178
Kichik maktab yoshi (7-10 yosh) I-IV sinflar, kichik o‘smirlik yoshi (10-12 yosh) IV-VI sinflar, o‘smirlik
yoshi (13-15 yosh) VII-VIII sinflar, yigit va qizlar (16-17 yosh) – IX sinflar.
Mualliflar (42. 60. 61) pedagogik jarayonning samaradorligi yo‘naltirilgan ta‘sir ko‘rsatuvchi harakatlarning
eng yuqori sur‘atda rivojlanishini harakterlovchi davrga to‘g‘ri kelsa, jiddiy o‘sishni ko‘rsatadilar.
Turli maktab yoshdagi bolalarda harakat sifatlari rivojlanishning to‘la tavsifi sensetiv davrlarni hisobga
olmagan holda A. Gujoloviskiy izlanishlarida aks ettirilgan(43). Jismoniy rivojlanishning fiziologik nuqtasi nazaridan
tadqiq qilishda Norvegiyalik pedagog E. Bryunemanning hammuallifda bajargan ishi amaliy qiziqish uyg‘otti.U
bolaning asab mushaklari rivojlanishi haqida ma‘lumotlar keltirdi.
Bolaning asab mushaklari tayyorligi deganda, mualliflar harakat uyg‘unligi va texnikasini nazarda tutadilar.
Ularning ta‘kidlashicha, tayyorgarlikka erishish hayotning birinchi besh yoshida voyaga yetgan odamning umumiy asab
mushak tayyorgarligining qariyib o‘ttiz foizini, 12 yoshda esa 90 % ini tashkil etadi.
Shuning uchun I-IV sinflardagi o‘quvchilar har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni iloji boricha ko‘p sonli
standart harakatlarni yodlab olish bilan egallashlari kerak.Bu davrda qancha ko‘p miqdorda harakatlar o‘rganilsa,
kelgusida maxsus harakat texnika asoslariga o‘rgatish oson kechadi.
Mualliflar quyidagilarga e‘tibor qaratdilar.
- Tug‘ilgandan besh yoshgacha.
- 7-10 yosh yugurish va uloqtirish texnika asoslarini o‘rgatish uchun eng maqbul bo‘lib hisoblanadi (27),
chunki aynan 10 yoshga kelib harakat aktlarining tuzulishi batamom tinib yetiladi va harakatning bu turlarida harakat
uyg‘unligining eng yuqori bosqichi yakunlanadi (66).
8-10 yoshdagi bolalarni turli xil sport mashqlarining umumiy texnikasi asoslariga o‘rgatish maqsadga
muvofiqligi qator izlanishlarda isbotlangan (37. 47. 51. 57)
Keyingi vaqtlarda qator tadqiqotlarda har hil sport turlari bilan shug‘ullanadigan maktab yoshdagi bolalarda
sakrovchanlikning rivojlanish daqiqasi aniqlangan (31.39.41.61). Sakrovchanlik joyida turib ikki oyoqda depsinib
balandlikka sakrash ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlanadi (V.M. Abalanov).
Biroq sakrashning boshqa ko‘pgina turlarida (sakrash, uloqtirish va boshqalar) ish bir oyoqda bajariladi.
O‘xshash bo‘lmagan ishlar boshqa oyoqda bajariladi yoki sakrovchanlikni oshirishda o‘ng yoki chap oyoq bilan
depsinishni o‘rgatishni juda muhimligi ayon.
Bu masala bo‘yicha adabiyotlarda faqat tarqoq ma‘lumotlar bor xolos. Chunonchi, (33.46.61) gimnastika bilan
shug‘ullanadigan ikkita erkakda sinov ishlari olib borildi va aniqlandiki uni oyoq bilan depsinib sakrash natijasi chap
oyoq bilan depsinishdan ko‘ra yuqoriroq ekan.
Yuqoridagi mashqlarni hisobga olgan holda xulosa qilish mumkinki I-IV sinf o‘quvchilarda uloqtirish texnika asoslarini
muvoffaqiyatli uloqtirish uchun hamma shart-sharoit yetarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: