Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни


  JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHNING SOG‘LOM TURMUSH



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

 


344 
JISMONIY TARBIYA VA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHNING SOG‘LOM TURMUSH 
TARZINING SHAKLLANISHIDAGI AHAMIYATI 
 
 
MAMADIYAROV M.U., RASULOV Z.O‘., Samarqand davlat universiteti 
 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yurtimizda barcha sohalarda rivojlanish jarayoni jadallashadi. 
Shu jumladan sport va jismoniy tarbiyaning rivojlanishi uchun ham keng imkoniyatlar yaratiladi. 1992 yil 14-
yanvardagi Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi ayniqsa sportga bo‘lgan e‘tiborni yanada 
kuchaytiradi. Sport sohasiga e‘tibor berishi natijasida Respublikamiz sportchilarining Osiyo, Jahon chempionatlari, 
olimpiada o‘yinlaridagi qo‘lga kiritgan yutuqlar miqdori ko‘payib bordi. O‘zbekiston Respublikasi vazirlar 
mahkamasining 2013 yil 15-avgustdagi 226-sonli ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi 
Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilinishi
mamlakatimizda sportning yanada ravnaq topishi uchun katta imokoniyatlar yaratib berdi. Bu qaror sport tibbiyoti 
markazi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: 

Sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boorish, sport turning xususiyatini, yo‘l qo‘yiladigan 
jismoniy yuklamani, sport patalogiyasini davolash va oldini olishning ilg‘or uslublarini, munosabatlarga tayyorgarlik 
ko‘rishda sportchilarning tibbiy nazoratini hisobga olgan holda sportchilarning ahvolini diagnostika va korreksiya qilish 
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish; 

Sportchilarni sport turlari bo‘yicha tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqgan holda 
musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarda dori vositalarining, ovqatlanish tartibi va rasionining sportchilarning 
fiziologik holatiga ta‘sirinmi tadqiq qilish; 

Iqtidorli yosh va istiqbolli sportchilarni, ularning individulal, genetika va fenotipik imkoniyatlarini 
hisobga olgan holda tanlashning tibbiy-biologik uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

Sportchilarda sport jarohatlarini, patalogiyalari va sindiromlarini shu jumladan respublikaning boshqa 
ixtisoslashgan tibbiyot muassasalari davolash-diagnostika bazalaridan foydalangan holda, oldini olish, diagnostika 
qilish va davolash; 

Sport federatsiyalari, klublar va jamoalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, 
ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam 
ko‘rsatish; 
Bu vazifalarni hal etilishi natijasida sport turlari rivoji jadallashib sportning har xil turlari bo‘yicha natijalari 
yuksalib bordi. Mamlakatimizda sport bilan bir qatorda jismoniy tarbiya ham rivojlanib bordi. Jismoniy tarbiya va 
sportning rivojlanishini jadallashtirish mavzuning dolzarbligini aks ettiradi. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishi sog‘lom 
turmush tarzini shakllanishga olib keldi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilinishi mamlakatimizning barcha 
hududlarida aholi salomatligini yaxshilanishi, tibbiy yordam ko‘rsatishga bo‘lgan ehtiyojning kamayishiga, aholini 
o‘sish va rivojlanishini yaxshilanishiga jumladan bolalar va o‘smirlarda aksilerasiyaning miqdor ko‘rsatgichlarining 
ortishiga olib keldi. Mamlakatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllanish aholini umr ko‘rish darajasini ortishiga, 
jismoniy va aqliy ish qobiliyatining o‘sishiga katta turtki berdi. Bu mavzuning asosiy maqsadi hisoblanadi. 
Aholi orasida ko‘p uchraydigan, gipertoniya, qandli diabet, yurak ishemiyasi, oshqozon va o‘n ikki barmoq 
ichak yarasi kabi kasalliklarning kamayishida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Bundan tashqari tashqi belgilarning o‘zgarishi bilan bog‘liq, lordotik, kifotik, skoliotik qad-qomatlarning 
yuzaga kelishini kamaytirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu kasalliklarning kamayishiga erishish mavzuning asosiy 
vazifasi hisoblanadi. Yuqorida aytilgan kasalliklar, holatlar sog‘lom turmush tarzi shakllanish darajasi sportning 
rivojlanishi kuzatish va statistik usullardan foydalanib o‘rganilgan. 
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish jismoniy sog‘lom va hayot mobaynida faoliyatning barcha 
turlarini oliy darajada amalga oshirishga qodir shaxsning shakllanishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari u 
tarbiyaviy ahamiyatga ega: Shaxsning keng dunyoqarashga ega bo‘lishini, ma‘naviy, ijtimoiy va biologik 
barkamollikka erishishini ta‘minlovchi asosiy omillardan biridir. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish odam 
organizmining tashqi muhitning turli xil o‘zgargan omillarga moslashishini tezlashuvini ham ta‘minlaydi. Xulosa qilib 
aytganda xalqimizning jismoniy va ijtimoiy faoliyatini yuksalishini ta‘minlaydi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish