30
• Sonni ko‘paytmaga ko‘paytirish haqidagi teoremaga asosan:
• 17· (3·3·2)=(17·3) ·3·2=(51·3) ·2=153·2=306
• 16∙15=16∙3∙5=16·5·3=80·3=240
• 19∙24=19∙3∙2∙2·2=456
Xulosa qilib aytganda bilimlarni o‘zlashtirishda bolalarning erkin ishtirok etishida, ular darslarda ko‘tarilgan
muammoni mustaqil hal etishda, oddiy tinglovchidan mashg‘ulotning faol ishtirokchisiga aylanadi, o‘z fikrini ma‘lum
tizimda ifodalaydi. Maktab amaliyotida ko‗p ishlatiladigan bu usul faol ishtirok etishga undaydii. Shuning uchun,
darsda sust ishtirok etadigan o‗quvchilar sonini yanada kamaytirish maqsadida o‘quvchilar qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgan mashqlar ko‗proq kiritilishi lozim. Lekin bunday mashqlar soni ham me‗yorida bo‗lishi kerak, chunki
o‗quvchilar faqat shu turdagi mashqlarga o‗rganib, boshqa turdagi mashqlarda qiynalishlari mumkin.
KICHIK YOSHDAGI MAKTAB O‗QUVCHILARI NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING O‗RNI
MASHARIPOVA U.A., Nizomiy nomidagi TDPU
Til o‗ziga xos xususiyatlari va ijtimoiy ahamiyatiga ko‗ra betakror hodisa sanaladi. U muloqot va ta‘sir vositasi,
bilimlarni o‗zlashtirish
va saqlash vositasi, xalq ma‘naviy madaniyati vositasi, milliy va shaxsiy o‗zlikni namoyon
etishning asosiy shakli va nihoyat, og‗zaki san‘at sifatida badiiy adabiyotning birlamchi unsuridir. Shunga bog‗liq
ravishda til boshqa maktab o‗quv fanlari orasida faqat o‗ziga xos maqomga ega. Shundan kelib chiqqan holda
boshlang‗ich maktabda ―Ona tili‖ fanining vazifasi savodli shaxsni shakllantirishga
mustahkam poydevor yaratish, u
o‗zini til tashuvchisi ekanligini anglab yetishiga ko‗maklashishdan iborat. Hozirgi bosqichda maktabning eng muhim
vazifasi o‗quvchilarda bilimlarni va bilishga oid ko‗rsatmalarga muvofiq ularni samarali qo‗llash usullarini
o‗zlashtirishga ehtiyojni shakllantirish hisoblanadi. Odam va jamiyatga kerakli bilimlar hajmi jadal sur‘atda o‗sayotgan
hozirgi sharoitda muayyan miqdordagi bilimni o‗zlashtirish bilangina cheklanib qolish mumkin emas: o‗quvchilarda o‗z
bilim va ko‗nikmalarini to‗ldirib borish ehtiyoji va ko‗nikmasini rivojlantirish, ilmiy va siyosiy axborotlarning shiddatli
oqimiga mo‗ljal olish muhim. Ushbu vazifaning hal qiluvchi shartlaridan biri – jamiyatdagi har bir odam yaxshi
rivojlangan nutqqa ega bo‗lishidir. Tilni o‗zlashtirish odamning bilish faoliyatida muhim o‗rin tutadi. Maktab
o‗quvchisi yetarlicha lisoniy tayyorgarliksiz, nutq ko‗nikmalarisiz barcha o‗quv fanlari bo‗yicha muvaffaqiyatli o‗qishi
mumkin emas. Tilga o‗qitishning amaliy jihati ayniqsa muhim: katta yoshlilar (o‗quvchilar)
nutqini qabul qilish va
tushunish, to‗laqonli, yetarlicha tez va ongli o‗qish (nafaqat ovoz chiqarib, balki ichida ham), shuningdek, gapirish va
yozish, ya‘ni, o‗z fikr va his-tuyg‗ularini og‗zaki va yozma ifodalash.
O‗zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash Milliy dasturida: ―…umumta‘lim maktablari har tomonlama
bilim va ko‗nikmalarning yaxlit tizimini shakllantirishi lozim‖ligi qayd qilingan. Har tomonlama ko‗nikmalar orasida
ilgari surilgan taxminni isbotlash, raqibni ishontirish, uning fikrini rad qilish,
savollarni aniq ifodalash, kerakli
xulosalar chiqarish, o‗z xulqini nazorat qilish layoqati va mutanosib axloq talablarini ajratib ko‗rsatish mumkin.
Sanab o‗tilgan ko‗nikmalar bahs-munozaraning tarkibiy qismlari sanaladi. Bahs-munozara bilishga, tafakkur va
xotira rivojlanishiga, shuningdek, nutqiy muloqot madaniyati shakllanishiga imkon beradi.
Bir tomondan, bahs-munozara bolalar hayotida salmoqli o‗rin egallaydi, boshqa tomondan – kichik yoshdagi
maktab o‗quvchilari nutq hodisasi sifatida bahs-munozara haqida noaniq tasavvurlarga ega bo‗lishadi, ta‘riflarni
ifodalashda qiyinchiliklarga
duch kelishadi, ularda amaliy bahslashish ko‗nikmalari yetarli darajada shakllanmagan
bo‗ladi.
Amaliy bahslashish ko‗nikmalari deganda biz isbotlash, inkor etish, savollar berish va ularga kompozitsion
to‗g‗ri
javob berish, fikr-mulohazalarni shakllantirish, nutq axloqi madaniyatiga rioya etish ko‗nikmalari majmuini,
talaffuz va ohang ko‗nikmalarini namoyish qilishni, shuningdek, noog‗zaki muloqot
vositalarini belgilash va
foydalanish ko‗nikmasini tushunamiz. Amaliy bahslashish ko‗nikmalarini rivojlantirish bo‗yicha ishlar tizimi
bolalarning yosh xususiyatlari va kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarining qiziqish hamda tajribasi hisobga olingan
holda yaratiladi. Taklif qilinayotgan tizimning o‗ziga xosligi quyidagilardan iborat.
O‗quvchilar o‗z hayotiy tajribasiga tayangan holda va o‗z o‗rtoqlari tajribasini hisobga olgan holda (guruhda
ishlash) zaruriy tushunchalarni mustaqil belgilashadi; o‗qituvchining vazifasi – o‗quvchini kerakli xulosa tomon
yetaklab borishdan iborat. Nazariy materialni o‗zlashtirish ko‗rgazmali timsollar-modellar
yaratish yordamida amalga
oshadi, bu kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarida ko‗rish xotirasi, ko‗rgazmali-timsolli fikrlash kuchli ekanligi bilan
izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: