Surunkali mikrotravma va sport patalogiyasi Reja: - 1. Sog`liq va kasallik to`g`risida tushuncha.
- 2. Etiologiya tushunchasi.
- 3. Odam organizmining reaktivligi va rezistentligi
- KIRISH
- Sport tibbiyoti fani klinik tibbiyotning maxsus tarmog`i hisoblanadi. Mazkur fan tibbiy nazorat o`tkazish orqali jismoniy tarbiya va sport mashg`ulotlari bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, chiniqishi va turli to`qima - a`zolar tizimining funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Shunigdek, sportchilarda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan kasalliklar va shikastlanishlarning sabablarini aniqlash, ularning oldini olish, davolash, sportchi kuchquvvatini tiklash masalalari bilan shug`ullanadi. Ushbu fan jismoniy madaniyatning maxsus fanlariga turdosh sifatida, mashq hajmi va tezligini belgilashda, shug`ullanuvchining sog`lig`iga, chiniqqanlik darajasiga alohida e`tibor berish lozimligi haqida o`qitivchi-trenerga maslahat beradi. Shunday qilib, sport tibbiyoti fani jismoniy madaniyat va sport fanlarining ajralmas qismi bo`lib, jismoniy tarbiya o`qituvchisi va sport trenerini mutaxassis sifatida tayyorlashga bevosita aloqadordir.
Sog`liq va kasallik to`g`risida tushuncha. - Sog`liq - odam organizmining biologik, jismoniy, ruhiy holatlari, mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi, baxtsaodatdir. U odam mehnat unumdorligini, mamlakatning iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning muhim shartidir. Xalq sog`lig`ini muhofaza qilishga qaratilgan barcha chora - tadbirlarda faol ishtirok etish har bir fuqaroning yuksak burchi bo`lmog`i lozim. Kasallik - qandaydir noqulay ta`sirotlar natijasida organizmning biologik, jismoniy, ruhiy holatlari va mehnat faoliyatining buzilishidir. Kasallikda odam organizmida maxsus (spetsifik) va maxsus bo`lmagan (nospetsifik) o`zgarishlar (belgilar) vujudga keladi. Maxsus (spetsifik) o`zgarishlar kasallikni yuzaga keltirgan sababchisi (omil) ning ta`sir qilish xususiyatiga bog`liq
Umumiy sport patologiyasi asoslari - Patologik (kasallik) holat haqida tushuncha. Sportchilarda patologik holatni o‘ziga xosligi. Sportchilarda patologik holatni kelib chiqishidan oldingi holatlar (charchash, zo’riqish). Patologik holatni olidini olishda takroriy nazorat qilish va sportchilar jismoniy ish qobiliyatini murakkab sinamalar orqali nazorat qilishning ahamiyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.2-mavzu. Sportchilarni kasallanishi va jarohatlanishi
- Salomatlik haqida tushuncha. Stress (bosim-kuchlanish) organizmning umumiy tanglik holati. Kasallik sabablari. Reaktivlik (qarshi ta’sir). Irsiyat va uning kasallik paydo bo‘lishidagi ahamiyati. Sportchilar jarohatlanishi va uning sabablari. Sportchilar jarohatlanishi va oldini olish haqida nazariy ma`lumotlarga
XULOSA. - Sport tibbiyoti fanining vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
- 1. Tibbiy nazorat o`tkazish yo`li bilan jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanuvchilarning sog`lig`i, jismoniy rivojlanishi, funksional imkoniyatlarini aniqlaydi. Olingan natija asosida jismoniy tarbiya o`qituvchisi va trener bilan birgalikda bo`lg`usi sportchilarni tanlash masalasini hal etadi;
- 2. Jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini to`g`ri tashkil etilmasligi tufayli vujudga keladigan kasalliklar va shikastlanish sabablarini o`rganadi, ularga tashxis qo`yadi, davolaydi, oldini olish bo`yicha trenerga maslahat beradi, sportchining kuch-quvvatini tiklash uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq etadi.
- 3. Ushbu fan bo`lg`usi jismoniy tarbiya o`qituvchilari va trenerlarni, ya`ni hozirgi talabalarni, jismoniy mashq bilan shug`ullanuvchilarda zo`riqish, kasallanish, shikastlanish holatlarining oldini olish bo`yicha zarur bilimlar bilan qurorlantiradi. O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganining dastlabki yillaridan boshlaboq xalq sog`lig`i, ayniqsa, yoshlar sog`lig`ini muhofaza qilish, mustahkamlash, umrni uzaytirish bilan bog`liq jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: - 1. Бутченко Л.А. и соав. – Дистрофия миокарда у спортсменов. М., Медицина, 1980.
- 2. Бирюков А.А., Васильева В. Е – Спортивный массаж. М. Физкультура и спорт, 1981.
- 3. Buyanov V.M. – Birinchi meditsina yordami. Toshkent, Meditsina, 1981.
- 4. Дембо А.Г. – Спортивная медицина. Москва. “Физкультура и спорт”, 1975.
- 5. Дембо А.Г. – Современные проблемы спортивной медицины. Лекции. Л. 1976
- 6. Дембо А.Г. – Врачебный контроль в спорте. Москва “Медицина” 1988.
- 7. Епифанова В. А. – Лечебная физическая культура. Справочник. Москва “Медицина” 1988.
- 8. Чоговидзе А.В., Бутченко Л. А. – Спортивная медицина. Москва “Медицина”. 1984.
Do'stlaringiz bilan baham: |