31
Shaxsiy kundalik o‗y-fikrlarni bayon etishda ajoyib mashq sanalsa, o‗qituvchi uchun o‗quvchilarning aqliy
ehtiyojlari bilan tanishishning eng yaxshi manbaidir.
Shaxsiy kundalik o‗quvchining rivojlanishiga ulkan ta‘sir ko‗rsatishi mumkin. Birinchidan, shaxsiy kundalikda
imkon qadar samimiy bo‗lish mumkin, lekin kundalik yuritishni majburiy mashg‗ulotga aylantirmaslik ham joiz.
Ikkinchidan, kundalikni o‗qib berish deyarli uni yozishdek katta ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, shaxsiy kundalik yuritish o‗quvchilar nutqini rivojlantirish uchun muayyan qimmatga ega, chunki
alohida kundalik yozuvlari to‗laqonli matn sanaladi va uni yaratish uchun o‗quvchi nutqni mazmunan bog‗lash
ko‗nikmasiga ega bo‗lishi talab etiladi.
Kichik yoshdagi maktab o‗quvchilari nutqini rivojlantirishning boshqa yo‗li – ―Ertak‖ matn yaratishga
o‗rgatishdir.
―Ertak‖ matn yaratishga o‗rgatishda quyidagi topshiriqlar taklif etiladi:
Oxiri uch xotimali ertaklar. Ertak boshi va uchta xotimasini tinglagan o‗quvchilar ertak oxirini tanlashadi va o‗z
tanlovini izohlab berishadi.
Ertakni o‗zgartiramiz. Tayanch so‗zlar beriladi: masalan, xo‗roz, tovuq, jo‗jalar, bobo, buvi, hovli, tulki. Dastlab
o‗quvchilar so‗zlar qaysi ertakni eslatishini va ularning orasida qaysi so‗zlar ortiqcha ekanini aniqlashadi. Ortiqcha
so‗zlar asosida ma‘lum ertak uchun yangi qiziqarli voqealar o‗ylab topish kerak bo‗ladi.
Bolalar asosiy nutq ko‗nikmalarini muvaffaqiyatli o‗zlashtirib olishi uchun katta mehnat talab etiladi. Nutqni
rivojlantirish darslarida faoliyatning rasm chizish, nutq, o‗yin kabi har xil turlarini birlashtiruvchi majmuaviy usullardan
foydalanish mumkin.
O‗quvchilar nutqini rivojlantirishga yo‗naltirilgan turli-tuman mashqlar orasida ma‘nodoshlar, zid ma‘noli
so‗zlar va iboralar bilan ishlashga alohida o‗rin ajratamiz. Fikr-mulohazalar ifodaliligini yanada orttirish uchun shunday
qilamiz.
Nimadir haqida ifodali aytib berish – bu o‗z nutqingizdan taassurotni qandaydir darajada kuchaytirish demakdir.
Q. Muhammadiy, P. Mo‗min, Z. Diyor, Q. Hikmat, T. Adashboev, A. Obidjon va boshqa mualliflarning badiiy
asarlaridan parcha keltirgan holda o‗quvchilarga nutqda ma‘nodosh so‗zlar va iboralarning o‗rni va ahamiyatini
tushuntirish mumkin.
Nutq – istalgan aqliy faoliyat asosi, muloqot vositasidir. O‗quvchilarning bilimni o‗zlashtirish jarayonida
taqqoslash, tasniflash, tizimlashtirish va umumlashtirish ko‗nikmasi nutq orqali shakllanadi. Mantiqan aniq ishonchli
nutq – uning aqliy rivojlanishi ko‗rsatkichidir. Bolalar nutqi va lug‗at boyligini rivojlantirish, ona tilining boy merosini
puxta o‗zlashtirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish shaxsni shakllantirish, insoniy qadriyatlar va milliy
madaniyatni o‗zlashtirishning asosiy unsurlaridan biri bo‗lib, aqliy, axloqiy va estetik rivojlanish bilan chambarchas
bog‗liq, kichik yoshdagi maktab o‗quvchilarini o‗qitish va tarbiyalashda ustuvor maqsadlardan biri sanaladi. Zero,
ta‘lim jarayoniga nutqni rivojlantirish bo‗yicha rang-barang faoliyat metodikalarini faol joriy etish bolalarda muloqot
ko‗nikmalari shakllanishi, mustaqil ijodiy fikrlash rivojlanishi va o‗qishga nisbatan ijobiy munosabat shakllanishiga
imkon beradi. Nutq – inson faoliyati, tilning muloqot uchun, o‗z fikrlari, niyat-maqsadlari va his-tuyg‗ularini yetkazish
uchun qo‗llanilishidir. Nutq rang-barang bo‗lib, bu do‗stlar suhbati, artist monologi, notiq xitobi, sinfda o‗quvchining
javobi va boshqalardir.
Nutqni rivojlantirish bo‗yicha ishlar turli-tuman usullar va vositalarni talab qiladi. Mashg‗ulotlar jarayonida
o‗quv vaziyati va nutq motivlari ko‗p martalab o‗zgaradi. O‗quvchilar ba‘zan erkin fikr bildirishadi, ba‘zan nutqiy
faoliyatni qat‘iy o‗zanga yo‗naltiruvchi va fikrlarni tartibga soluvchi topshiriqni bajarishadi. Nutqni rivojlantirish
bo‗yicha ishlarda uni ham, buni ham uyg‗unlashtirish lozim.
Yaxshi rivojlangan nutq hozirgi jamiyatda insonning faol faoliyati uchun eng muhim vositalardan biri bo‗lib
xizmat qilsa, maktab o‗quvchisi uchun – maktabda muvaffaqiyatli o‗qish vositasidir. Nutq – voqelikni anglash usulidir.
Bir tomondan, nutq boyligi bola tafakkurining yangi tasavvur va tushunchalar bilan qay darajada boyitilishiga bog‗liq
bo‗lsa; boshqa tomondan – tilni, nutqni yaxshi o‗zlashtirish tabiatda va jamiyat hayotida murakkab aloqalarni samarali
anglashga imkon beradi. Nutqi yaxshi rivojlangan bolalar turli o‗quv fanlarini hamisha muvaffaqiyatliroq o‗rganishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: