗z kuchi bilan erisha oladigan yoshlarni shakllantirishga qaratilgandir. Bu bir tomondan, shaxsning har 
tomonlama garmonik rivojlanishini, ikkinchi tomondan, uning butun rivojlanishi jarayonida ruhiy, jismoniy, ma‘naviy 


411 
sog‗lom o‗sishini ta‘minlashni o‗z ichiga oladi. Inson hayoti sog‗ligi eng katta ijtimoiy boylikdir. Bu oila, maktab va 
inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug‗ullanuvchi maskanlar oldiga sog‗lom turmush tarzini shakllantirish masalasini 
ko‗ndalang qo‗yadi. Millat sog‗ligi tabiiy ravishda, sog‗lom turmush tarzi orqali hal etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ―Xalq sog‗lig‗ini mustahkamlash muhim 
vazifalardan biridir, yosh avlodni sog‗ligi haqida qayg‗urish ham davlat siyosati darajasiga ko‗tarilgan. Bular, yosh 
avlodning sog‗ligiga ta‘sir qiluvchi asosiy omillarni bilishni, o‗quvchilarda sog‗lom turmush tarzini shakllantirishning 
metadologik, psixologik, pedagogik, tibbiy va gigienik asoslarini yaratishni taqozo etadi‖ deb ta‘kidlagan edi. 
Demak, yuqoridagi fikrlardan shu narsa ma‘lum bo‘ladiki, yoshlarda sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni 
shakllantirish va ular o‘rtasida keng targ‘ib qilish har bir insonning ham fuqarolik, ham shaxsiy burchi hisoblanadi. 
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘z-o‘zini sog‘lomlashtirish hamda sog‘lom 
turmush tarziga oid bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitish lozim. Bunda sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni 
shakllantirishga ta‘sir qiluvchi ijtimoiy-pedagogik omillar aniqlashtirilishi lozim.
Ijtimoiy omillarga bola tug‘ilib o‘sadigan oila, mahalla, sinfdoshlar va do‘stlar jamoasi kiradi. Dastlab, 
salomatlikka doir bilimlar oila muhitida shakllanadi. Pedagogik omillarga esa, bevosita ta‘lim muassasalarida olib 
boriladigan ta‘lim-tarbiya jarayoni kiradi. Shu o‘rinda, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga oid bilimlarni 
shakllantirishda o‘qituvchining ta‘sir ko‘rsatish va yo‘naltiruvchi vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi. 
Inson hayoti tabiati bilan uyg‗unlikda kechadi. Insonlar tomonidan sodir etilgan salbiy xatti – harakatlar natijasida 
tabiat muvozanati buziladi. Buning natijasida ushbu xatti – harakatlar inson salomatligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Darhaqiqat, tabiat, shuningdek, atrof – muhit musaffoligiga erishish kishilar o‗rtasida keng yoyiladigan va inson 
salomatligiga jiddiy xavf soladigan kasalliklarning kelib chiqishining oldini oladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib 
chiqishida muhim manba bo‗luvchi omillar sifatida issiq va sovuq havo, ochlik, ruhiy istirob, buzilgan taomni iste‘mol 
qilish, tozalik va atrof – muhit ozodaligiga rioya qilmaslik, turli zararli hashorat va kemiruvchilarning ko‗payishi hamda 
havoning 
ifloslanishi 
kabilar 
misol 
bo‗ladi. 
Zararli odatlar va ularning inson organizmiga ta‘siri haqida mukammal tushunchalar berish jarayonida qo‗yidagi asosiy 
masalalarga e‘tibor qaratiladi. Zararli odatlarga berilishining oldini olish bo‗yicha ogoh bo‗lishi, salomatlikka qarshi 
xavfli tomonlar, zararli odatlar (chekish, spirtli ichimlik iste‘mol qilish, giyohvandlik)ning ro‗y berishi va avj olishi, 
sog‗lom organizmni narkotiklarga javob reaksiyasi, giyohvandlikning rivojlanish bosqichlari, giyohvand shaxsning 
jismoniy va psixik jihatdan tubanlikka yuz tutishi, profilaktika ishlari, sanitariya xizmati, salbiy xususiyatlarni bartaraf 
etish uchun tadbir va muhokamalar o‗tkazish. 
Sog‗lom turmush tarzini targ‗ib qilish har xil yo‗nalishlarda olib borilishi lozim. Bu bir tomondan o‘quvchi-
yoshlar va kattalarga sog‗lom turmushga oid ma‘lum bir tibbiy va gigienik bilimlarni berishga, ularga sog‗lom turmush 
tarzini organizm rivojiga qanday ta‘sir etish haqidagi tasavvurlarning uyg‗onishiga qaratilgan bo‗lsa, ikkinchi 
tomonidan, ta‘lim – tarbiyada gigienik qoidalariga amal qilish o‗zini va yon atrofidagilarni sog‗lig‗ini asrashni 
kundalik odatga aylantirish ko‗nikmalarini shakllantirishga bog‗liqdir. Bu borada, sog‗lom turmush tarzi ommaviy 
axborot vositalarida, barcha tarbiya o‗choqlari bilan hamjihatlikda litsey, kollejlarda keng targ‗ib qilinmog‗i lozim va 
zarur. 
Sog‗lom turmush tarzi – inson turmush sharoitlarini faol o‗zlashtirish usuli bo‗lib, kun tartibiga rioya qilish, 
faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug‗ullanish, to‗la va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning 
gigienik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekalogik madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadritlar asosida 
ma‘naviy tarbiya olish, zararli odatlardan o‗zini tuta bilish demakdir. Zararli odatlar deganda, narkotik moddalarga 
o‗rganib qolish ichkilikbozlik, kashandalik va shular jumlasidandir. Narkotik moddalarga o‗rganib qolgan organizm 
uni o‗z vaqtida qabul qilmasa, bu moddalarga juda kuchli ehtiyoj sezila boshlaydi. Bu holatni qumsash, busiz chiday 
olmaslik, giyohvand ozgina narkotik moddani qo‗lga kiritish maqsadida har qanday og‗ir jinoyat sari etaklaydi. 
Ichkilikbozlik va kashandalikka qarshi tarbiya sog‗lom turmush tarzini shakllantirishga doir ishning tarkibiy qismi 
bo‗lib qolishi kerak. Noto‗g‗ri tarbiya berish, ota – onalarning befarq bo‗lishi natijasida farzandlarda yanada zararli 
oqibatlarga ruju qo‗yishi kuchayadi. Oldini olish uchun: ichkilik bilan o‗tadigan marosimlarga barham berish
aholining bo‗sh vaqtda dam olishni muntazam tashkil etib borish, madaniyat muassasalari va san‘at saroylaridan to‗g‗ri 
foydalanish yuzasidan ish olib borish zarur. 
Shu o‘rinda yana bir muhim jihat, ya‘ni, ta‘lim-tarbia jarayonida o‘quvchi tafakkurining shakllanishi ham yuz 
beradi. Bizga ma‘lumki, insonning ma‘naviyati yuksalishi bilan uning fikrlashi va tafakkuri ham rivojlanib boradi, 
desak yanglishmagan bo‘lamiz. Zero, tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli bo‘lib, narsa va hodisalar 
o‘rtasidagi eng muhim bog‘lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishidir. 
O‘quvchi jamiyat hayotida, insonlar faoliyatida, shaxslararo munosabatlar jarayonida sodir bo‘layotgan 
o‘zgarishlar hamda yangiliklarni bevosita kuzatib, o‘rganib boradi. Bu esa unda tanqidiy tafakkurni, ijodiy 
yondashishni, erkin va mustaqil mushohada yuritish ko‘nikmalarini rivojlanishiga sharoit yaratadi. Bunda sog‘lom 
turmush tarziga oid nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi o‘quvchi tafakkuri 
jarayonlarining rivoj topishi natijasida tafakkurning oliy ko‘rsatkichi sifatida sog‘lom tafakkurning shakllanish 
jarayoniga guvoh bo‘lishimiz munkun. ―Sog‘lom tafakkur‖ tushunchasi mazmunini quyidagicha talqin etishimiz 
mumkin: sog‘lom tafakkur insonga o‘rganayotgan bilimlarini analiz-sintez qilish imkonini beradi. To‘plagan bilimlar
asosida esa mushohada yuritish, yangiliklarni, g‘oyalarni, yangi bilimlarni anglash va muammolarni hal etishda eng 
to‘g‘ri, qisqa va samarali yo‘lni topishga yordam beradi. Sog‘lom tafakkur o‘quvchi – yoshlarda qaror qabul qilishda 
mustaqillik, javobgarlik, o‘zining g‘oya va fikrlarini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqea – 
hodisalarga munosabat bildirishida muhim ahamiyatga ega. 


412 
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, inson hayoti, sog‗lig‗i – eng katta ijtimoiy boylikdir. Kun tartibi – 
insonning dunyoga kelgan kunidan boshlab amalda bo‗luvchi doimiy jarayon sanalib, shaxsning turli mazmundagi 
faoliyati – mehnat qilish, dam olish, ovqatlanishi, sport bilan shug‗ullanish va hokazolarning muayyan vaqtda, tartib 
bilan bajarilishidir. Tabiyki, kun tartibi hamma uchun bir xil bo‗la olmaydi va u shaxsning yoshi, sog‗lig‗i, ish 
qobiliyati va maishiy turmush sharoitiga muvofiq tuziladi va uning umumiy talablarga: kun tartibini ishlab chiqishda 
amaliy mehnat bilan jismoniy mehnatning to‗g‗ri taqsimlanishi, mehnatning o‗z vaqtida dam olish bilan almashtirilishi, 
har kuni muayyan ovqatlanish, ma‘lum vaqtda uyquga yotish va barvaqt uyqudan uyg‗onishga odatlanish, ochiq havoda 
sayr etish kabilar kiradi. Insonning sog‗lom, nosog‗lom turmush tarzi ham kun tartibining to‗g‗ri, noto‗g‗ri 
uyushtirilganligiga bog‗liq. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish